2-ish. Po’stloqning tuzilishi.
Po’stloq uchlamchi qoplovchi to’qima bo’lib, o’lik to’qima qatlamlari yig’indisidir.
Qarigan daraxtlar tanasi, ildizlari tashqi tomondan po’stloq bilan qoplangan bo’ladi. Po’stloq
hosil bo’lishi o’simliklar turiga va fellogenning faoliyatiga bog’liq (10-rasm).
Aksariyat daraxtlarda fellogenning faoliyati doimiy emas. Fellogen hujayralari bo’linib,
po’kak hosil qiladi, so’ng faoliyatini tugatadi. Poya po’stlog’ining chuqurroq qavatlaridan
po’kak hosil qiluvchi fellogenning yangi-yangi qavatlari hosil bo’laveradi. Po’kak qavatlari
oralig’ida qolgan to’qimalar qurib, to’planib zichlanib po’stloqqa aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |