Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti tilshunoslik kafedrasi


O’zbek tili frazeologizmlarining o’rganilish tarixi



Download 37,64 Kb.
bet2/11
Sana19.05.2022
Hajmi37,64 Kb.
#604617
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Fotima 303

O’zbek tili frazeologizmlarining o’rganilish tarixi
Ma'lumki, til fanining iboralarni o'rganadigan bo'limi frazeologiya deb ataladi. Iboralar lingvistik terminologiya tili bilan aytsak, frazeologizmlardir. Frazeologizm qadimgi grek tilidan olingan bo'lib, frasis-ibora, logos-tushincha, ta'limot demakdir. Frazeologizmni tilning leksik-semantik va sintaktik sathlaridan farq qiluvchi alohida sathga xos birlik deyish frazeologik normani ham adabiy tilning boshqa normalari qatorida hisobga olishni talab etadi. Shuning uchun ham izohli lug'atlarda frazeologizmlarni ham qayd etish butun dunyo tilshunosligida tan olingan amaliyotdir.
O'zbek tilining izohli lug'ati “ da ( 2006-2008 ) va bir jildlik “ O'zbekcha-ruscha lug'at “ da (1998) birmuncha to'laroq aks etgan bo'lsa-da, bu lug'atlarda ham o'zbek tilidagi barcha iboralar qamrab olingan, deb bo'lmaydi. Frazeologizmlarning o'rganilish tarixi haqida gapirganda, “ frazeologiya “ atamasi “ fraza “ so'zidan olingan bo'lsa-da, turkiyshunoslikda dastlab bu atama turli ma'nolarni ifodalash uchun xizmat qilgan.
XIX asrda yashagan turkiyshunos olim Mirza Kozimbek ( 1802-1870 ) o'sha davr an'analaridan kelib chiqib, rus tilida yozilgan boshqa tasviriy grammatikalarda bo'lgani singari o'z asarida “ fraza “ so'zini jumla, gap ma'nosida qo'llagan. Ozarbayjon tilshunoslari B.Cho'ponzoda va F.Og'azoda “ Turk tili grammatikasi “ asarida til bo'limlari haqida fikr yuritib, “ Semisasiologiya “ , “ Stilistika “ atamalari bilan birga o'sha davrda tilshunoslikda keng qo'llanishda bo'lgan. G'.Salomov o'zbek tilshunosligi uchun g'oyat dolzarb muammolardan biri frazemalar tarjimasi bilan maxsus shug'ullangan olimdir. Olimning ta'kidlashicha, “ Maqol xalq aql idrokining mahsuli, uning hukmi, ko'p asrlik tajtibalari majmuyi, turmushdagi turli voqea hodisalarga munosabatining ifodasidir “. Frazeologizmlarni o'rganishda ularni o'zbek va boshqa tillar frazeologizmlari bilan qiyosiy o'rganish ham maqsadga muvofiq ko'rinadi2.
1.Frazeologizmlarning uslubiy funksiyalari
Frazeologiya tilshunoslikda uzoq, yillar leksikologiya tarkibida o'rganib kelindi. Shuning uchun so'zning semantik, uslubiy va boshqa jihatdan xarakteristikasi mexanik ravishda iboralarga ham tadbiq qilindi. Frazeologiya leksikologik nuqtai nazardan yondashish ularni “ nutqimiz ko'rki “ deyishga olib keldi. Ayrim olimlar frazemalarga tilning ortiqcha elementlari deb baho beradilar. Masalan, tilning alohida frazrologik sathi mavjudligini qat'iy inkor etayotgan olimlardan biri V.M.Nikitindir. Uning ta'kidlashicha, “ Frazeologizmlar tilning sistem materiali bo'la olmaydi, ular tildagi ortiqcha elementlardir. Frazeologizm nostrukturaviy nutq materialidir, chunki ular kommunikativ ehtiyojlar tufayli emas, balki ekspressiv extiyojlarga ko'ra hosil bo'ladi. Frazeologixmlar so'zlar bilan sinonimik munosabatga kirganda o'zlarini ortiqcha, ikkilamchi nutqiy material ekanligini namoyon qiladilar, shunga ko'ra ular til sistemasi hodisasi emas, balki uslubiy, nutqiy hodisadir “. Bu fikrlar bilan prof. A.I.Fedorovning qarashlari ham hamohangdir. Olimning fikricha, “ Frazeologizmlar tilning ortiqcha faktlari qatoriga kiradi. Ularning mavjudligi fikr predmetini baholash, ekspressiv xarakteristika berish extiyoji bilan bog'liq “. Mening fikrimcha, frazeologizmlar nutqning ortiqcha faktlari qatoriga kirmaydi. Chunki nutqimizda frazeologizmlar bo'lmasa ortiqcha so'zlar ko'payib ketadi.Frazeologizmlarning borligi uchun nutqimiz ixcham, so'zlarimiz ta'sirchan bo'ladi.
O'zbek tilshunosligida ham iboralarning uslubiy funksiyalarini o'rganish sohasida muayyan yutuqlarga erishildi. Bu jihatdan I.Qo'chqortoyev, A.Abdunazarov, H.Qahhorova, A.E.Mamatovlarning nomzodlik dissertatsiyalari diqqatga sazovordir. Shuningdek, badiiy asar tili va uslubini tadqiq etishga bag'ishlangan ayrim ishlarda ham yo'l-yo'lakay tilning boshqa tasviriy vositalari qatori iboralarning uslubiy imkoniyatlari haqida ham fikr yuritilgan. Frazeologik birliklarning nutqqa qo’llanish usullarini ilk bor sistemali suratda o’rgangan I.V.Dubinskiy ham “ Frazeologizmlarning nutqda qo'llanish usullarini yanada aniqroq, yanada konkretroq, sistemaliroq tasnifini ishlab chiqish “ zarurligini ta'kidlagan edi. Ammo shu kunga qadar Frazeologik birliklarning uslubiy funksiyalari sistemalashtirilib, yaxlit holda o'rganilganicha yo'q. A.V.Kunin esa frazemalarning nominativ, stilistik, komulyativ, pragmatik va xulosalovchi, yakunlovchi vazifalarini ingliz tili materiallari asosida sistemalashtirishga intiladi. Olimning fikricha, frazemalarning bunday funksiyalari ikki zid, qarama-qarshi munosabatga ega, ya’ni iboralarning uslubiy neytral funksiyalari neytral bo’lmagan uslubiy funksiyalari bilan, uzual funksiyalar esa okkazional funksiyalar bilan zid assimetriya holatidir. Biz ham shu fikrdan kelib chiqib, kurs ishimiz davomida iboralarning uzual va okkazional uslubiy funksiyalari orasidagi o’zaro bir-birini taqozo etuvchi hamda zid holatlarni o’rganishni maqsad qilib qo’ydik.

Download 37,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish