6-rasm. Elodeya (Elodea canadensis) novdasining uchki kurtagi:
A – uzunasiga kesma; B – o’sish konusi (tashqi ko’rinishi va kesmasi);
V – birlamchi meristemaning hujayralari; G – shakllangan bargning hujayrasi.
Uchki (apikal) meristema poya va ildizlarning uchida joylashgan bo’lib, ularni bo’yiga
o’stiradi. Ichki meristema shaklan konussimon, shunga ko’ra o’sish konusi deyiladi.
Yon (laterial) meristema o’simliklar organlarining yon tomonida joylashgan bo’lib,
organlarni yon tomonga o’stiradi (yo’g’onlashtiradi). Yon meristema kelib chiqishiga ko’ra,
birlamchi va ikkilamchi meristemaga (kambiy, fellogen) bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |