8-rasm. Trixoma va qobiqlar:
A - kartoshka (Solanum tuberosum); B - olma (Malus domestica);
V - sigirquyruq (Verbascum thapsus); G - jiyda (Elaeagnus angustifolia);
D - tamaki (Nicotica rustica); E – qichitqio’t (Urtica dioica).
Savol va topshiriqlar.
1. Qayshi to’qimalar birlamchi, qaysilari esa ikkilamchi bo’ladi?
2. Nimaga epidermis birlamchi qoplovchi to’qimalarga kiradi?
3. O’simlik hayotida og’izchalar qanday vazifa bajaradi?
4. Epidermisni nima himoya qiladi?
5 – Mashg’ulot.
IKKILAMCHI VA UCHLAMCHI QOPLOVCHI TO’QIMA PERIDERMA (PO’ST)
VA PO’STLOQ.
1-ish. Peridermaning tuzilishi.
O’qitish jihozlari: makkajo’xori bargi, eman po’stlog’i, marjon daraxtining po’stlog’i,
doimiy preparatlar, mikroskop, lupa, chizuvchi apparat, pintset, lezviya, britva, qaychi, skalpel,
preparoval igna, buyum va qoplag’ich oynalar, salfetka, suv, darsliklar, qo’llanmalar va
jadvallar.
Topshiriqlar:
1. Peridermaning tuzilishini o’rganish.
2. Po’stloqning tuzilishini o’rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |