Samarqand davlat tibbiyot instituti


g)  Anti-D-monoklonal antitanachalar bilan reaksiya



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/165
Sana19.06.2023
Hajmi2,04 Mb.
#952248
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   165
Bog'liq
Qon komponentlari---- K-M-Abdiyev

g) 
Anti-D-monoklonal antitanachalar bilan reaksiya

Tekshiruv 
olib borilayotgan likopchada anti-D-monoklonal antitanachalarning 
(МКА) katta bir tomchisi (0,1 ml), tekshirilayotgan qonning kichik bir 
tomchisi (0,01 ml) bilan aralashtiriladi. Reaksiya 2,5 minut davomida 
kuzatiladi. Anti-D-AMK va rezus-musbat eritrositlarni aralashtirishda 
tezlikda yuzaga keluvchi bargsimon agglutinatsiya yuzaga keladi. Agarda 
qon rezus-manfiy bo’lsa, agglutinatsiya yuzaga kelmaydi. 
Ehtimoliy xatolar

Ко’pincha xatolar tekshirishni o’tkazish 
jarayonida, ayniqsa qon konglyutinatsiya usullaridan foydalanish 
qoidalariga to’liq rioya qilmaslikdan kelib chiqadi. Noto’g’ri natijaga 
foydalanilgan 
zardob 
va 
eritrositlar 
miqdoridagi 
nisbatning 


O’quv qo’llanma 
70 
nomuvofiqligi, qurib qolgan tomchiga qarab natijani baholash, 
gemolizlangan va haddan ortiq ko'p saqlangan qon namunasidan rezus-
mansublikning aniqlanishi, shuningdek faollashmagan, ifloslangan va 
buzilgan, yaroqlilik muddati o’tgan zardoblardan foydalanish olib kelishi 
mumkin. 
Shuningdek, xatoning sababi tekshiriladigan qonning quyidagi 
biologik o’ziga xosligi ham xizmat qilishi mumkin: jigar, buyrak, qon 
tizimi kasalliklari natijasida tanadagi rezus-antigen agglyutinlanish 
qobiliyatining pasayishi, shuningdek, tekshiriladigan eritrositlarning 
nospetsifik agglyutinatsiyasi kabilar. Tekshirishdan shubhali natija 
olinganida, tekshiruv yanada faolroq antirezus zardobdan foydalangan 
holda takrorlanadi. 
8-rasm. 
Rezus mansublik va eritrositlarning qon quyilganidan keying harakati. 
 7. Guruhga ko’ra farqlanishning klinik ahamiyati 
 
Umumiy immunogenetik jihatlar

Qondagi guruh antigenlari va 
antitanachalari odam fiziologiyasi va patologiyasi borasida katta 
ahamiyatga ega. Avvalo shuni e’tiborga olish zarurki, qon antigenlari har 
bir individ uchun genotip marker hisoblanadi. Bu nikohlardagi 
serpushtlik, homiladorlikning kechishi va oqibatlari, shuningdek 
tug‘ilgan bolalar sog‘ligining kechishida muayyan ahamiyat kasb etadi. 
Jinsiy hujayralar genotipiga muvofiq ravishda qon guruhi antigenlariga 
o‘xshash antigenlarga egadir, shu bilan bir vaqtning o‘zida esa er-xotinlar 


K.M. Abdiyev, U.D. Dadajanov, A.G. Madasheva
71 
ko'pincha qon gurulilari bo‘yicha bir-biridan farqlanadi. Er-xotinlarning 
rezus tizimi bo‘yicha bir-biriga mos emasligi homiladorlik jarayonida 
yuzaga keladigan immunologik kelishmovchilik oqibatida homilaning 
o‘limi yoki yangi tug‘ilgan chaqoloqda gemolitik kasallikning eng ko‘p 
tarqalgan sabablaridan biridir. 
Hozirgi vaqtda qon guruhining odamdagi yuqumli va yuqumsiz 
kasalliklari bilan o‘zaro bog‘liqligi borasidagi ma'lumotlar ko‘payib 
bormoqda. Ayrim eritrositar va leykositlar antigenlarining mavjudligi 
muayyan kasalliklarning kelib chiqishi uchun ko’proq sharoit yaratib 
beradi. Xususan, ma’lumki, me’da yara kasalligi ko‘proq A(II) qon 
guruhiga mansub bemorlarda uchraydi, antigen HLA-B
18
ning mavjudligi 
egasini gepatit В kasalligi bilan kasallanishiga sharoit yaratib beradi, 
shuningdek bunda odam qonida antigen HLA-B
5
ham mavjud bo’lsa, 
unda kasallikning surunkali kechishi ehtimoli kattadir. HLA tizimi 
bo‘yicha leykosit guruhlarining immunologik reaktivlik bilan muayyan 
darajada o‘zaro bog’liqligi ma’lum. Masalan, HLA-B
8
mavjud qon 
egalari 
umumiy 
antitanachalarning 
eng 
faol 
qismini 
ishlab 
chiqaruvchilaridan biri bo’ladi, shuningdek, HLA-B
35
ning mavjudligi 
qoqshol anatoksiniga nisbatan antitanachalarni faol ravishda ishlab 
chiqarish imkonini beradi. Bunday misollarni ko‘plab uchratish mumkin. 
Bunday ma’lumotlar muayyan kasallik bo‘yicha xavf guruhini aniqlashda 
va bemorlarni dispenser hisobiga olishda, shuningdek kasbiy tanlovda 
katta ahamiyatga ega. 
Donor va retsipiyent qonidagi antigenni tuzilishidagi o‘ziga 
xosliklarni, ayniqsa HLA tizimi leykositar guruhini e’tiborga olmasdan 
turib, turli a’zolar va to‘qimalar allotransplantatsiyasining (buyrak, yurak, 
jigar, suyak iligi va boshqa organlarni ko‘chirib o‘tqazish) imkoni yo‘q. 
Immunologik 
muvofiqlik 
masalasi 
transplantologiyaning 
asosiy 
muammosi hisoblanadi. 
Qon guruhining aniqlanishi sud tibbiyotida bahsli otalikni, onalikni 
aniqlashda, shuningdek, ashyoviy dalillardagi qon qoldiqlarini 
tekshirishda katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Qon guruhining ahamiyati 
antropologiya bo'yicha ayrim masalalarni hal qilishda ham katta 
ahamiyatga 
ega. 
Qon 
guruhining 
eng 
muhim 
ahamiyati 
transfuziologiyada qon, uning tarkibiy qismlari va qon preparatlarini 
quyish bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda bilinadi. 

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish