1. Elementar shartsiz reflekslar - bu, mahalliy ahamiyatga ega oddiy javob reatsiyalari bo‘lib, o‘zining segmentar markazlarini qat’iy determinantlashgan dasturiga mos ravishda amalga oshadi. Ular bitta bosh kanal bo‘yicha (markazga intiluvchi, markaziy va markazdan qochuvchi bo‘g‘inlar) amalga oshiriladi. Elementar shartsiz reflekslarni korreksiya qilishda qaytar aloqalarning (ko‘proq salbiylarini) roli uncha katta emas. Bunday reflekslarga misol, kuygan oyoqni olovdan tortib olish yoki ko‘zga biror narsa tushganda uni yumish, pirillatib ochib yopish.
Do'stlaringiz bilan baham: |