Samarqand davlat tibbiyot instituti


 Qon tarkibiy qismlarini quyish



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/165
Sana19.06.2023
Hajmi2,04 Mb.
#952248
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   165
Bog'liq
Qon komponentlari---- K-M-Abdiyev

7. Qon tarkibiy qismlarini quyish 
1.
Qon tarkibiy qismlarini quyishga ko‘rsatma. 
2.
Qon tarkibiy qismlarini xarakteristikasi va ulami quyishni 
ahamiyati. 
3.
Qon tarkibiy qismlarini quyishning samaradorlik mezonlari. 
4.
Pediatriyada qon tarkibiy qismlarini quyishning ahamiyati. 
5.
Qon tarkibiy qismlari va autogemotransfuziya autodonorligi. 
7.1. Eritrositlar massasini quyishga ko’rsatmalar. 
Anemiyada 
eritrotsitlar massasini qo’llanilishi qonda eritrositlar hajmi va kislorod 
tashish funksiyasini normada ushlab turishga yo’naltirilgan. Ularni qayta 
quyish natijasida nafas yyetishmovchiligini va taxikardiyaning 
kamayishi, gemoglobin miqdorining oshishi va bemorning avvalgi 


K.M. Abdiyev, U.D. Dadajanov, A.G. Madasheva
157 
gematokrit kohsatkichi va eritrositlar massasini saqlash muddatiga bogliq 
bo’ladi. 
Bemorga qayta qon quyilganda eritrositlar miqdori ko’tariladi, 
odatda gemoglobin o‘rtacha 10 g/l va gematokrit ko‘rsatkichi 3% (ko'p 
qon ketish holati kuzatilganda), o‘rtacha 1000-1200 ml qon yo'qotgan 
bemorda (organizmda aylanadigan qonning 20%i yo‘qolganda) eritrosit 
saqlovchi tarkibiy qismlarni transfuziyasiga talab juda ham paydo bo’ladi. 
Kolloid va tuzli eritmalarni qayta quyish umumiy yallig‘lanish va 
normovolemiyani 
saqlashga, 
mushaklar 
faolligini 
pasayishiga, 
organizmning kislorodga bo’lgan ehtiyojining pasayishiga xizmat qiladi. 
Gemoglobin miqdorini normaga yetkazishga intilish, bir tomondan, yurak 
yyetishmovchiligi rivojlanishi oqibatida gipervolemiyaga, boshqa 
tomondan trombogenlarni oshishiga olib keladi. Eng xavflisi yo‘qotilgan 
eritrositlarni qayta tiklashga intilishdir. Agar qon ketish gemorragik shok 
rivojlanishi bilan bog'liq bo‘lsa, u har doim TITQIS bilan bog'liq bo’ladi. 
Ko‘rsatilishicha, qonning eritrosit saqlovchi tarkibiy qismlari qayta 
quyilganda o‘tkir anemiyada qon yo‘qotish aylanayotgan qonning 25-
30%ini tashkil qiladi, gematokrit ko‘rsatkichining 25%dan pasayishi va 
qon aylanishining buzilishi paydo bo'lishi bilan bog‘liq. 
O’tkir qon yo‘qotishning dastlabki soatlarida gemoglobin 
konsentratsiyasini kamayishi bilan bog’liq emas, qon aylanish hajmining 
pasayishi natijasida teri oqaradi, shilliq qavatlar, ayniqsa konyuktivada 
venaning torayishi natijasida kuchli oqarish kuzatiladi. Shu bilan birga 
nafas yyetishmovchiligi va taxikardiya kuzatiladi. Nafas olish faoliyatida 
bo‘yin mushaklari va burun qanotlari ishtirok etadi. 
Shunday qilib, qon ketishda eritrosit saqlovchi tarkibiy qismlarni 
qayta quyish gemoglobin miqdoriga bog‘liq emas, aksincha qon ketish 
natijasida gemodinamikaning buzilishi qonning kislorod tashish, nafas 
olish funksiyalarining buzilishiga bog‘liq bo‘ladi, 
Transfuzion terapiyaning maqsadi: a’zolarning normal perfuziyasini 
ta’minlash uchun qon tomir ichki hajmini tez tiklashga qaratilishi 
eritrositlar sonining oshishidan muhimroq. 
Bunday holatda transfuzion terapiyaning maqsadi a’zolarni 
me'yoriy perfuziyasini ta'minlash uchun qon tomir ichki hajmini tezda 
qayta tiklash bo'lib, bu esa ayni vaqtda sirkulatsiyalovchi eritrositlar 
miqdorini oshirishga qaraganda nisbatan zarur hisoblanadi. Keyinchalik 
qonga eritrosit saqlovchi tarkibiy qismlami quyishni qo'shish bilan yangi 


O’quv qo’llanma 
158 
muzlatilgan plazma, plazmaning o'rnini bosuvchi kolloidli eritmalarni 
yoki albumin, tuzli eritmalarni darhol yuborish zarur. 
Yana ham qat’iyrog’i , surunkali anemiyada qonda eritrosit 
saqlovchi tarkibiy qismlarni ta’minlash ko’rsatkichi hisoblanadi. Shunday 
bemorlar uchun sirkulatsiyalanuvchi gemoglobin miqdorini kamaytirish 
bilan, yana ham zaruri, eritrosit saqlovchi gemotransfuziyali vaksina 
transfuziyasi yordamida gemoglobin darajasini qayta tiklamasdan
anemiyani keltirib chiqargan sabablarini yo'qotish hisoblanadi, ushbu 
bemorlarda kompensator mexanizmlarning rivojlanishi kuzatiladi. Yurak 
urushining oshishi, oksigemoglobinning o‘ng chetki dissotsiatsiyasining 
siljishi natijasida to'qimalarga kislorodning berilishining oshishi jismoniy 
faollikning kamayishi, nafas tezligining oshishi kuzatiladi. 
Buning natijasida qon aylanishida eritrositlar va gemoglobinning 
kamayishi miqdorining klinik ko’rinishlari bir qancha darajagacha 
tenglashtiruvchi, qonda eritrosit saqlovchi tarkibiy qismlar transfuziyasi, 
asosiy patogenetik terapiyaga berilmaydigan faqat zaruriy simptomlar 
korreksiyasi uchun tayinlanadi. Bundan tashqari, shu narsa isbotlanganki, 
donorlik eritrositlarning yuborilishi retsipiyentni o’zini eritropoezini siqib 
qo’yishi mumkin, Shuning uchun surunkali anemiyada qonda saqlanuvchi 
tarkibiy qismlardagi eritrositlarni quyish terapiyaning oxirgi chegarasi 
singari baholanishi kerak. 
To’lig’icha, surunkali anemiya mavjud bemorlarga eritrosit 
saqlovchi tarkibiy qismli qonni quyishni tayinlashda quyidagi holatlarni 
e’tiborga olish zarur: 
- transfuziyaning samarali mezoni bo’la oladigan, anemiya bilan 
bog’liq bo’lgan simptomlarni aniqlash; 
-
faqat gemoglobin darajasiga suyangan holda, eritrosit saqlovchi 
tarkibiy qismli qonni quyishni tayinlamaslik u quyilgan tuzli eritmalar 
hajmiga yurak kompensatsiyatsiyasi darajasiga bog‘liq holda o‘zgarib 
turadi; 
-
transfuziyani yurak yyetishmovchiligi va anemiyani hisobga 
olgan holda (soatiga tana massasiga 1 -2 ml eritrositar massa yoki 
aralashma qoni quyish tezligi) va transfuziyadan oldin diuretiklar 
tayinlanadi (sirkulatsiyalanuvchi plazmani hajmining oshishi hisobiga 
gipervolemiyaning xavfliligidan ehtiyot bo‘lish kerak). 

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish