Samarqand davlat tibbiyot instituti. Mavlyanov f. Sh., MAVLYANOV Sh. X., Xayitov u. X. Tibbiyot kasbiga kirish



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/63
Sana16.07.2022
Hajmi3,15 Mb.
#810292
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   63
Bog'liq
Tibbiyet (5)

Qon oqishdа
shoshilich yordam qon oqishning to’xtatishining kamaytirishga, 
bemorga qulay osoyishta sharoit yaratishga qaratiladi. Jarrohlik bo’limida 
davolanayotgan bemorlarda turlicha qon oqish kuzatilishi mumkin. Tashqi qon oqish 
operatsiya jarohatlaridan, shikastlangan joylardan, nina sanchilgan tomirlardan qon 
tashqariga qo’yilishi mumkin. Ichki qon oqishi - quyilgan qon organizmning 


117 
bo’shliqlarida to’planadi. Qon quyilishi natijasida organizm kislorod bilan to’la 
ta'minlamaydi va barcha a’zolarning faoliyati susaya boshlaydi, yordam ko’rsatilmasa 
so’nadi. Qon quyilishi ayniqsa yosh bolalarda xavflidir, chunki tomirlarda 
aylanadigan qon hajmi oz bo’lganligi tufayli 50-100 ml qon ketsa, bola hayoti xavf 
ostida qoladi. 
Operatsiya yarasidan qon oqishini ko’rgan hamshira tezda shifokorga xabar 
berishi kerak. Nina sanchilgan qon tomirlaridan qon oqadigan bo’lsa, nina olinib 
bosib turadigan bog’lov qo’yiladi. 
O’pkaga qon qo’yilganda bemor yo’taladi va qonli balg’am chiqaradi. Qon och 
qizil rangli bo’ladi. Hamshira shifokorni, chaqirib u kelguncha bemorni to’shakda 
yarim o’tirgan holatga keltiradi, ko’kragiga muz solingan idish qo’yadi, bemorni 
tinchlantirishga xarakat qiladi. Bolaga suv bermaslik kerak. 
Me’dadan qon oqqanda bemor qusishi, qusganda qora (kofe qoldig’iga 
o’xshagan) qon ovqat qoldiqlariga aralashib chiqishi kuzatiladi. Bunday bemorni 
baland yostiqga yotqizib qornining yuqori qismiga muz solingan idish qo’yiladi. 
Qusayotgan payti boshini yonboshga qaratish kerak. Bemorga yutishi uchun muz 
parchalarini berish mumkin. Uni tinchlantirib, darxol shifokorni chaqirish kerak. 
Ichaklardan oqqan qon to’g’ri ichakdan axlat bilan aralashgan yo aralashmagan 
holda chiqadi, ichagidan qon oqayotgan bemorni yotqizib qorniga muz solingan idish 
qo’yiladi va shifokor chaqiriladi. 
Burundan qon oqqanda bemorni o’tkizib, boshini ozroq oldinga kengaytirib 
burnini har bir teshigiga vodorod peroksid eritmasida xo’llangan doka piltachalar 
kiritiladi, burnini ustiga sovuq latta yoki muz qo’yiladi. 
Ichki qon quyilish alomatlari quyidagilardan iborat: bemor madorsizlanadi, 
terisi oqaradi, qo’l-oyoqlari soviydi, qon bosimi kamayadi, puls zaiflashib, yurak 
urishi tezlashadi.
Kundalik hayotda har xil hodisalar tufayli odamlarda tashqi qon oqishlar kelib 
chiqishi mumkin. Qon ketish deganda, biz turli sabablarga ko'ra (ko'pincha travma 
natijasida) qonning (odatda inson tanasining tomirlarida joylashgan) qon tomirlarini 
tark etadigan vaziyatni tushunamiz, bu esa o'tkir qon yo'qotish - qonning bir qismini 
qaytarib bo'lmaydigan yo'qotilishiga olib keladi. Bunda kislorod va ozuqa 
moddalarini organlarga etkazishga qaratilgan qon aylanish tizimining faoliyati 
buziladi, natijada organlar faoliyati sustlashadi yoki to'xtaydi. 
O'tkir qon yo'qotishning asosiy belgilari: 
• o'tkir umumiy zaiflik; 
• tashnalik hissi; 
• bosh aylanishi; 
• ko'zlar oldida "pashshalar" ning miltillashi; 


118 
• hushidan ketish, tez-tez turish, ayniqsa o'rnidan turishga harakat qilganda; 
• terisi rangpar, ho'l va sovuq ter bilan qoplangan; 
• yurak urishi tezlashgan; 
• tez-tez nafas olish. 
Ushbu alomatlar tashqi qon ketganda ham, ichki qon ketishda ham qon ketishi 
to'xtaganida ham yoki davom etadigan ham kuzatilishi mumkin. Qon yo'qotish 
miqdoriga, shikastlangan tomirga qaysi organga borishi tomir turiga qarab, inson 
tanasida turli xolatlar rivojlanishi mumkin – yengil o'zgarishidan hayotining 
to'xtashigacha, ya'ni bemorning o'limi. Bu katta qon tomirlari shikastlanganda 
to'xtamaydigan kuchli qon ketishida yordam ko'rsatilmasa yuz berishi mumkin.
Inson tanasining kompensatsion qobiliyatlari, qoida tariqasida, qon yo'qotish tezligi 
past bo'lgan va o'rtacha intensivlikdagi qon ketish paytida hayotni saqlab qolish 
uchun yetarli. Katta tomirlarga zarar yetganda, qon yo'qotish tezligi shunchalik katta 
bo'lishi mumkinki, jabrlanganning birinchi yordamisiz o'limi jarohat olgan paytdan 
boshlab bir necha daqiqa ichida sodir bo'lishi mumkin. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish