Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti botanika kafedrasi



Download 13,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet332/432
Sana11.08.2021
Hajmi13,88 Mb.
#145422
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   432
Bog'liq
botanika yuksak osimliklar sistematikasi.

Savollar va topshiriqlar. 
1.  O‘simliklarda qanday ildizlar mavjud?  
2.  O‘simliklarda ildiz sitemasi qanday nomlanadi va ularning farqlari? 
3.  Yon va qo‘shimcha ildizlarning farqlari qanday?  
4.  Ildizda qanday zonalar bor va ularning tavsifi? 
5.  O‘simliklarning qaysi qismlaridan sabzi va sholg‘omning ildizmevalari hosil bo‘ladi? 
 


 
194 
 
10 – Mashg‘ulot. 
BIR PALLALI O’SIMLIKLAR ILDIZINING MIKROSKOPIK TUZILISHI. 
 
Ildizda  doimiy  to’qimalarning  hosil  bo’lishi.  Ildiz  meristema  hujayralarining  bir  necha 
marta  eniga  va  uzunasiga  bo’linishi  natijasida  doimiy  to’qimalar  yuzaga  keladi.  Bu  jarayonni 
taraqqiy  etishi  ko’rsatilgan  bo’linuvchi  zonadan  biroz  yuqoriroqda  periblema  va  pleromalar 
o’rtasida  chegara  hosil  bo’ladi,  ular  katta  kichikligi  hamda  joylashish  xususiyati  jihatidan  bir-
biridan farq qiladi. 
Ildizning  so’ruvchi  zonasida  rizoderma  (epiblema)  to’qimasi  hosil  bo’ladi.  Rizoderma 
bajaradigan  vazifasi  jihatidan  eng  muhim  to’qima  hisoblanadi,  chunki  har  bir  rizoderma 
hujayralaridan  uzunligi  1-2  mm  va  ba’zan  3  mm  keladigan  tukchalar  (epiblema)  hosil  bo’lib, 
so’rish zonasining yuzasini kengaytiradi. 
Tukchalarning  po’sti  juda  ham  yupqa  selluloza  yoki  pektin  moddasidan  tashkil  topgan, 
uning ichida sitoplazma va yadro bo’ladi. Tukchalar o’zidan shilimshiq modda chiqarib bukiladi, 
tuproq  zarrachalari  bilan  o’raladi  va  ozuqa  moddalarni  qabul  etishini  yengillashtiradi.  Ildiz 
tukchalarining  miqdori  tuproq  namligiga  va  o’simlik  turiga  ko’ra  har  xil:  masalan, 
makkajo’xorining 1 mm so’ruvchi zonasida 425, olmada – 300, loviyada – 230 tagacha bir tup 
sulining  ildiz  tukchalari  14  milliardgacha  yetadi.  Shu  bilan  birga  ildiz  tukchalarining 
hayotchanligi  ham  bir  xil  emas.  Masalan,  g’o’zaning  ildiz  tukchalari  14-48  kungacha  adirlarda 
o’suvchi lagoxilusning ildiz tukchalari esa 10-15 kungacha yashaydi. 
Rizoderma  (epiblema)  hujayralarining  hammasi  ham  ildiz  tukchalari  hosil  qilmaydi 
(masalan, tropik o’rmonlarda daraxtlarni ustida o’suvchi epifit – orxideyadoshlarning ko’pchilik 
vakillari, suvda o’sadigan nilufar, viktoriya, kuvshinka va boshqalar). 
Periblemaning  yupqa  po’stli  tirik  parenxima  hujayralaridan  tashkil  topgan  birlamchi 
po’stloq  yuzaga  keladi;  u  o’znavbatida  uch  qismdan:  ekzoderma,  mezoderma,  endodermadan 
iborat. 
Ekzoderma bir yoki bir necha qavat hujayradan iborat bo’lib, rizoderma ostida joylashadi. 
Rivojlanishning dastlabki davrida ular bir-biriga zich joylashgan parenxima hujayralardan tashkil 
topadi. Keyinchalik hujayra devorida suberin to’planadi, lekin tiriklik xususiyatini yo’qotmaydi. 
Shu xususiyati bilan rizodermaning po’kak qavatidan farq qiladi. 
Mezoderma  bir nech qavat  parenxima hujayralaridan tashkil topgan bo’lib, ekzoderma va 
endoderma  o’rtasida  joylashib  birlamchi  po’stloqni  yuzaga  keltiradi.  Uning  chetki  hujayralari 
mayda va zich joylashgan bo’lib, o’rtadagi hujayralari yirik, ularni orasida bo’shqalar uchraydi. 
Bu bo’shliqlar aerinxima to’qimalarni hosil qiladi va ildiz o’qi bo’ylab cho’zilib kanalchalarga 
aylanadi. Aerinxima to’qimalar orqali po’stloq va rizoderma hujayralarining nafas olishi uchun 
havo  va  gazlar  harakatlanadi.  Aerinxima  to’qimasi  botqoqda  o’suvchi  o’simliklarning  ildizida 
bo’ladi. 
Endoderma  birlamchi  po’stloqning  ichki  qavatini  tashkil  etadi.  Uning  hujayralari  bir-biri 
bilan  zich  joylashgan  uzun  va  qisqa  tirik  parenximadan  iborat.  Asosiy  vazifasi  mezodermadan 
ko’ndalangiga oqib keladigan moddalarni markaziy uzoqqa (stelga) yo’naltirishdan iborat. 
Ontogenez  jarayonida  endosperma  hujayralari  zich  joylashib  uzunasiga  ketgan  bir  qator 
(kamdan-kam ikki qator) holda joy oladi. Bu hujayralar yupqa po’stli bo’lib, Kaspar halqasi yoki 
belbog’ini hosil  qiladi.  Bu davrda plaunlardan tashqari boshqa hamma  o’simliklarda ko’rinadi. 
Ko’pchilik  yuksak  sporali  o’simliklarda  endodermaning  taraqqiyoti  birinchi  davr  bilan 
chegaralanadi.  Biroq,  ko’pchilik  o’simliklarda  endoderma  ikkinchi  davrga  o’tadi.  Ikkinchi 
davrda endoderma po’stining ichkari tomonida selluloza bilan suberindan tashkil topgan  yaxlit 
qalinlashgan  qavat  hosil  bo’ladi,  buni  yon  ildizlar  vujudga  kelgach  zonada  ko’rish  mumkin. 
Biroq,  o’q  ildizning  ksilema  gruppalari  qarshisidagi  qalinlashmasdan  qolgan  hujayralar 
(o’tkazuvchi  hujayralar)  boshlang’ich  holatiga  qoladi.  O’tkazuvchi  hujayralar  o’simliklar 
hayotida  benihoyat  katta  ahamiyatga  ega.  Chunki,  po’stloqdan  keladigan  moddalar  markaziy 
o’zakka (stelga) va steldan po’stloqqa faqat endodermaning tirik protoplasti orqali o’tadi. Kaspar 
halqasidan moddalar o’tmaydi. 


 
195 
Markaziy  silindr–  pleromadan  hosil  bo’ladi,  o’zagiga  perisikl  va  o’tkazuvchi  sistema 
(birlamchi va ikkilamchi ksilema, floema) dan iborat. 
Perisikl  yosh  ildizlarda  (bo’linuvchi  zonada)  vaqtincha  meristema  vazifasini  bajaruvchi 
(endoderma ostida joylashgan) tirik hujayralar bo’lib, markaziy silindrni o’rab oladi. 
Yopiq urug’li o’stmliklarda perisikl asosan bir, ba’zi bir pallali (bug’doy, angava, dratsena) 
va  ikki  pallalilardan  (yong’oq,  kashtan,  tol),  ochiq  urug’lilarda  bir  qavat  hujayralardan  iborat. 
Suvda  o’suvchi  va  parazit  o’simliklarda  perisikl  bo’lmaydi.  Ildizning  boshlang’ich  tuzilishi 
davrida  perisikldan  hamma  yon  ildizlar  yuzaga  keladi.  Ikki  pallali  o’simliklarda  ildizning 
ikkilamchi  tuzilishi  vaqtida  peritsikl  kambiy  bilan  tutashib  ildiz  nurlarini,  yo’g’on  tortgan 
ildizlarda fellogen hosil bo’lishida faol qatnashadi. 
Markaziy  silindr  yoki  stela  asosan  o’tkazuvchi  naylardan  tashkil  topgan,  shuning  uchun 
ham stela deb ataladi. Stela pleromadan taraqqiy etadi. Stelning tashqi qavatidan perisikl halqasi 
hosil  bo’ladi.  Uning  hujayralari  uzoq  vaqtgacha  meristema  xususiyatini  saqlaydi.  Peritsikl 
hujayralarining bo’linishidan yon ildizlar hosil bo’ladi. Peritsikl ostida prokambiy yuzaga keladi 
va  boshlang’ich  o’tkazuvchi  to’qimaga  aylanadi.  O’tkazuvchi  to’qima  floema  va  ksilemadan 
iborat.  Floema  ksilemadan  ilgari  taraqqiy  etadi;  dastlab  perisikl  yaqinida  yo’ldosh  hujayralari 
bo’lmagan  elaksimon  naylar  yuzaga  keladi  va  protofloema  hosil  bo’ladi.  Keyinchalik  floema 
elementlari  (yo’ldosh  hujayralari  elaksimon  naylar)  ildizning  markazga  yaqin  joyida  hosil 
bo’ladi va metafloema birgalikda birlamchi floemani tashkil etadi. 
Floemaning  ksilemadan  oldin  yuzaga  kelishiga  asosiy  sabab  shundan  iboratki,  ildiz 
apeksidagi meristema hujayralarining faoliyati uchun zarur bo’lgan plastik moddalarni o’tkazib 
beriladi. 
Ildiz apeksidan uzoqda ksilema shakllanadi. Uning birinchi elementi (protoksilema) o’sish 
zonasida  yuzaga  keladi.  U  cho’zilish  xususiyatiga  ega,  shu  sababli  halqasimon,  spiralsimon 
nuqtali  hoshiyalari  bor  traxeidlar  (traxeid  yoki  naycha)  ko’rinishida  bo’ladi.  Ildizning  bo’yiga 
cho’zilishi to’xtash vaqtida ular to’rsimon va porali bo’ladi. 
O’tkazuvchi  nay  tola  tutamlari  shakllangandan  so’ng,  birlamchi  ksilema  yulduz  shaklida 
joylashadi. Ksilema nurlari orasida navbatlashib floema shakillanadi. Yulduz shaklidagi ksilema 
nurlarining soni turlicha: (masalan, diarx-ikki nurli, triarx-uch nurli, poli-arx ko’p nurli) bo’ladi. 

Download 13,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   432




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish