O’qitish jihozlari: O’simliklar gerbariysi, poyalari, doimiy preparatlar, reaktivlar,
floroglyutsin, HCl, xlor – sink – yod, kaliy yod, sudan III reaktivi, mikroskop, lupa, chizuvchi
apparat, pintset, lezviya, britva, qaychi, skalpel, preparoval igna, buyum va qoplag’ich oynalar,
salfetka, suv, darsliklar, qo’llanmalar va jadvallar.
Topshiriqlar:
1. Chinorning (Platanus orientalis) qisqa va uzun novdalarini o’rganish.
2. Bargning poyada joylashuvini o’rganish.
3. Novdaning shoxlanish turlarini o’rganish.
4. Poyaning ko’ndalang kesmalarini ko’rib chiqish.
5. Poyaning o’sishiga ko’ra xillarini o’rganish.
6. Nastarin (Syringa vulgaris) novdasidagi kurtaklarini o’rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |