K.M. Abdiyev, U.D. Dadajanov, A.G. Madasheva
149
“α” va “β ” bo‘ladi. Bularning har xil joylashishi 4
guruhni yuzaga
keltiradi: О
αβ
(I), A
β
(II), B
α
(III), AB
0
(IV).
Qon guruhini aniqlashdagi xatolikda donor qonidagi agllutinogen A
retsipiyent qonidagi agglutinin α bilan, agglutinogen В retsipiyent
qonidagi agglutinin β bilan duch kelganda, qon quyishdan keyingi
asoratlarga olib keladi.
Qon quyishda ABO tizimidagi rezus (Rh-Hr) muhim ahamiyatga
ega. Rezus tizimi D, d, C, c, E, e, antigenlardan iborat. Antigen D o‘ta
harakatchan bo‘lganligi uchun rezus-mansublik deb ataladi.
ABO tizimida rezus mansublik bo‘lmasligi
shundan dalolat
beradiki, unda haqiqiy antitanachalar bo‘lmaydi.
Rezus manfiy bo‘lgan odamlarda (qonida antigen D ning
bo‘lmasligi) qoniga antigen D (rezus-musbatni quyganda yoki homilador
ayolning qoni rezus-manfiy boisa, homila esa rezus- musbat bo‘lsa)
sensibilizatsiya kuzatiladi.
Sensibilizatsiyaning xavfli tomoni shundaki, homilador ayol
tug‘ruqdan so‘ng yangi tug’ilgan chaqaloqning gemolitik kasalligi yoki
bola
tashlash, bachadon ichida homila o’limi bilan ta’riflanadi.
Xuddi shunday analizga ega yoki transfuziyadagi reaksiya ayol yoki
erkakda kuzatilsa, bu holat rezus antitanacha borligini ko‘rsatadi. Agar
retsipiyent qonida rezus-antitanacha topilsa va u bilmasdan rezus-musbat
odamga quyilsa, bu qon bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi va og‘ir asoratlarga
olib keladi.
Boshqa guruh tizimidagi antigenlar ham faol, birinchi navbatda
Kell, Daffi, Kidd,
MN va hokazo, ammo ularning faolligi sustroq
antitanachalarga nisbatan kamroq kuzatiladi. Shunga qaramasdan, yangi
tug’ilgan bolalar kasalligi yoki transfuzion kasalliklarga olib kelishi
mumkin.
Eritrositar
massani quyganda qonning retsipiyentga mos
kelmasligining sababi shundan iboratki, quyilayotgan donorning
eritrositar massasidagi
antitanachaning borligi, shu antitanacha bilan
antigen munosabatiga asoslanadi. Quyilgan eritrositar massa retsipiyent
organizmida gemolizga uchraydi, bu qon unga mos kelmagan
hisoblanadi.
Qon quyishdan oldin shifokor shu narsaga amin bo‘lishi kerakki,
quyilayotgan donorning qoni (eritrositar massasi) o‘zida
antigen
saqlamaydi, u retsipiyent qonida antigenga qarshi antitanacha hosil
qilmaydi. U retsipiyent qoniga mos kelishi kerak.
O’quv qo’llanma
150
Qon quyuvchi shifokor quyidagilarga mas’ul:
-
qonni to’g’ri tanlash, u bitta guruhga tegishli bo‘lishi kerak;
-
rezus-mansublikka mos kelishi;
-
flakondagi passport qismini ko‘zdan kechirish;
-
kasallik tarixida rezus mosligiga aloqador kasallikni ко‘rib
chiqish;
Buning uchun oq namlanuvchi plastinka (likopchga) donor
eritrositi va bemorning zardobidan tomchi tomiziladi (nisbat 1:10). Quruq
shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi va 5
minut davomida kuzatilib
turiladi. Shuni esda tutish kerakki, agar qon ABO tizimi bo‘yicha mos
kelmasa, 1 minut ichida agglutinatsiya kuzatiladi, agar bemorning
qonidagi antitanacha titri past yoki donor qonidagi agglutinogen faolligi
kuchsiz bo‘lganda (masalan, guruhdosh A
2
) agglutinatsiya 5-minut
oxirida sodir bo’ladi. Agar eritrositlar
agglutinatsiyasi boshlanmagan,
unda bu vaqt davomida tomchi bir tekis qizil rangda bo‘yalgan bo’lsa,
bemor va donor qoni mos keladi. Agar tomchida agglutinatsiya bo‘lsa
(suyuqlikning yorug‘lik fonida eritrositlar yopishishi) va u qayta 2 tomchi
NaCl izotonik eritmasi qo‘shilgandan so‘ng aralashtirganda ham
o‘zgarmasa, bemor va donor qoni mos emas. Ayrim patologik holatlarda,
masalan, kuyish, jigar serrozi, septikopiemik holatda bemorning
zardobidagi
eritrositlarning
nospetsifik
yopishishi
kuzatiladigan
“tangachali ustun” deb nom olgan stimullangan agglutinatsiya ro‘y
berishi mumkin. NaCl ning 2 tomchi izotonik eritmasi tomizilganda
“tangachali ustun” ajraladi va eritrositlarning
gomogen joylashuvi
qonning mos kelganligini bildiradi. ABO tizimi bo‘yicha qon guruhining
mos kelishi tekshirilgandan so‘ng, gemotransfuziya o‘tkazuvchi shifokor
donor qoni va retsipiyent (bemor) qonidagi resuz antigen D ni tekshirib,
qayta mos keluvchi sinama o‘tkazishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: