24-rasm. Bargning poyada joylashuvi:
A – navbat bilan, (shaftoli - Persica vulgaris); B – qarama-qarshi (nastarin - Syringa); V -
halqasimon (oleandr - Nerium oleander).
Barglar navbat bilan, qarama-qarshi va halqasimon bo‘lib joylashadigan poyalar
farqlanadi.
3 – ish. Novdaning shoxlanish turlari
Ishning borishi. Poyaning shoxlanishi. Poyalar oddiy va shoxlangan bo‘lishi mumkin.
Shoxlanish – evolyutsiya jarayonida yuzaga kelgan muhim xususiyatlardan biri bo‘lib, er ustki
qismining bo‘linishiga olib keladi. Shoxlanishning ikki turi mavjud – uchki va yon. Uchki
shoxlanishda poyaning o‘sish konusi 2 qismga ajraladi va ularning har biridan poya shakllanadi,
natijada ayrisimon shoxlanish yuzaga keladi. Bunday shoxlanishga ayrisimon yoki dixotomik
shoxlanish deyiladi (suvo‘tlar, yo’sinlar, plaunlar) (25 - rasm).
201
Do'stlaringiz bilan baham: |