K.M. Abdiyev, U.D. Dadajanov, A.G. Madasheva
155
Biologik sinama gemokomponentning
miqdori va yuborilish
tezligiga qaramasdan o’tkaziladi. Bir necha dozada gemokomponentni
yuborish kerak bo‘lganda har bir dozadan oldin biologik
sinama
o’tkaziladi.
Biologik sinamani o’tkazish usuli quyidagicha: dastlab 10 ml
transfuziya qilinadigan gemokomponentdan 2-3 ml (1 minutda 40-60
tomchi tezlikda) 1 minut davomida yuboriladi, keyin yuborish to'xtatiladi
va 3 minut davomida retsipiyentning pulsi, nafas soni,
qon bosimi,
umumiy ahvoli, terisining rangi nazorat qilinadi. Xuddi shu muolaja 2
marta qaytariladi. Agar bemorda qaltirash, belda og‘riq, qizish, ko‘krak
qafasida noxushlik, bosh og’rig‘i, ko‘ngil aynishi va qusish kuzatilsa,
transfuziya darhol to'xtatiladi va transfuziya bekor qilinadi.
Shoshilinch holatlarda ham qon komponentlari transfuziyasi
biologik sinamasiz o’tkazilmaydi. Qon komponentlari transfuziya
qilingandan so‘ng, tuzli eritmalar yuborilishi kerak.
Narkozdagi bemorga qon
komponentlari yuborilayotganda,
operatsiya jarohatidan qon ketishning kuchayishi, qon bosimini pasayishi
va pulsning kamayishi, siydik qopi katetirizatsiya qilinganda siydik
rangining o‘zgarishi kabi holatlar aniqlansa, bunday paytda
gematransfuzion vositaning yuborilishi to‘xtatiladi, jarroh va anestiziolog
transfliziolog bilan birgalikda gemodina-
mikaning buzilishi sababini
aniqlashi kerak. Transfuziyadan boshqa sabab bunday holatni keltirib
chiqarmasligiga ishonch hosil qilinsa, ushbu gemotransfuziya vositasi
qilinmaydi. Keyingi gemokomponent terapiyaning qilinishi klinik hamda
laborator ma’lumotlarga, jarroh, anestiziolog va transfliziolog xulosasiga
bog‘liq bo’ladi.
Biologik sinamada individual moslik ahamiyatga ega. Buriday
holatlarda laboratoriya tasdig‘idan o‘tgan eritrositar massa quyiladi.
Yana qaytadan retsipiyent va donorning qoni ABO tizimi va rezus
mansublikga, individual moslikka transfuziolog
ishtirokida operatsiya
stolida yoki to‘shakda yotgan bemorda tekshiriladi. Bu nazorat
tekshiruvlari faqatgina qon quyayotgan shifokor tomonidan amalga
oshiriladi (faqat u bajarilayotgan transfuziyaga javobgar hisoblanadi).
Konteynerga 0,9%li steril natriy xlorning izotonik eritmasidan
boshqa hech qanday medikamentlar yoki eritmalar qo’shish taqiqlanadi.
Qon quyish tugagandan so‘ng, konteynerda qolgan oz miqdordagi
transfuziya vositasi va bemorning qoni solingan probirka keyinchalik
O’quv qo’llanma
156
zarurat bo’yicha individual moslik va boshqa
sinamalarni tekshirish
uchun 24 soat mobaynida muzlatgichda saqlanishi lozim.
Qon yoki qon komponentini transfuziyasini amalga oshirgan
shifokor bu haqida quyidagilami yozib qo'yishi shart;
-
qon tarkibiy qismlari quyishga ko’rsatma;
-
transfuziyagacha – bemorni va gemokonteyner etiketkasidagi
passport ma’lumotlari, donorning kodi haqida ma’lumotlar, ABO va rezus
mansublik tizimi bo’yicha qon guruhi, gemokonteyner raqami,
tayyorlangan sanasi va
tayyorlagan tashkilot nomi;
-
bemor qonini ABO tizimi va rezus mansubligida nazorat
tekshiruvi natijalari, ishlatilgan reagent seriyasi;
-
konteynerdan olingan qonning ABO tizimi va rezus
mansublikga nazorat tekshiruv natijalari;
-
donor va retsipiyent qonining mosligiga o’tkazilgan sinama
natijasi;
-
biologik sinama natijasi;
-
gemotransfuziyaning boshlanish va tugash vaqtlari.
Retsipiyentga qon quyilgandan keyin ikki soat yotoq tartibi
belgilanadi va bu davolovchi shifokor yoki navbatchi shifokor tomonidan
nazorat qilinadi. Har soatda bemorning tana harorati va qon bosimi
o‘lchanib, kasallik tarixiga yozib qo’yiladi. Siydikning miqdori va rangi
o’zgarishi nazoratga olinadi. Siydikning tiniqligi saqlangan holda qizil
rangga bo’yalishi o’tkir gemolizdan darak beradi. Qon quyishning ertasi
kuni bemorga qon va siydikni klinik analizi o’tkazilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: