Ishning borishi. Periderma ikkilamchi qoplovchi to’qima bo’lib, ikkilamchi meristema-
fellogen (po’kak kambiy) hujayralarining bo’linishidan hosil bo’ladi. Fellogen hujayralari
bo’linib, ustki va ostki tomonga hujayralar ajratadi. Ustki tomonga periferiyaga ajratgan
hujayralarning po’sti suberin moddasi bilan to’yinib, po’kaklashadi va po’kak to’qimasiga
aylanadi. Ostki tomonga ajratgan hujayralar tirik bo’lib, felloderma hosil qiladi.
Po’kak, fellogen, felloderma to’qimalari birgalikda qoplovchi to’qima – peridermani hosil
qiladi (9-rasm).
180
Do'stlaringiz bilan baham: |