Viloyatning asosiy daryosi - Zarafshon, uning viloyat hududidagi qisminig uzunligi 215 km boʻlib, Samarqand viloyati maydonida ikki tarmoqqa Oqdaryo va Qoradaryolarga ajraladi. Ushbu daryolar Yangi rabot qishlogʻi yonida yana qoʻshilib, Miyonkoʻl orolini (1200 km2) hosil qiladi. Zarafshon daryosi muz qorlardan toʻplanadi. Tevarak atrofdagi togʻlardan oqib tuzilagan soylar sugʻorishga sarflanganligi sababli Zarafshon daryosiga yetmasdan tugaydi. Dargʻom, Narpay, oʻng sohil Zarafshon, Eski Anhor, Tuyatortar, Miyonkoʻl, Xatirchi kanallari va Kattaqoʻrgʻon suv omboridan ham ekinlarni su’gʻorishda foydalaniladi.
Tuproqlari asosan boʻz tuproqlar, tekisliklar bilan 500 metrgacha balandlikdagi togʻ etaklarida och boʻz tuproqlar (sugʻoriladigan yerlarda oʻtloqi boʻz tuproqlar 1500-1700 m balandlikda boʻz tuproqlar, choʻl zonasida qumoq, taqir boʻz tuproqlar va shoʻrxoklar) tarqalgan. Yongʻoqzorlar va archazorlar tagida qoʻngʻir tuproqlar yanada balandlashadi. Ular qoramtir tuproqlar almashinib, undan yuqorida togʻ-oʻtloqi va togʻ-tundra tuproqlari uchraydi.
Yovvoyi oʻsimliklardan chalachoʻl va choʻl oʻsimliklarida asosiy koʻrinishini egallaydi, togʻ yon bagʻirlarida oʻrmonlarida uchraydi (archa, na’mataklar). Togʻ yon bagʻirlaridagi tekisliklarda shuvoq bilan efemeroid (tez qurib qoluvchi) bir-ikki yillik oʻsimliklar oʻsadi. Daryo boʻylarida, dashtlarda shoʻra kabi galofit oʻsimliklar oʻsadi. Zarafshon daryosi vodiysida terak, jiyda, chakanda, tol, maymunjon, yulgʻun oʻsimliklaridan iborat toʻqayzorlar mavjud. Togʻlarda 1120-2700 balandlikda archa, pista, toshloq yonbagʻirlarida bodomzorlar uchraydi. Samarqand shahri yaqinida yongʻoqzorlar koʻp. Yovvoyi hayvonlardan, tulki, chiyabori, tekisliklarda jayron, togʻlarda qoʻngʻir ayiq, togʻ suvsari, toʻqaylarda choʻchqa, toʻqay mushugi, daryo suvsari, qushlardan tuvaloq, togʻlarda kaklik, daryolarida Turkiston qumbaligʻi (ssp. lepidolaemus), Zarafshon oq chebagi (Leuciscus lehmanni Brandt), Samarqand xramulyasi (ssp. Heratensis natio), shirmohi yo qorabaliq (Schizothorax intermedius McClelland), sharq tezsuzari (Alburnoides bipunctatus eichwaldi), Amudaryo kurakburun (Pseudoscaphirhynchus hermanni) (Oʻzbekiston Qizil kitobiga kirgan), chiziqli tezsuzari (Alburnoides taeniatus), tibet yalangʻochbaligʻi (Nemachelus stoliczkai) gambuziya (Gambusia affinis) va boshqalar uchraydi. Samarqand yaqinidagi Zarafshon qoʻriqxonasida Buxoro jayroni, Buxoro kiyigi yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |