11-rasm. Kollenxima tiplari:
Burchakli: A – lavlagining barg bandi (a – kichik; b – katta ko’rinishda); plastinkali: B –
emanning novdasi, g‘ovak; 1 – hujayra ichi; 2 – yo’g‘onlashgan sellyulozali qobiq; 3 –
epidermis; 4 – hujayraro bo’shliqlar.
Burchakli kollenximada hujayra po’stining burchaklarigina qalinlashgan bo’ladi. Agar
hujayra po’stining tangental yuzasi qalinlashib, radial po’sti qalinlashmagan bo’lsa, bunday
kollenxima plastinkali bo’ladi.
Kollenxima ikki pallali o’simliklar poyasi va barglarida qoplovchi to’qimadan keyin
joylashadi. Ikkilamchi, uchlamchi qoplovchi to’qima hosil bo’lganda kollenxima po’stloq
to’qimalari bilan birgalikda to’kiladi (ajralib ketadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |