Samarqand davlat tibbiyot instituti. Mavlyanov f. Sh., MAVLYANOV Sh. X., Xayitov u. X. Tibbiyot kasbiga kirish



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/63
Sana16.07.2022
Hajmi3,15 Mb.
#810292
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   63
Bog'liq
Tibbiyet (5)

 
N A Z O R A T S A V O L L A R I. 
 
1. Operatsiyadan keyingi davr to’g’risida tushuncha ?
2. Toza va yiringli bog’lov xonalarining tuzilishi va ishini tashkil qilish?
3. Toza va yiringli bog’lov zonalarida bemorlar parvarishi?
4. Zamonaviy aseptika asoslari?
5. Xirurgik infeksiya turlari va tarqalish yo’llari, shifoxona ichi infeksiyasi,
uning asosiy manbaalari, oldini olish mezonlari va qoidalari?
6. Antiseptik vositalarini qo’llash uchun ko’rsatmalar?
7.Operatsiyadan oldin xirurg qo’llari va operatsiya maydoniga ishlov berish? 
8. Toza va yiringli bog’lov xonalarida sanitar - gigiyenik tartib qoidalari,
dezinfeksiyalovchi eritmalarni tayyorlash?
9. Xirurgik asboblar, oqliklar va bog’lov materiallarini sterilizatsiyaga 
tayyorlash va sterilizatsiya oldi tayyorgarligi sifati sinovlarini bajarish? 
 
 


114 
BOLАLАRGА SHOSHILINCH YORDАM KO’RSАTISH. BOLА HАYOTI 
UCHUN XАVFLI BO’LGAN HOLАTLАRDА SHOSHILINCH YORDАM 
KO’RSATISHNING АSOSIY USULLАRI: YURАK TO’XTАGАNIDА, 
NАFАS YO’LI BERKILGАNDА, QON OQISHIDА HАMDА 
ZАXАRLАNGАNDА, KUYGАNDА VА SHIKАSTLАNGАNDА 
 
 
Shoshilinch yordam deganimizda, biz kechiktirib bo’lmaydigan, darxol 
bajariladigan, bemor hayotini saqlab qolishga qaratilgan tadbirlarni tushunishimiz 
kerak. Eng muhimi shoshilich yordam ko’rsatish kerak bo’lgan holatlarda har bir 
daqiqa hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Chunki yurak va nafas to’xtaganida
3-5 daqiqadan keyin asab tizimidagi hujayralarda qaytmas hodisalar boshlanishi va 
shu fursat o’tganidan so’ng bolani hayoti uchun olib boriladigan kurashning behuda 
ketishi isbot etilgan. Bunday holatlar ko’p sabablarga ko’ra kutilmaganda, to’satdan 
ro’y berishi mumkin. Hayoti xavf ostida qolgan bemorga shoshilich yordamni shu 
payt uning oldida bo’lgan odam ko’rsatishi kerak. Demak, har bir inson, ayniqsa, 
tibbiy xodim shoshilich yordam usullarini yaxshi bilishi va bajara olishi kerak. 
Yurak to’xtaganda organizmning faoliyati tugaydi, ammo 3-5 daqiqa davomida 
organizmning eng nozik a’zo va to’qimalarida ham qaytmas o’zgarishlar yo’q. Bu 
holat klinik o’lim deyiladi va darxol reanimatsiya (tiriltirish) tadbirlari o’tkazishni 
talab diladi. Klinik o’lim belgilari quyidagicha: nafas olish to’xtagan - teri, lablar, 
tirnoqlar ko’kargan, yurak urishi to’xtagan -katta qizil qon tomirlarda (son va uyqu 
arteriyalari) pulsni aniqlab bo’lmaydi, ko’z qorachiqlari juda kengayib ketadi va 
yorug’lik ta’siriga javob bermaydi, yurak urishi eshitilmaydi. 
Reanimatsiya tadbirlari quyidagi tartibda bajariladi: 
Yurak to’xtagani vaqtni belgilash; 
Nafas yo’llarini tozalash; 
Bemor qattiq joyga chalqancha, boshi orqaga egilgan holda yotqiziladi
Pastki jag’i burchaklaridan ushlanib oldinga tortiladi va ustki jag’iga tomon 
bosiladi, keyin burun teshiklari yopilib, og’izni bemor og’ziga qo’yib, 2-3 sinov 
nafasi yuboriladi, nafas yo’llari ochiq bo’lsa, ko’krak qafasi havo yuborganimizda 
ko’tariladi. 
Yurakni bevosita uqalash boshlanadi har bir nafas yuborishdan keyin
15 marta tush suyagi bosiladi.
Sharoit to’g’ri kelsa, zarurat bo’lganda traxeyaga og’izdan maxsus nay 
qo’yiladi (intubatsiya) va sun’iy nafas apparat yordamida beriladi. Yurakning 
bevosita uqalanishi davom ettirilgan holda yurak ichiga nina sanchilib adrenalin, 
kaltsiy xlorid va natriy karbonati eritmalari yuboriladi. Boshga va katta qon tomirlari 


115 
ustiga muz solingan idishlar qo’yiladi. Elektrokardiograf va elektroentsefalgograf 
ulanadi. Ko’rilgan choralar naf bermasa, shifokor bevosita uqalashga o’tadi. 
Nafas yo’llarini tozalamasdan o’pkaga sun’iy nafas berishning iloji yo’q. 
Shuning uchun bir necha sekund vaqt qo’ldan boy berilsa dam bolaning og’iz 
bo’shlig’i va yuqori nafas yo’llarini imkoni boricha butunlay tozalab olgan ma’qul. 
Buning uchun barmoqga doka urab og’iz bo’shlig’i tozalanadi, imkoni bo’lganda 
elektr surgich bilan nafas yo’llaridagi suyuqlik va ovqat qoldiqlari so’rib olinadi, 
nafas yo’llarini tozalaganda bemorning boshi tanasiga nisbatan pastroqda bo’lishi 
kerak . 
Bemor boshini orqaga egib, pastki jag’ini oldiga surish, til orqaga tushib nafas 
yo’lini berkitishini oldini oladi. Bemor yelkasi tagiga o’ralgan choyshab yoki kichik 
yostiqcha qo’yilsa, mazkur holatda yotqizish oson bo’ladi
Sun’iy nafas berishning eng oddiy usullari: og’izdan - og’izga burunga nafas 
yuborish uchun og’izga doka yopiladi va uning burni qisilib, nafas beruvchi o’z 
og’zini bemor og’ziga qo’yib havo yuboradi. Og’izdan burunga faqat yosh bolalarda 


116 
nafas yuboriladi Buning uchun bemor og’zi va burniga doka yopilib nafas beruvchi 
og’zi bilan bemorning og’zini ham qoplab havo puflaydi. Havo o’pkaga o’tayotgan 
bo’lsa, ko’krak qafasi ko’tariladi va nafas chiqayotganda pasayadi. Аgar shunday 
bo’lmasa darxol yana bir marta nafas yo’llarini tozalab, bemor to’g’ri holatda 
yotganini tekshirish kerak .
Shifoxona yoki tez yordam mashinasi sharoitida o’pkaga sun’iy nafas berish 
uchun maxsus apparatlar yordamida kislorod beriladi. Аyrim vaqtlarda maxsus 
moslashtirilgan nafas berish xaltasi ishlatiladi
Sun’iy nafas berish bilan birgalikda qon aylanishini ta’minlash uchun yurak 
bevosita (yopiq) uqalanadi. Bir marta nafas bergandan keyin to’rt marta to’sh suyagi 
bosiladi. 
Uqalashning ma’nosi shundaki - yurak umurtqa pog’onasi va to’sh suyagi 
oralarida kesilganida uning bo’shliqlaridagi qon tomirlarga itarib chiqiladi, 
bo’shaganda esa bo’shliqlar yana qonga to’ladi. Natijada qon aylanishiga erishiladi 
(24 rasm).
To’sh suyagini pastki qismiga bosish chaqaloq va ko’krak yoshidagi bolalarda 
o’ng qo’lni 1-2 barmoqlari bilan bajariladi, 8-9 yoshgacha bo’lgan bolalarda kaft 
bilan kattaroq bolalarda bir-birini ustiga qo’yilgan ikki kaftlar bilan bajariladi! 
Bosganda to’sh suyagi kamida 4-5 sm botadigan qilib bir daqiqada 3-5 yoshdagi 
bolalarda 70-80, kichik yoshdagi bolalarda 100-110 marta qisqa-qisqa (0,2-0,3) 
sekund muddatda bosilishi kerak (25 rasm).
Bajarilgan tadbirlar ko’p qilganda bemor terisi tabiiy rang olib, qon tomirlarida 
puls paydo bo’ladi, ko’z qorachiqlari qisqaradi va nur ta’siriga javob bera boshlaydi, 
qon bosimi 50-70 mm simob ust. ko’tariladi. 
Аsfikasiya yoki bo’g’ilish deganimizda bemor nafas yo’llarini berkilib qolishi 
natijasida nafas yetishmasligi tushunamiz. 
Nafas yo’llari yot qismlar, ovqat qoldiqlari, qusgi bilan hamda xiqildoq shilliq 
pardasining shilinishi natijasida yopilishi mumkin. Bunday holatlarda bola juda 
bezovta bo’lib terisi, lablari ko’karib ketadi. 
Darxol nafas yo’llarini tozalab (yuqorida qayd etilgandek) sun’iy nafas bera 
boshlash kerak. Bu tadbirimiz naf bermasa shifoxona yoki tez yordam sharoitida 
traxeyaga nay qo’yiladi. Og’iz tomonidan yoki shoshilinch operatsiya traxeostomiya 
(bo’yin tomonidan traxeya teshiladi) - qilinib nafas yo’llari ochiladi. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish