37
kattadir. 1890 yilda Berlinda bo’lib o’tgan X-Xalqaro xirurglar anjumani jarohatlarni
davolashda aseptika prinsiplarini qo’llab-quvvatladi. Bu anjumanda Bergman Lister
usulisiz aseptika sharoitida operatsiya qilingan bemorni namoyish qilib muvaffaqiyat
qozondi. Аseptika usulining rivojlanishi antiseptik moddalarni xirurgiyadan
chetlashtirib qo’ydi. Аmmo bu yo’nalish 10-15 yil davom etdi va yana amaliyotda
ishlatila boshladi, chunki jarroh qo’lini, bemorda operatsiya qilinadigan maydonni
tozalash uchun odam to’qimasiga bezarar moddalarni topish kerak edi.
Birinchi jahon urushida (1914-1917) xirurgik bemorlarni tekshirish faqat
aseptikani ishlatish kifoya qilmasligini ko’rsatdi. Rossiyada K. M. Sapejko, chet elda
Karrel-Daken jarohatni antiseptik usullar bilan yuvib turish usullarini amaliyotga
taklif qildilar. Jarohat faqat infeksiya tushadigan joy bo’lmasdan, balki tirik to’qima
ekanligi, unda infeksiyaga javoban fiziologik o’zgarishlar ro’y berishi qayd qilindi.
Аntiseptik moddalar ta’siri faqatgina o'rganilmasdan, ularning tirik to’qimaga ta’siri
biologik va fiziologik qonuniyatlarga asoslangan holda o’rganila boshlandi.
Jarohatning bitishida leykotsitlarning roli, ularga ta’sir etuvchi moddalarni topish
sohasida ish olib borildi.
Shunday qilib, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ishlab chiqilgan aseptika va
antiseptika prinsiplari hozirgacha o’z kuchini yo’qotgani yo’q.
Demak, aseptika - jarohat va u bilan kontaktda bo’ladigan bog’lov, instrument,
obyektlarda va ma’lum bo’shliqqa tushishi mumkin bo’lgan mikroblarga, shuningdek
kasallik tarqatuvchi turli mikroorganizmlarga qarshi qo’llaniladigan amaliy ishlar
kompleksidir. Shu maqsadda mikroblarni yo’qotish uchun fizik usullardan
(qaynatish, kuydirish, avtoklavda sterillash, ultrabinafsha nurlar bilan nurlantirish,
sterillangan havodan) foydalaniladi.
Аntiseptika deganda esa jarohat patologik tuzilmasidagi yoki organizmdagi
mikroblarni yo’qotish yoki miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar tushuniladi.
Аntiseptikaning maqsadi - teri ustidagi shartli patogen mikrob va parazitlarning
miqdorini, shuningdek ularning rivojlanish xavfini kamaytirish (tranzitor flora) bilan
birga, teri ostida tabiiy mikroblar ko’payishiga (mahalliy flora) yo’l qo’ymaslikdan
iborat.
Shuningdek, antiseptika quyidagi vazifalarni bajarishi lozim: a) teri, shilliq
qavat va jarohatni tozalash, b) nekrozga uchragan to’qima va patologik tuzilmalarni
kesib olib tashlash, d) spetsifik antiseptik tozalash, g) antiseptik moddalarning
kuchini tenglashtirish (neytrallash), d) teri va shilliq qavatda tabiiy bo’ladigan
mikroflorani tiklash.
Do'stlaringiz bilan baham: