Samarqand davlat chet tillari instituti sharq tillari fakulteti


Mavzuning o’rganilganligi



Download 0,73 Mb.
bet2/8
Sana13.07.2022
Hajmi0,73 Mb.
#793156
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
205-guruh Rahmonova M

Mavzuning o’rganilganligi: Yaponiyaning siyosiy boshqaruv tuzumi bugungi kunning qisqa muddatli munosabatlariga emas, balki ertaning istiqboliga qaratilgan.
Kurs ishining maqsadi: Yaponiya siyosiy tuzumini o’rganish.
Berilgan maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:
-Yaponiya siyosiy tuzumdagi faoliyatining mazmunini tahlil etish;
- Yaponiya siyosatining tarixiy rivojlanishini tahlil etish;
-Yaponiya ichki va tashqi siyosatini o’rganish, xalqaro aloqalar nuqtai nazaridan tajriba va ko’nikmalar hosil qilish;
-O’zbekiston- Yponiya do’stlik aloqlarining mazmun-mohiyatini yoritish;
Kurs ishining predmeti: Yaponiya siyosiy faoliyati bilan yaqindan tanishish, bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish jarayoni;
Kurs ishining obyekti: Yaponiya siyosiy tuzilishi, parlament, siyosiy partiyalari, hukumat va sud tizimi.
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati: Yaponiyang amalga oshirayotgan siyosiy boshqaruv tizimi, o’ziga xosl jihatlarini o’rganish kurs ishining nazariy ahamiyati sanaladi. Yaponiya siyosiy tuzilmasiga doir ma’lumot manbalari ustida ish olib borish, bilim va xulosalarga ega bo’lish esa kurs ishining amaliy ahamiyati hisoblanadi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Kurs ishi 2 ta bob, 5 ta paragraf, umumiy xulosa va foydalanilgan manbalar ro’yxatidan iborat.
I BOB. YAPONIYA HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR

    1. Yaponiya hukumati, davlat tuzumi

Maydoni- 377 944 kv.km. Aholisi- 126 400 000 dan ortiq. Poytaxti-Tokio shahri. Davlat boshqaruv tuzumi konstitutsion monarxiya. Davlat boshligʻi- imperator. Maʼmuriy tuzilishi 47 ta viloyatga boʻlinadi.Yirik shaharlari: Tokio, Yokogama, Osaka, Nagoya, Sapporo, Kobe, Kioto. Pul birligi- iyena.
Geografik o’rni: Yaponiya Tinch okeanining Osiyo sohillaridagi qismida, katta orollar toʻdasida joylashgan. Yaponiyani janubi-gʻarbda Xitoy va Tayvandan Sharqiy Xitoy dengizi ajratib turadi. Gʻarbda esa Yapon dengizi orqali Koreya bilan chegaradosh. Shimolda esa suv orqali Uzoq Sharq hududi bilan tutashadi. Yapon arxipelagi 6852 ta oroldan tashkil topgan. Xokkaydo, Xonsyu, Sikoku va Kyusyu ularning eng yiriklari.
Hudud iqlimi oʻziga xos. Shimolga sovuq havo harorati xos boʻlsa, janubda subtropik iqlim hukmron. Orol “Tinch okenani olovli vulqon dorisi” hududiga kiradi. 1990-yillarda dunyodagi vulqonlarning oʻn foizi Yaponiya hududida qayd etilgan.
Har yili 1 500 taga yaqin yersilkinishi qayd etiladi. Ular Rixter shkalasi boʻyicha oʻrtacha 4-6 ball kuchga ega boʻladi. Shu tufayli bugun yapon olimlari zilzilalarni oʻrganish va ularning vaqtini aniqlash boʻyicha dunyoda tengsiz.

Yaponiyaning rasmiy yaponcha nomi “Nihon koku” yoki “Nippon koku”. “Nihon” soʻzi “quyosh oʻlkasi” yoki “quyosh manbasi” degan maʼnoni bildiradi. Shu sababli mamlakat nomi “Kunchiqar oʻlka” deb tarjima qilinadi. “Nihon” VIII asrdan boshlab ushbu yurt nomiga aylangan, ungacha hozirgi Yaponiya hududini “Yamato” deb ataganlar.



VIII asrda mamlakat janubidagi avstronezlarning singdirilishi natijasida yapon millati shakllandi. X asrda davlat yer egaligi tizimi barham topib, aslzodalar va ibodatxonalarning yer-mulklari (syoen) yerga egalikning asosiy shakliga aylandi. XI asrdan sardorlar boshchiligida harbiy zodagonlar guruhlari tashkil topa boshladi.
XII asr oʻrtalarida Minamoto va Tayra ularning eng yirigi edi. Bu xonadonlarning oʻzaro kurashi 1185 yili Tayraning magʻlubiyati bilan tugadi. 1192 yili shimoli-sharqliklar oʻz sardorlari

Yoritomo Minamotoni syogun (sarkarda) unvoni bilan davlatning hukmdori deb eʼlon qildilar. Syogunlar hukmronligi xalq koʻziga qonuniy boʻlib koʻrinishi uchun imperator sulolasi nomigagina saqlab qolindi.Xitoy va Koreyani zabt etgan moʻgʻullar 1274 va 1281 yillarda Yaponiyaga qarshi yurishlar uyushtirdi. Lekin bu harakatlar muvaffaqiyatsiz chiqdi. Dengizda paydo boʻlgan kuchli boʻron moʻgʻul qoʻshinlarini halok qildi. XV-XVI asrlarda dehqonlar muntazam qoʻzgʻolon koʻtarib turdi. 1485-93 yillarda boʻlib oʻtgan Yamasiro qoʻzgʻoloni ulardan eng yirigi edi. XV-XVI asrlarda Xitoy va Koreya bilan savdo aloqalari rivojlandi.


Tarixi. Olimlarning taxminicha, Yaponiya hududiga ilk odamlari eramizdan qirq ming yil oldin kelgan. Yaponlar haqidagi ilk maʼlumot xitoylarning “Xanshu” solnomasida uchraydi. Milodiy asr boshlarida ijtimoiy tabaqalanish kuchayib, qulchilik paydo boʻldi. Uchinchi asrda esa, hududdagi ilk zamonaviy davlat – Yamata qabilalar ittifoqi yuzaga keldi. VIII asrda poytaxti Xeydzyo-kyo boʻlgan kuchli davlat tashkil topdi. Xitoy madaniyati taʼsirining kuchayishi natijasida ilk yapon tarixiy yilnomalari yozildi. 710 yili birinchi doimiy poytaxt – Nara shahri qurildi. 784 yili imperator Kammu poytaxtni Naradan Nagaoka-kyoga, 794 yili esa Xeyan-kyoga (hozirgi Kioto) shahriga koʻchirdi. Shunday qilib Xeyan davri boshlandi. Bu davrda yapon madaniyati gullab-yashnadi. Milliy alifbo – “kana”ning paydo boʻlishi xitoycha yozishdan voz kechish imkonini berdi.

1542-1616) syogun deb eʼlon qilindi va uning qarorgohi Edoga (hozirgi Tokioga) koʻchirildi. Tokugava syogunlari sulolasi mamlakatni 1867 yilgacha boshqardi. Bu davrda Yaponiya markazlashgan monarxiya davlatiga aylandi. Hukumat qatiy qoidalar bilan toʻrt tabaqa (samuray, dehqon, hunarmand va savdogarlar) tizimini oʻrnatdi. Yevropalik missionerlar faoliyati natijasida nasroniylik keng yoyilayotgani va u xalq harakati mafkurasiga aylanayotgani sababli Tokugava hukumati bunga qarshi bir qator chora-tadbirlarni ishga soldi. Natijada Yaponiya deyarli ikki yarim asr mobaynida “yopiq” davlatga aylandi. Shu yoʻl bilan Yaponiya mustamlaka xavfidan saqlanib qoldi.


XVII asr oxiri – XVIII asr boshlarida mamlakat har tomonlama taraqqiy etdi. Bu davrda aholining savodxonlik darajasi jahon miqyosida ham ilgʻor oʻringa chiqdi. XVIII asr oxiri – XIX asr birinchi yarmida kichik sanoat korxonalari paydo boʻla boshladi. 1854-58 yillarda AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya bilan tuzilgan Ansey shartnomalariga koʻra, Yaponiya oʻz holicha ajralib yashash siyosatidan voz kechishga majbur boʻldi va erkinligi cheklangan holda jahon bozoriga qoʻshildi.
1867-68 yillarda Yaponiyada dehqonlar, shahar kambagʻallari, savdo-sanoat mulkdorlari, saroy aslzodalari va muxolifatdagi baʼzi yirik zodagonlardan iborat keng omma syogunlarga qarshi chiqdi. Natijada syogun hukumati agʻdarildi va hokimiyat imperator Mutsuxito (1867-1912 yillari hukmronlik qilgan) qoʻliga oʻtdi. 1869 yili poytaxt rasman Tokioga koʻchirildi.

Yaponiya 1894 yili Koreyada koʻtarilgan dehqonlar koʻzgʻoloni bostirish niqobi ostida u yerga qoʻshin yubordi va Xitoy bilan boʻlgan urush (1894-95) natijasida Tayvan va Penxuledao orollarini, rus-yapon urushi (1904-05) oqibatida zsa Shimoliy Saxalinni egalladi. Yaponiya va Buyuk Britaniya oʻrtasida 1902, 1905 va 1911 yillarda imzolangan shartnomalar asosida oʻzaro hamkorlik harbiy-siyosiy itgifoq darajasiga koʻtarildi va ikki tomon Koreya hamda Xitoyda oʻz mavqelarini yanada mustahkamladi. 1910- yil avgustda Yaponiya Koreyani oʻz mustamlakasiga aylantirdi. Yapon monopoliyalari Janubiy Manjuriyani, keyinroq Xitoyning boshqa tumanlarini oʻz taʼsir doirasiga kiritdi. Xitoy hududida harbiy harakatlarini davom ettirishi natijasida ikkinchi yapon-xitoy urushi (1937-1945) boshlanishiga sabab boʻldi. 1941 yili Yaponiya Pyorl-Xarborga qarshi jangga kirib, AQSH va Buyuk Britaniyaga qarshi urush eʼlon qildi. 1945 yil avgustida Amerika harbiy havo kuchlari Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombasi tashlashi va Sobiq Ittifoqning Yaponiyaga qarshi urushga qoʻshilishi natijasida mamlakat hukumati 1945 yil 2 sentyabrda “Soʻzsiz taslim boʻlish toʻgʻrisidagi shartnoma”ga imzo chekdi.


1947 yili konstitutsiya qabul qilindi. 1952 yili kuchga kirgan “San-Fransisko tinchlik shartnomasi”ga koʻra, ittifoqchilar qoʻshinlari Yaponiya hududidagi harbiy harakatlarini toʻxtatdi. Yaponiya 1956 yili Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo boʻldi. Biroz vaqt oʻtgach, mamlakat iqtisodiy oʻsishning rekord darajasiga erishdi va qirq yil davomida yillik oʻsish oʻrtacha oʻn foizni tashkil etdi.

1991-yili iqtisodiy oʻsish oʻrnini inqiroz egalladi va Yaponiya bu ogʻir holatdan 2000 yilga kelibgina qutuldi.



Iqtisodi. 2009 yili Yaponiya yalpi ichki mahsulot koʻrsatkichlari boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻrinni egalladi. Oʻshanda yillik yalpi ichki mahsulot hajmi besh trilyon doʻllarni tashkil etgan edi. 2010 yili bu borada oʻz oʻrnini Xitoyga boʻshatib berdi. Mamlakat xarid imkoniyati boʻyicha AQSH va Xitoydan keyin dunyoda uchinchi oʻrinda turadi. Yaponiya iqtisodiyotida bank xizmatlari, sugʻurta, koʻchmas mul, transport, chakana savdo, aloqa va qurilish sohalari yetakchi oʻrinni egallaydi. Yuksak darajadagi ishlab chiqarish quvvatiga ega. Transport vositalari, elektronika, dastgohlar, poʻlat, kimyoviy vositalar, ip-gazlama va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradigan yirik korxonalarga ega. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga koʻra, yaponiyaliklar ishlagan vaqtlari uchun dunyo boʻyicha eng koʻp haq oladi. Qiziq tomoni, aksariyat odamlar umr boʻyi ish joylarini almashtirmaydi. Ishsizlik darajasi juda past. “Toyota”, “Nintendo”, “NTT

DoCoMo”, “Canon”, “Honda”, “Takeda Pharmaceutical”, “Sony”, “Nippon Steel”, “Tepco” va “Mitsubishi” kabi dunyoga mashhur yirik kompaniyalar shu mamlakatda faoliyat yuritadi. Yaponiya yirik banklari bilan ham shuhrat topgan. Tokio fond birjasi bozor kapitaliga egalik qilish boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻrinda turadi. Yaponiya asosan transport, elektronika va kimyo sanoati mahslotlarini eksport qiladi. Mamlakatga chetdan turli dastgoh va uskunalar, yoqilgʻi, oziq-ovqat (asosan mol goʻshti), kimyoviy vositalar, ip-gazlama va sanoat xomashyosi keltiriladi. Soʻnggi yillarda mamlakat hukumati bozor raqobatini kuchaytirish boʻyicha bir-qator islohotlarni oʻtkazdi. Natijada xorij sarmoyasi sezilarli miqdorda oshdi.


Aholisi. Aholining toʻqson sakkiz foizi yapon millatiga mansub. Shuningdek, koreys, xitoy, filippin, brazil millatiga mansublar ham, oz miqdorda boʻlsa-da, bor. Shahar aholisi – 89 foiz. Oʻrtacha umr 82 yoshni tashkil etadi. Chaqaloqlar oʻlimi darajasining pastligi boʻyicha dunyoda yetakchilardan. Ikkinchi jahon urushidan soʻng tugʻilish darajasi tushib ketgan. Shu sababli keksalar soni koʻpayib boryapti. 2005 yilgi maʼlumotga koʻra, aholining 20,1 foizi oltmish besh yoshdan oʻtganlardan iborat. Davlat tili – yapon tili.
Dini. Yaponiyaliklarning aksariyati sintoizm va buddizmga eʼtiqod qiladi. Ikki foiz aholi nasroniylikni tanlagan.

Islom asosan hindlar va tatarlar orasida yoyilgan. Yaponiyada ilk masjid 1905 yili Osaka shahrida qurilgan. Ushbu mamlakatda Islom dinining yoyilishi va rasmiy maqomga ega boʻlishida boshqird millatiga mansub taniqli ulamo Muhammad Abdulhay Qurbongaliyevning xizmatlari katta. U Tokio musulmonlari jamiyatiga asos solgan va unga oʻzi rahbarlik qilgan. 1927 yili musulmonlar uchun maktab ochgan. 1928 yili esa Butun Yaponiya musulmonlari qurultoyini oʻtkazgan. 1938 yil 12 mayda uning rahbariligida Tokio shahrida masjid ishga tushgan.


Davlat tuzumi. Yaponiya — konstitutsiyaviy monarxiya. Amaldagi banana 1947 yil 3 mayda kuchga kirgan (keyinchalik tuzatishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi — imperator (1989 yildan Akihito). Konstitutsiyaning 1-moddasiga koʻra, u "davlat va xalq birligi ramzi"dir. Imperator oilasining er aʼzolari imperatorlik taxti uchun merosxoʻr hisoblanadi. Konstitutsiyaga muvofiq, imperator mustaqil hokimiyatga ega emas. Imperatorning davlat ishlariga aloqador boʻlgan har qanday faoliyati Vazirlar mahkamasi maslahati va maʼqullashi bilan amalga oshiriladi. Qonun chiqaruvchi oliy hokimiyatni 2 palatali parlament (Vakillar palatasi va Maslahatchilar palatasi), ijroiya hokimiyatni Bosh vazir boshchiligidagi hukumat (Vazirlar mahkamasi) amalga oshiradi.Yaponiya hukumati 2007- yil 25-sentabr kuni Sindzo Abening boʻshashi haqidagi daʼvosi qondirildi hamda butun kabinetning tarqatilganligi eʼlon qilindi. Yangi bosh-vazir etib YasuoFukuda tayinlandi.

Sindzo Abe 2006- yilning 26-sentabr kuni bosh-vazir etib tayinlangan edi, va lavozimdan ketishi haqida 2007-yil 12-sentabr kuni xohish bildirgan edi. Ketishining asosiy sababi deb, u tomonidan ishlab chiqilgan terrorizmga qarshi kurash rejasining demokratik partiya tomonidan qoʻllab-quvvatlamasligida deb koʻrsatgan , ammo, press-konferentsiyadan soʻng xuruj qilgan asab tarangligi kasalligini aytdi.
Ajdodlar davomchisi, yaʼni, sobiq TIV vaziri Sintaro Abening oʻgʻli va 1957-1960 yillar davomida bosh-vazir boʻlgan Nobusuke Kisining nabirasi boʻlmish Abe, avvalroq LDPning general kotibi oʻrinbosari hamda hukumatning stats-kotibi lavozmini egallagan edi, va bungacha YaLDPning rahbari hisoblangan Koidzumining oʻrnini egallagan edi.
Avvalgi bosh-vazir boʻlib Junitiro Koizumi hisoblangan edi (u ham Liberal-demokratik partiya lideri hisoblanar edi). U, partiyaning navbatdan tashqaridagi sessiaysida rahbar etib tayinlangandan soʻng hukumatni boshqarishni 2001 yilning aprel oyida boshlagan edi (avvalroq –pochta vaziri). U toʻrt yil ichida kabinetda uch marotaba radikal almashishlarni amalga oshirdi. Oxirgi marotaba ushbu almashishni 2005-yil 31- oktabr kuni amalga oshirdi.
2005- yil 11- sentabr kuni navbatdan tashqari saylovlarda YLDP parlamentdagi 480 ta oʻrindan 296 tasini qoʻlga kiritdi. Koidzumining oʻzi esa, sentabr oyida YaLDPning rahbari etib qayta saylandi. Koidzumi, 2006-yilning noyabr oyida oʻz lavozimining muddati tugagandan soʻng, hokimiyatdan ketishini maʼlum etib oʻtgan edi, lekin bu ancha vaqtliroq sodir boʻlib oʻtdi.

1.2 Yaponiyaning siyosiy tuzilmasi va tarkibi


Yaponiya konstitutsion monarxiya hisoblanadi. Yaponiya konsitutsiyasi 3-may 1947-yilda kuchga kirdi va asosan AQShning okkupatsion kuchlari tomonidan tuzilgan edi. Yaponiya Konstitutsiyasining to'qqizinchi moddasi mamlakatni urush olib borish hamda qurolli kuchlarga ega boʻlish huquqidan mahrum etadi. Ammo, aslida esa, Yaponiya oʻz armiyasiga egadir — Yaponiya mudofaa kuchlari.
Konstitutsiya boʻyicha Yaponiyaning voris imperatori — bu, „mamlakatning va xalqning birligi timsolidir“. Mamlakatdagi barcha farmoyish va qarorlar Kabinetning koʻrsatmasiga qarab amalga oshiriladi, va
Kabinet ularning majburiyatini oʻz zimmasiga oladi. Mavjud huquqiy nazariyalarga koʻra, imperator — natsiyaning ruhoniy yetakchisidir, lekin u mamlakatning boshligʻi hisoblanmaydi (va shundan kelib chiqqan holda, Yaponiya — deyarli respublikadir). Lekin ushbu nazariya umum qabul qilinmagandir. 1990- yildan boshlab Yaponiyaning imperatori boʻlib Akihito hisoblanadi (eraning nomi — Xeysey).
Yaponiya parlamenti. Yaponiya parlamenti ikki palatadan tashkil topgandir:

Namoyondalar palatasi va Maslahatchilar partiyasi.


1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish