Zarafshon daryosi havzasidagi er osti va usti suvlaridagi sifat o‘zgarishlar.
Ko‘pchilikka ma’lumki Zarafshon daryosi havzasida 1.000.000 gektardan ortiqroq sug‘oriladigan erlar mavjud. Ana shu erlarning asosiy qismi Zarafshon daryosi suvi bilan sug‘oriladi va shu erdan yuvilib tushgan oqava suv ham daryoga qaytib tushadi. SHuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki yuqori va o‘rta Zarafshon hududida oqava suvlarni havzadan chetga olib chiqadigan kollektor ariqlar yo‘q. SHu sababli ham turli xil chiqindi suvlar daryoga tushadi. Bu esa suv sifatining keskin yomonlashuviga olib keladi.
Zarafshon daryosining suvini ifloslovchi ikkinchi manba bu shaharlar va yirik qishloqlar hisoblanadi. SHaharlarning kanalizatsiya bilan yomon ta’minlanganligidan sanoat va maishiy chiqindi suvlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ariq va kanallarga chiqariladi va nihoyat daryoga qo‘shiladi. Samarqand, Navoiy, Buxoro shaharlarida kanalizatsiya bilan ta’minlanganlik 40-45% dan oshmaydi. Kichik shaharlar va qishloqlarda kanalizatsiya umuman yo‘q. Yirik shaharlarda iflos suvlarni tozalovchi inshootlar eski texnologiya bilan ishlaydi va ish quvvatiga nisbatan ish bajarayotganligidan suvlarni tozalash sifati yaxshi emas. Bu suvlarni daryo kanallariga tashlamasdan bog‘ va boshqa loylarni sug‘orishga sarflansa yaxshi bo‘ lar edi.
Daryo suvini ifloslovchi yana boshqa manbalarga tog‘–kon sanoati,chorvachilik fermalari, kasalxonalar, avtomashinalar va traktorlarni yuvish kabilar kiradi Zarafshon daryosining yuqori qismida Tojikiston Respubliksi qududida ikkita yirik tog‘ -kon sanoati mavjud :
1. Anzob tog‘ boyitish kombinati
2. Mog‘iyon oltin qazish majmuasi
bu rangli metal rudalari daryo elkasida yuvilib tozalanadi. Sifatsiz qurilgan suv tinitgich hovuzlar tez-tez buzilib loyqa daryo suviga quyilib turadi. Ushbu loyqa suv tarkibida surma va oltindan tashqari shularga yo‘ldosh qo‘rg‘oshin mis, rux, qalay molibden simob va boshqalar ancha miqdorda mavjud. Anzob tog‘ boyitish kombinati 1943 yildan boshlab ishlaydi. Surma aralash rudani yuvishga bir sutkada 3400m3 suv sarflanadi. YUvilgan suv tarkibida 3.6-4.0 mg/l surma qoladi, ruxsat etilgan miqdordan (REM) 200 marta ko‘p bo‘lib, ana shu iflos suv to‘g‘ridan to‘g‘ri YAg‘nob daryosiga quyiladi.
Zarafshon daryosining yuqori qismida daryoning minerallashish darajasi 250-300 mg/l bo‘lib quyi tomon ko‘payib boradi. Bu miqdor Ravotxo‘jada asosiy tuzlar 400-500mg/l Samarqand shahri yonida 550-600mg/l Xatirchi yaqinida 700-800mg/l Navoiy shahri atrofida 1000-1200mg/l ni tashkil etadi daryoning quyi qismida suv sho‘rligi 3100 mg/l gacha ko‘tariladi. Umuman daryo boshlanishidan quyiga qadar suv sho‘rligi 7-10 baravar oshadi.
Zarafshon daryosining fenol va neft maxsulotlari bilan ifloslanishi ham kattadir Ular ayniqsa Samarqand, Buxoro, Navoiy shaharlari atrofida ko‘p buning sababi shu shaharlardan chiqariladigan xo‘jalik –maishiy va sanoat korxonalari oqavalari hisoblanadi. Bu shaharlar yaqinida o‘rtacha fenolning miqdori 0.002-0.004 (2-4 REM), neft mahsulatlari 0. 10-0. 15mg/l (2-3 REM) ni tashkil etadi.
Umuman shaharlardan uzoqroq joylarda bu moddalar REM dan 1.5-2 baravar ortiqligi kuzatiladi.
Fenollar benzol yadrosi bilan bog‘langan aromatli birikmalar tarkibiga kiradi Germaniya davlati olimlari insonlarga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi 43 turdagi moddalar ro‘yxatini bergan. Ana shu ro‘yxatda benzol ham bor (Xefling 1990).
Zarafshon daryosi suvining ammoniy nitrati va nitrat azoti bilan ifloslanishi uncha katta emas. Ularning o‘rtacha ko‘p yillik miqdori belgilangan me’yordan oshmaydi. Hozir shaharlarda turli kir yuvish vositalari yani sovunlar poroshoklar va kir pastalari ko‘p ishlatilishi azot birikmalari miqdorini birmuncha ko‘tardi. Samarqand yaqinida Siyob arig‘ining quyilishidan so‘ng Zarafshon suvida 1995 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra Samarqand shahar bo‘yicha ammoniy azotning o‘rtacha miqdori 10 baravar oshganligi qayd etilgan. Umuman daryoda ammoniy azoti va nitrat azotlari REM dan biroz ortiq. Zarafshon daryosi og‘ir metallar bilan ham ifloslangan. Bulardan ayniqsa mis, rux, olti valentli xrom, mishyak ko‘p uchraydi. Samarqand, Navoiy shaharlari yaqinida mis va rux me’yordan 1.5-2 marta ko‘p. Olti valentli xromning o‘rtacha miqdori Navoiy shahri yaqinida mis va rux me’yordan 1. 5 –2. 0 marta, eng ko‘p miqdori 7-8 marta ortiq olti valentli xromning o‘rtacha miqdori Navoiy shahri yaqinida 4.0 barobar ortiqligi, eng katta miqdori esa 17. 4 marta (17.4 mkg/l ) ko‘pligi aniqlangan. Bu metallarning me’yordan ortiqligi Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati bilan bog‘liq. Metall holdagi misning birikmalarida zarar kam, lekin mis tuzlarining zarari katta. Masalan, mis xloridi va nitratining miqdori 10mg/l ga esa ko‘pincha baliqlar kasallanadi. Huddi shunday rux sulfati va xloridlari ham organizmga zararli. Rux tuzlarining miqdori 40mkg/l litrga esa baliqlarda kasallik boshlanadi, 110 mkg/l bo‘lsa yosh baliqlar va baliq ikralari halok bo‘ladi (YU. V. Povikov, V. M. Podolskiy, 1994) olti valentli xromning organizmlarda to‘planish xususiyati aniqlangan.
Ftorning o‘rtacha miqdori belgilangan me’yoridan ortiq emas. Uning eng katta miqdori ba’zan me’yordan oshadi bu ayniqsa quyi Zarafshonda ko‘proq kuzatiladi. Inson organizmida 0. 007% ftor uchraydi. Ftor tish emalini mustaxkamligini, suyaklar baquvvat va to‘g‘ri o‘sadi, soch va tirnoqlarning o‘sishiga yordam beradi. Inson uchun ftorning asosiy manbasi suv hisoblanadi. Uning suvdagi me’yori miqdori 0. 70-0. 75 mg/l bo‘lishi kerak (A. I. Perelman. 1966)
Mishyakning suvdagi miqdori katta emas. YUqori Zarafshonda surma rudalarinii yuvishdan tushadigan iflos suv hisobiga mishyakning miqdori Ravotxo‘ja suv taqsimlovchi to‘g‘onga qadar tez-tez ortib turadi. O‘rta va quyi Zarafshonda shahar oqava suvlari hisobiga ba’zan belgilangan me’yordan oshadi.
Simobning o‘rtacha miqdori Zarafshon daryosida me’yordan oshmaydi. Lekin, Samarqand yaqinida Siyob arig‘i suvi qo‘shilgandan keyin va Navoiy shahridan quyiroq shahar oqava suvi quyilgach simobning miqdori vaqti–vaqti bilan me’yordan oshadi. Masalan, 1982 yili Samarqand yaqinida simob miqdori 7.0 mkg/l (REM 14), 1983 yili Navoiy shahridan keyin 9. 2 mkg/l (REM 18) gacha etganligi qayd qilingan. Buning sababi katta miqdordagi ifloslangan oqavaning qo‘shilishi bilan bog‘liq.
Simob birikmalari juda zaharli, ular asab sistemasiga zarar etkazadi, shilliq pardalarni o‘zgartiradi, qon tarkibiga ta’sir ko‘rsatadi, oshqozon-ichak yo‘llarida buzilishlarni keltirib chiqaradi va hokozo.
Qo‘rg‘oshin litosferada keng tarqalgan elementlardan hisoblanadi. Sanoatda qo‘rg‘oshining ko‘p ishlatilishidan atrof muhitda uning miqdori asta sekin ko‘payib bormoqda. Zarafshon daryosida qo‘rg‘oshin miqdori me’yoridan oshiq emas. Lekin, qo‘rg‘oshin tabiatda va organizmlarda to‘planish xususiyatiga ega. SHu sababli ham uning inson salomatligiga salbiy ta’siri katta. Qo‘rg‘oshining ko‘payishi insonda parishonxotirlik, endemik asab kasalligini keltirib chiqarishi mumkin. (A. I. Perelman, 1966).
Zarafshon daryosida pestitsidlardan xlor organik birikmalar guruhiga kiruvchi geksaxlorsiklogeksan (GXSG) borligi ham aniqlangan (Raxmatullaev, 1993).
Do'stlaringiz bilan baham: |