Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti botanika kafedrasi



Download 13,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet337/432
Sana11.08.2021
Hajmi13,88 Mb.
#145422
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   432
Bog'liq
botanika yuksak osimliklar sistematikasi.

Savollar va topshiriqlar 
1.  Oshqovoq ildizining tuzilishi qanday?  
2.  Ildizning birlamchi tuzilishi. Ikkilamchi tuzilgan qanday anatomik belgilari bilan farq 
qiladi? 
3.  Ikkilamchi tuzilishida birlamchidan o‘tishda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 
 
 
12 – Mashg‘ulot. 
POYANING MORFOLOGIYASI. 
 
Rivojlanishning  dastlabki  davrida,  ya’ni  urug’ning  unishidan  o’simta  hosil  bo’ladi. 
O’simtalarda  urug’palla  barglari  va  birinchi  chin  barglar  orasidan  poyacha  taraqqiy  etadi. 
Poyaning  eng  uchida  bargchalar  orasida  o’sish  nuqtasi  (apeks)  bo’lib,  undan  novda,  ya’ni 
poyaning  bir  vegetatsiya  davrida  o’sib  chiqqan  bargli  va  kurtakli  qismi  (bir  yillik  novda) 
rivojlanadi.  Rivojlanishning  keyingi  bosqichlarida  har  bir  novda  apekal  meristemadan,  ya’ni 
uchki yoki tepa kurtaklarning rivojlanishdan vujudga keladi. Demak, kurtak boshlang’ich novda 
bo’lib, o’sish va rivojlanish xususiyatiga ega. 
Novda  yuksak  o’simliklarning  asosiy  vegetativ  organi  hisoblanadi.  Odatda  novda 
rivojlanish  (ontogenez)ning  dastlabki  davridan  boshlab  apekal  meristemadan  hosil  bo’ladi,  u 
poya, barg va kurtaklarga ajraladi, novda o’sish xususiyatiga ega. 
Novda vegetativ yoki o’suvchi va generativ yoki hosildor bo’ladi. Vegetativ novdalarning 
bo’g’im  oralig’i  bo’lib,  har  tomonlama  o’sish  qobiliyatiga  ega,  ular  havo  orqali  oziqlanish 
funksiyasini  (vazifasini)  bajaradi,  ammo  bundan  tashqari  boshqa  funksiyani  ham  bajarishi, 
hamda turli metamorfozga uchrashi mumkin. O’rta Osiyo cho’llarida, masalan, qumli cho’llarda 
oq  saksovul,  qorasaksovul,  juzg’un,  qizilcha  yoki  marjon  kabi  o’simliklarni  novdasini  barglari 
juda  ham  mayda  qipiqchalar  shaklida  yoki  butunlay  reduksiyalangan  bo’lib,  assimilyatsiya 
funksiyasini  yosh  novdalar  bajaradi.  Bunday  novdalarning  xlorenxima  to’qimalarida  xlorofill 
ko’p bo’ladi. 
Reproduktiv  yoki  generativ  (lot.  generasio-tugilishi,  chiqib  kelish)  meva,  hosildor 
novdalarning  bo’g’im  oralig’i  qisqa  bo’lib  ko’payish  (sporalar,  gul,  meva  hosil  qilib)  organ 
vazifasini bajaradi, unda assimilyatsiya etuvchi yashil barglar bo’lmaydi. 
Novdaning  o’ziga  xos  belgisi  shundan  iboratki,  birinchidan,  u  bo’g’imlarga  ajralgan, 
ikkinchidan  esa,  har  qaysi  bo’g’imda  bitta,  ikkita  yoki  bir  necha  barglar  joylashadi.  Shu 
xususiyati bilan novda, ildizdan keskin farq qiladi. 
Novdaning  poyaga  barg  birikkan  joyi  –  bo’g’im,  bir  bo’g’im  bilan  ikkinchisini  o’rtasi 
bo’g’im oralig’i deb, ataladi. Poya uchiga  yaqinlashgan sayin bo’g’im oralig’i qisqarib, barglar 
maydaroq  va  zichroq  bo’lib  boradi,  poyaning  eng  uchida  tepa  kurtak  (apeks)  joylashadi.  Bu 
kurtak boshlang’ich novda hisoblanadi. Undan asosiy novda rivojlanadi. Asosiy novdaning poya 
bilan barg o’rtasidagi burchakka barg qo’ltig’i deyiladi. 


 
199 
Poya,  uning  funksiyasi  va  morfologik  tuzilishi.  Poya,  novda  o’qi  bo’lib,  bo’g’im  va 
bo’g’im  oralig’idan  iborat.  Unda  o’simlikning  barg  va  shoxchalari  hamda  gullari  joylashadi. 
Poya bir yillik va ko’p yillik o’tlarda, daraxt va butalarda bo’ladi. Poya orqali barg, ildiz bilan 
belgilanadi. 
Poyaning asosiy funksiyasi tanani tik holda ushlab turish va ildiz orqali shimib olingan suv 
hamda  unda  erigan  mineral  moddalarni,  bundan  tashqari  bargda  assimilyatsiya  natijasida  hosil 
bo’lgan organik moddalarning o’tkazishdan iborat. 
Poya oziq moddalarni to’playdigan joy va vegetativ ko’payish organi bo’lib xizmat qiladi. 
Poyada barglar ma’lum  bir tartibda joylashib,  quyosh nuridan unumli  foydalanishga imkoniyat 
yaratadi. Sukkulent (sukus-shira, shirali) o’simliklar (kam suv bug’latadi, chunki quruq sharoitda 
o’sadi) ning etli poyasi  xlorofilga boy bo’lib, assimilyatsiya etuvchi organ bo’lib xizmat qiladi 
(masalan,  kaktus,  meksika  agavalari).  Poyada  gul  va  mevalar  hosil  bo’ladi  (masalan,  shokolad 
daraxti, qovun daraxti). 
Poyalarning  shakli  o’simliklarning  turiga  va  o’sish  sharoitiga  qarab  har  xil  bo’ladi. 
Ko’pincha ular silindrik, ba’zan uch qirrali (kiyik o’tlarda), to’rt qirrali (yalpizdoshlarda), ko’p 
qirrali  (kaktuslarda,  tropik  o’rmonlarda  o’suvchi  braxixiton,  bom  baksalar  degan  daraxtlarda 
bochkaga o’xshashdir). 
Poyalar  o’sish  xususiyatiga  qarab  ortotrop  yoki  tik  va  plagiotrop  yoki  ko’ndalang 
yo’nalishda  o’suvchi  bo’ladi.  Ortotrop  poyalarga  kungaboqar,  g’o’za,  makkajo’xori  kabilar 
misol bo’la oladi. Ularni orasida chirmashuvi yoki tayanchli o’ralib yuqoriga o’sib ko’tariladigan 
o’tchil  o’simliklarga  (pechakgul),  daraxtsimonlarga  lianalar  deb  ataladigan  rotang  palmasini 
ko’rsatish mumkin. 
Plagiotrop  poyalarning  ba’zilari  yerda  yoyilib  qo’shimcha  ildizlari  bilan  yerga  o’rnashib 
o’sadi, bu xilda o’suvchi o’simliklarga sudralib o’suvchi yoki yoyilib o’suvchi poyalar deyiladi 
(g’ozpanja, toshyorlar, qulupnay va boshqalar). 
Yer  bag’irlab  o’suvchi  poyalarga  madaniy  o’simliklardan  palaklar  deb  ataladigan 
o’simliklarni  ko’rsatish  mumkin  (qovun,  tarvuz,  bodring,  qovoq  ).  Ba’zi  o’simliklarning 
poyasidagi bo’g’in oralig’i juda ham qisqa bo’lib, barglari yer bag’irlab o’sadi, o’sha barglarning 
o’rtasida poya o’sib gul hosil qiladi. Bunday poyalarga gul poya deb ataladi (masalan, primula, 
qoqi, zubturun, kavrak va boshqalar). 

Download 13,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   432




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish