27
XIRURGIK STATSIONARDA SANITARIYA – GIGIYENA TARTIB.
Xirurgik asboblar, bog’lov materiallari va oqliklarni sterilizatsiyaga
tayyorlash.
Xirurgik statsionar faoliyatining samaradorligi tibbiyot xodimlari ishini
to’g’ri tashqil qilish, ishchi xonalar joylashuvini qulay rejalashtirish va moddiy –
texnik jihozlanishini to’liq ta’minlanishiga bog’liq. Bo’limda davolanadigan
bemorlarning aksariyatiga xirurgik operatsiya qilinishi lozim. Shul boisdan bemorni
operatsiyaga tayyorlash tadbirlarini xasta a’zolar joylashgani operatsiyaning
shoshilinch yoki rejali ravishda amalga oshirilishini e’tiborga olgan holda, to’g’ri
bajarilishini ta’minlash bo’limdagi vrach va tibbiy hamshiraning muhim vazifasi
hisoblanadi. Operatsiya asoratlari kelib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin bo’lgan
omillarni bilish va ularni bartaraf etish asoratlarni oldini olishga xizmat qiladi.
Mashg’ulot maqsadlari: studentlarni xirurgiya bo’limi tuzilishi va ishlash
tartibi bilan tanishtirish, ularga aseptika va antiseptika asoslarini tushuntirish,
operatsiyadan oldingi davr xususiyatlari bilan tanishtirib, bemorlarni operatsiyaga
tayyorlashning umumiy masalalarini o’rgatish. Operatsiyaga mavjud ko’rsatma va
qarshi ko’rsatmalarni aniqlash, og’riqsizlantirish usullarini to’g’ri tanlash,
bemorni operatsiyadan oldin tekshirish, maxsus tayyorgarlik ko’rish tadbirlarini
o’rgatish.
Studentlar b i l i sh i k e r a k: 1) Xirurgik bemorda ekzogen va endogen
infeksiya kelib chiqishi yo’llarini; 2) Aseptika va antiseptika tushunchalarini;
3) Xirurgiya bo’limida ijro etilish shart bo’lgan sanitariya me’yorlar va asosiy
talablarni; 4) Xirurgik statsionar tuzilishi va jihozlanishini; 5) Tish protezlarini
yechib olish, oshqozonni yuvish; 6) Qovuqqa kateter qo’yish; 7) Bemorni
operatsiyadan oldin cho’miltirish, oqliklarini almashtirish; 8) Operatsiya maydoni
tuklarini qirish; 9) Premedikatsiya; 10) Operatsiya xonasiga bemorni olib borish,
operatsiyadan keyin xonasiga olib kelish; 11) Bemorni operatsiyadan oldin va
operatsiyadan keyingi davrda parvarish qilish.
Xirurgiya bo’limidagi xonalarga sanitariya – epidemiologik ishlov berish
xususiyatlari.
Bo’limning sanitariya holatini qoniqarli darajada saqlash bemorlarning
davolanishi jarayonida yangi dardlarga duchor bo’lmasliklarini ta’minlovchi
muhim omillardan biri.
28
Xirurgiya bo'limida sanitariya – gigiyena tartibini ta’minlash bemor
davolanishining muhim omillaridan hisoblanadi. Shuning uchun ushbu tartib
qoidalariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash bo’limda faoliyat olib boradigan
barcha xodimlarning xizmat burchidir. Bunda xodimlarning shaxsiy gigiyenasi
(tozalik, tirnoqlar olingan, soch, soqol orasta, uzuk, zirak va boshqa taqinchoqlar
yechib qo’yilgan), ishga kirishishdan oldin shaxsiy kiyimlarini yechib maxsus ish
kiyimlarini kiyib olish (xalat yoki alohida kostyum, bosh kiyimi, niqob,
almashinadigan poyabzal).
29
Bo’limda baland ovozda gapirmaslik, xushmuomalalik, xodimlar orasida
hurmat – izzat, bemorlarga nisbatan mehribonlik muhitini yaratish. Bemorlar va
ularga qarovchilar shifoxonada berilgan toza kiyimlarda bo’lishi, bo’limda
tasdiqlangan kun tartibiga rioya etishlari talab qilinadi. Bemorni ko’rgani kelgan
yaqin kishilari tomonidan sanitariya – gigiyena qoidalari buzilishiga yo’l
qo’yilmaydi. Bo’limni tozalash ishlari kichik tibbiyot xodimi tomonidan post
hamshirasi nazoratida muntazam olib boriladi. Tozalash va sanitariya ishlov berish
xonalarning bajaradigan vazifalariga muvofiq (bog’lov, muolaja, bemor yotadigan,
huqna qilish va boshqa xonalar) amalga oshiriladi. Bemorning kiyimlari oqliklari
rejali ravishda haftada bir marotaba almashtiriladi. Zarurat bo’lganida talabga
muvofiq almashtiriladi. Bu jarayonda bemorlarga ozor bermaslik, ularni avaylash,
yelvizakdan asrash, xush muomala bo’lish xodimlarning burchidir. Muntazam
ravishda bemorlarning yuz – qo’llarini yuvintirish, quloq, burun, tishlarini tozalash
ishlarini post hamshirasi kichik tibbiy xodim bilan birgalikda amalga oshiradi.
Bo’limda sanitariya – gigiyena tartibini ta’minlashning bevosita nazorati bo’lim
katta hamshirasi zimmasiga yuklatiladi.
Xirurgik statsionarda faoliyat ko’rsatadigan tibbiy xodimlar shifoxona ichi
infeksiyalari yuqishini oldini olish maqsadida maxsus ish kiyimlaridan to’g’ri
foydalanishi kerak. Shaxsiy ust kiyimlarini ish kiyimlaridan alohida saqlash, xos ish
kiyimlarida shifoxonadan tashqarida yurmasliklari lozim. Tibbiyot xodimi shaxsiy
gigiyena tadbirlarini bajarishda boshqalarga ibrat ko’rsatishi kerak. Har kuni
badanlarini tozalab yuvib, toza liboslarni kiyishi, ayniqsa qo’llarining tozaligiga
alohida e’tibor qaratishi zarur, odatdagi holatlardan (ovqatlanishdan oldin, tualet)
tashqari, qo’llar har safar bemor ko’rigidan oldin va keyin, muolajalar bajarishdan
oldin va keyin yuvuvchi vositalar bilan shchotka yordamida yuvilishi shart.
Kundalik hayotda o’z qo’llarini kir bo’lishidan, turli xil zararlanishlardan avaylashi
kerak. Xo’jalik ishlarini bajarishida maxsus qo’lqoplardan foydalanishi lozim.
Tirnoqlar qisqa olinishi va bo’yalmasligi kerak, ishda uzuk va boshqa bezaklar
taqilmaydi, qo’llarni yuvishda shchyotka ishlatish tirnoq osti va atrofidagi kirlarni
tozalash uchun qulay. Tez – tez yuvilishi bois qo’llarning terisi quruq bo’ladi,
shuning uchun maxsus kremlardan foydalanib qo’llar muntazam parvarish qilinadi.
Sochlar orasta taralib, bosh kiyimi ostiga olinishi va ish vaqtida bosh kiyimi ostidan
ko’rinmasligi kerak. Og’iz bo’shlig’i va tishlar parvarishiga e’tibor berish muhim,
chunki ular qo’shimcha infeksiya manbai bo’lishlari mumkin, badbo’y hid paydo
bo’lishini oldini olish zarur. Tibbiyot xodimlari kiyinish madaniyatiga ham e’tibor
berishlari zarur. Ish kiyimlari xushbichim, toza, dazmollangan, xizmat vazifalarini
bajarish uchun qulay bo’lishi kerak. Poyabzallar oson yuviladigan, silliq, yumshoq,
suyuqlikni singdirmaydigan, poshnasiz bo’lgani ma’qul.
30
Do'stlaringiz bilan baham: |