Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti biologiya yo


Oʻzbekiston va MDX da baliqlar parazitlarining oʻrganilish tarixi



Download 109,15 Kb.
bet12/20
Sana22.07.2021
Hajmi109,15 Kb.
#125863
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
DESSERTATSIYA YANGI

1.2. Oʻzbekiston va MDX da baliqlar parazitlarining oʻrganilish tarixi

Oʻzbekistonda Allamuratov B.A. baliqlarining parazitofaunasi bilan shugʻullanib, Surxondaryoning quyi qismida va qirgʻoqlarida lesh chavoqlarida 9 tur, sudak 28 tur parazitlarni aniqlandi [8]. Koʻksuvdan 2 tur parazit uchrashi qayd etilgan. Orol dengizidagi sudak baligʻida Chllodonella cyprinid, Qoraqoʻltiqdan va Abaz qultigʻida Tripartiella cyprinid lar aniqlangan[43]. B.E.Bixovskaya-Pavlovskaya [12] endoparazitlar, qisqichbaqasimon parazitlarning 18 turini, Chu daryosida 39 tur parazit aniqlangan. Shularning 10 turi jagʻlilar boʻlib hisoblanadi. Fan uchun yangi urugʻ Dogilius, D.farceps turi aniqlangan. Bu ishlar Oʻrta Osiyo daryolari baliqlari ekologofaunistikasini aniqlashning debochasi boʻldi.

Abduraxmonov T.A. I.Ubaydullaev [57] ishlarida O’zbekiston suv havzalari baliqlarining parazitlari haqida ma’lumotlar keltirilgan bo’lib, laqqa baligʻida qon parazitlarini Cryptobianinae kohe-yakimovi qon plazmasida va Haemogrearina turkestanica (eritrotsitda) aniqlangan. Ostroluchka baligʻidan B.Bixovskiy-Pavlovskaya [13] Amudaryo deltasidagi Jchthyophthirius multifiliis, Diplozoon paradoxum 1, Diplostomun spathaceum, Posthodiplostomum curicola 2, Rhipidocotyle illense, Ergasilus sieboldi larni aniqlagan.



Tojikistondagi oddiy baliq parazitlarini Trombitskiy I.D. [56] Varzob, Lyugob, Kafirnigan va Vaxsh koʻllaridan 17 tur baliqlardan (429 dona) 15 tur parazit sporalilarni aniqlagan. Ularning koʻpchilik turlari yangi turlar boʻlib hisoblanadi. S.O.Osmanov [43]15 tur parazitni aniqlab, ularning 8 turi Amudaryoda birinchi marta aniqlangan. Keyin Amudaryo del'tasida 18 tur baliqlari oʻrganilib 73 tur gelmintlar koʻrsatilib, shulardan 52 turi Amudaryoda birinchi marta aniqlangan. B.Bixovskiy-Pavlovskaya [12] Varzob va Kafirnigan daryolaridan Dactylogyrus yangi vakillarini (D.Varicorhini. D. pulcher. D. Modertus. Dogielius. Gyrodactylus (G. Vianus G. Montanus G. mutabitas) aniqlangan.

K.K.Ubaydullaev [57] Amudaryo va Vaxsh daryolaridan nematodalarning yangi turlarini (Rhabdochona chodukini), Dactylogyrus (D. serjabinensis, D. jamansajensis) aniqladi. Muallifning tadqiqotlariga ko’ra, Amudaryodagi Orol basseynidan 40 tur parazit aniqlanib, ulardan 14 turi bu basseyinda birinchi marta koʻrsatilgan. Umuman Amudaryo uchun 105 tur parazitlarni koʻrsatib, ulardan 22 turi bu basseyinda avval ma’lum boʻlmagan. Shu vaqtning oʻzida Zarafshon daryosidan Amudaryo basseyni uchun 15 tur parazit sifatida koʻrsatilgan. Surxondaryo va Uchqizil suv saqlagichi uchun 40 tur, Kafirnigan uchun esa (15 tur) va Vaxsh daryolari uchun (53 tur) parazitlar aniqlangan.

S.O.Osmanov [43] Amudaryo va Zarafshon daryolaridan yangi nematoda turlarini (Procamalanus siluri, Rhabdochona varicorhini) monogenetik saruzlardan Dactylogyrus, pseudominor, D. Neoparvus, d. Narimani, Gyradactylus Pusanovi va trematodlarni (Asymphylodora kafirghani) aniqladi.

Amudaryo basseyni uchun Truraposota danilevskiy, T.tarkevitchi, Chloromyxum fluviatelle, Sn.Abdochona filamentosa, Sapilaria tomentosa, Pompxorxynchus leavis birinchi marta aniqladi. Koʻpchilik turlar Vaxsh daryosida birinchi marta topilgan. Rxabdochona oilasiga tegishli nematodlar haqidagi ishlari bu oila haqida koʻpchilik ma’lumotlarga ega boʻlishga yordam beradi.

B.Allamuratov [8] Surxondaryo basseyni baliq parazitlarini oʻrgangan, unda oddiy parazitlarning yangi turlari (Spxaerospora schulmani, Muxobolus rachamani, Mkavali, M. Longusordis, M.Brevisauda, Xennegya markevichi) hamda Janubiy- Surxon suv saqlagichi baliqlari gelmintlar toʻgʻrisida ma'lumotlar bergan. Ikki tur Dermosystidium, Ssypxidia syprinid lar hamda 16 tur baliqdan (268 dona) 60 tur gelmintlarni aniqlab, shunda Gyrodastylus gobinimum ni Amudaryo basseynida birinchi marta qayd etgan. Muallif yangi parazitlar oilasining yangi turini Markevitchiana srusifera va Lamplroglena markevitchi yangi turlarni aniqladi. U Surxondaryoning 24 tur baliqlaridan (1806 dona) parazitlarni aniqlab, shundan 121 turi birinchi marta Surxondaryoda, 13 turini Oʻrta Osiyo birinchi marta e'lon qildi. Keyinchalik Amudaryoda birinchi marta Trypanaroma abramidis, Trichodina reticulate Dactylogurus suecicus va D.rarssimus larni aniqladi.

S.I.Osmanov [43] oʻzining yillik tadqiqotlar davomida Amudaryo uchun 202 tur parazitni koʻrsatdi. Keyingi yillari Amudaryo ixtiofaunasi Xitoy kompleksi oʻsimlikxoʻr baliqlari bilan toʻldi hamda ular Turkistonning Qoramatniyoz baliq xoʻjaligiga olib kelindi. Uning chavoqlari Qoraqum kanaliga yuborildi, keyin u orqali Amudaryoga tarqaldi. Oq amur va do’ngpeshona baliqlari sholichilik xoʻjaliklariga olib kelindi. Muallif tomonidan Zarafshon, Kattaqurgʻon, Qunnazar Toʻdakoʻl, Xilirav GES daryo va suv saqlagichlarida 21 tur baliqdan 129 tur parazitlarni aniqlab ularning shakllanishini oʻrganilgan va 237 dona tur baliqlarining zararlanganini koʻrsatdi. Orta Osiyoning respublikalari qishloq-xoʻjalik tumanlari Sirdaryo basseynining suv resurslari oʻzining boy va ixtiofaunasi bilan koʻpchilik biolog olimlarni va baliqchilik mutaxassislarini qiziqtirib kelmoqda.

Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon suv omboridagi, Payariq baliqchilik xoʻjaligidagi Dashxoʻja chavaq baliqlar pitomnigidagi, Aydarkoʻ1 baliqlarida, Qashqadaryo baliq xoʻjaligidagi, Chimqoʻrgʻon suv omborlaridagi hamda Toʻdakoʻldagi baliqlar tekshirilganda A.Davlatov, T.Katayseva, T.Troflmova, T.Abduraxmonov, R.Tokaevlar ulaming Ligula bilan ekstenszararlanishi 6.25% dan 17% gacha, intenszararlanishi esa 6 dan 14 ekz gacha boʻlgan [5].

O‘zbekiston xududida baliqlarda qayd etilgan gelmintlar oila darajasida taxlil etilganda, gelmintlar soni oilalarda 1 tadan 4 tagacha ekanligi aniqlandi. Bu esa o‘z navbatida dominant oila (4 tagacha bo‘lgan turlar), subdominant oila (2 tadan 3 tagacha bo‘lgan turlar) va monotipik oilalarga (1 tur) ajratish imkonini berdi. O‘zbekiston faunasida karp baliqlari gelmintofaunasida dominant gelmint oilalari 4 (15.4 %) ta, subdominantlar – 6 (23.1%) ta va monotipik 16 (61.5%) ta oila borligi ma’lum bo‘ldi [50].

Safarova F.E [47] Cyprinidae oilasi baliqlari gelmintlar faunasining umumiy tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, fauna strukturasi asimmetrik va sestodalardan dominant oilalar Caryophyllaeidae, Dilepididae, trematodalardan - Diplostomidae va nematodalardan – Anisakidae oilalari hisoblanadi.

Muallif o‘rganilgan Cyprinidae oilasi baliqlarining 12 turi (Rutilus rutilus, Scardinius erythrophthalmus, Aspius aspius, Schizothorax intermedius, Cyprinus carpio, Abramis brama ssp. orientalis, Cyprinus carpio, Carassius auratus ssp.belio, Ctenopharyngodon idella, Hemiculter leucisculus, Hypophthalmichthys molitrix va Aristichthys nobilis) sestoda, trematoda, akantotsefala va nematodalar bilan zararlanganligini ko‘rsatmoqda. Alohida baliqlar turlarining parazitofaunasining xususiyatlari, suv havzalari tipiga, xo‘jayin turiga va boshqa ekologik omillarga bog‘liqligi aniqlandi

Karp baliqlarining gelmintlari umumiy faunasida 49 tur qayd etildi. Ulardan sestodalarning 6 turi (41.6%), trematodalarning 10 turi (55.5%) va nematodalarning 7 turi (50.0%) lichinkalik shaklida uchraydi. Sestodalardan Ligula, Digramma va Paradilepis, trematodalardan Diplostomum, nematodalardan Raphidascaris va Contracaecum avlodi vakillari boshqa turlarga nisbatan dominantlik qiladi [49]..

Shakarboev E.B., Safarova F.E va Azimov D.A [60] Sirdaryo, Chirchiq daryolarida Cyprinidae oilasi baliqlari gelmintlari tur tarkibi yopiq suv havzalari baliqlari gelmintlariga qaraganda birmuncha xilma-xildir. Xususan, Sirdaryo daryosi o‘rta oqimida Cyprinidae oilasi baliqlari gelmintlari xilma xilligi 39 turni, Chirchiq daryosi quyi qismida – 15, Aydar Arnasoy ko‘llar tizimida – 8, baliqchilik xo‘jaliklarida – 11 turni tashkil etadi.

Keng tarqalgan gelmintlar turlari bilan bir qatorda Cyprinidae oilasi baliqlari uchun spetsifik turlarini uchratish mumkin. Bunday turlar 17 tani tashkil etib, ular Sanguinicola, Diplostomum, Posthodiplostomum, Khawia, Bothriocephalus, Ligula, Digramma, Gryporhynchus, Dilepis, Philometra, Raphidascaris, Neogryporhynchus va Pomphorhynchus avlodlariga mansubdir [47.


Download 109,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish