Samarqand davlat tibbiyot instituti. Mavlyanov f. Sh., MAVLYANOV Sh. X., Xayitov u. X. Tibbiyot kasbiga kirish



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/63
Sana16.07.2022
Hajmi3,15 Mb.
#810292
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   63
Bog'liq
Tibbiyet (5)

ANTISEPTIKA 
Qadimgi dunyo tabiblari jarohat yiringlashishining asosiy sabablaridan biri 
iflos qo’lning ta’siridir, deb bejiz aytishmagan. Gippokrat va Ibn Sino jarohatlarni 
bog’lash va yuvib tozalashda faqat qaynatilgan suvdan? Jarohatdan chiqayotgan 
suyuqlikni tez so’rib oladigan toza dokadan foydalangan, shuning tozalash sifatini 
oshirish uchun uni vino bilan to’yintirgan. 1363 yilda Mondevil, Gi De Sholpak va 
boshqa shifokorlar antiseptic moddalar sifatida siprt, sirka kislota, qoramoy, skipidar, 
simob kabi moddalardan foydalanishgan va o’sha davrlarda ham jarohatlar tez va 
birlamchi bitgan. 
Ammo ko’p tadqiqotchilarning fikricha, jarohatning yiringlashi tabiiy deb 
hisoblangan va uning sabablaridan biri chirishni keltirib chiqaradigan infeksiya 
deyishgan. Bakteriologik davrning (1878) boshlanishigacha operatsiya qilingan 
bemorlarning yarmi saramas, piyemiya, gazli gangrena yoki jarohat difteriyasidan 
xalok bo’lar edilar. Hatto mashxur jarroh Bilrot operatsiyalarining (mastektomiya, 
Strumektomiya) 50 foizi ko’ngilsiz hodisalar bilan tugar edi. Malgani ma’lumotlari 
bo’yicha, XIX asr o’rtalarida Parijda 5 yil ichida operatsiya qilingan 500 nafar 
bemorning 300 tasi infeksiya ta’sirida hayotdan ko’z y umgan, 1852-1853 yillarda 
400 ta katta operatsiyalardan so’ng N.I.Pirogov 159 bemorni qutqarib qololmagan. 
Bemorlarning qariyb 80 foizi arzimas xirurgik jarohatlardan nobud bo’lgan. Bunga 
gospital infeksiya sabab bo’lgan edi. Davolash muassasalari bemorni qutqarish 
o’rniga ularning ko’pchiligini o’limga giriftor qilar edi, chunki xonalar dezinfeksiya 
qilinmas. Maxsus kiyim-kechaklar yetishmas edi, qo’l va asboblar operatsiya yoki 
yara bog’lashdan oldin emas, balki keyin yuvilardi. Shu sababli yara bog’lash paytida 
infeksiya bir bemordan ikkinchisiga bemalol o’tavergan. 
XIX asrning 40-yillarida N.I.Pirogov jarohatni davolashda karbol kislota, 
lyapis, spirt, yod nastoykasi ishlatgan va jarohat inseksiyasiga qarshi ko’rashish 
mumkinligini ko’p marta ta’kidlagan. U o’zining «Umumiy harbiy – dala 
xirurgiyasining boshlanishi» degan kitobida: «Shunday vaqt keladiki, travmatik va 
gospital miazmalarni puxta o’rganish xirurgiyani boshqa yo’nalishga olib boradi», - 
deb yozgan edi. 
Venger akusher-ginekologi I.Zemmelveys (Vena) 1847 yilda akusherning iflos 
qo’li ko’zi yoriyotgan homilador ayolni og’ir oqibatlarga olib kleishini tushunib yetdi 
va antiseptika usullariga yondashib ish tuta boshladi. U qo’lni, asboblarni, tug’ruq 
yo’llarini, shuningdek tug’ruqqa kerak bo’ladigan hamma narsalarni xlorli ohak 


35 
eritmasi bilan dezinfeksiya qiladigan bo’ldi. O’zining g’ayrat – shijoati bilan 
homilador ayollarda uchrab turadigan, tug’ishdan keyin ro’y beradigan sepsisni 
kamaytirshga erishdi. Olim tuqqan ayolning bachadoni katta jarohat ekanligini va 
uning tez yallig’lanib, sepsis keltirib chiqarishini tushunib yetgan edi. Shunday qilib, 
I.Zemmelveys, D.Listerdan 17 yil avval boshlang’ich antiseptikani ochib beradi, 
yiringlash va chirishning oldini olish uchun doya va vrachlar homilador ayolni 
tekshirishdan oldin qo’lni xlorli ohak eritmasi bilan yuvishi kerakligini qat’iy talab 
qildi. Bu talab asbob-uskunalarni ishlatishda ham taalluqli ekanligini ta’kidladi. 
I.Zemmelveys Ovropadagi akusher-ginekologlarga xat yo’llab, agar doyalar 
homilardor ayollarni ko’zdan kechirishda qo’llarini yuvmasalar, ularni sudga berish 
lozimligini uqtirdi. O’zi esa operatsiya paytida qo’li jarohatlanib qolib, sepsisdan 
vafot etdi. I.Zemmelveys Venadagi o’zi boshchilik qilayotgan kasalxonada bolalar 
o’limini birmuncha kamaytirgan bo’lsa-da, uning usuli xirurglar o’rtasida keng 
tarqalmadi. Chunki ko’pgina xirurglar bevosita infeksiyadan ko’ra, havodan 
tushadigan infeksiya xatarli deb hisoblar edilar.
D.Lister operatsiyadan keyingi infeksiyaning sababchisi tashqi muhitdan 
tushayotgan mikroblar bo’lib, ular qo’l, scalpel yoki ifloslangan balg’am orqali o’tadi 
degan xulosaga keldi. 
Lister antiseptic va dezinfeksiyalovchi modda sifatida qora-moyning asosi 
bo’lgan karbol kislotani (1 l suvga 50 g) qo’lladi. Bu eritmaga xirurgik asboblar, 
ba’zan bog’lovlar ham solib qo’yilar, shuningdek jarrohlar qo’llarini ana shu suyuqlik 
bilan yuvar edilar. Operatsiya paytida 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish