MAVZU: HEYAN DAVRIDA SAROY ADABIYOTINING RIVOJLANISHI
Ilmiy rahbar: Kurbonova G. I Bajardi: Rahmonova M.
SAMARQAND-2022
ANNOTATSIYA
Mazkur tadqiqot ishi Yaponiyaning siyosiy tuzilishi, siyosiy boshqaruv tizimi, amaldagi hukumat, siyosiy partiyalarlarning tarkibi, sud tizimi ularning davlat hokimiyati va boshqaruv tizimida tutgan o’rni, tarixiy va tadrijiy rivojlanish bosqichlari, siyosiy faoliyatni yurutishda Yaponiyaning an’anaviy va xalqaro tajribasi, bugungi O’zbekistonnig kunchiqar mamlakat bilan olib borayotgan siyosiy aloqalari xususida bayon etadi.
MUNDARIJA:
Kirish I BOB. Heyan davrining Yaponiya adabiyotida tutgan o’rni
1.1 Heyan davrida madaniyat tamadduni
1.2 Heyan davrida san’atning rivojlanishi
II BOB. Heyan davrida adabiyotning gullab-yashnashi
2.1 Yaponiya klassikasinig vujudga kelishi
2.2 Heyan davrida adabiy janrlarning paydo bo’lishi / Heyan davrida she’riyatning rivojlanishi
2.3 Yapon adabiyotining bosh asari- “Genji Monogatari”
2.4 “Ayollar kundaligi” adabiyoti – Yaponiya saroy kiborlari madaniyatining yorqin namunasi
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunda jahonning eng rivojlangan davlatlaridan biri hisoblanmish kunchiqar mamlakatning amaldagi siyosati har bir taraqqiyot pillapoyalaridan ko’tarilayotgan mamlakatlar uchun kata tarixiy tajriba vazifasini o’tashi shubhasiz. Aynan milliy va etnik turmush tarzidagi o’xshashlik, mafkuraviy tuzumning mutanosibligi jihatidan bizning yurtimiz ham Yaponiya bilan o’zaro hamkorlik va do’stlik alaoqalarini kenggaytirmoqda.
Ushbu xususda amalga oshirilayotgan joriy davrdagi O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlariga nazar tashlasak, o‘zaro oliy darajadagi tashriflar aloqalarni mustahkamlashga alohida hissa qo‘shmoqda.
O‘zbekiston Yaponiyaga ulkan siyosiy, iqtisodiy, intellektual va investitsion salohiyatga ega, taraqqiy etgan davlatlardan biri, vaqt sinovidan o‘tgan ishonchli sherik sifatida qaraydi.
Ana shunday ijobiy o‘suvchanlik mamlakatlarimizning parlamentlararo aloqalariga ham xosdir. Kunchiqar yurt qonunchilik organida “Yaponiya parlamentining O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi” tuzilgan.
Shu bilan birga, ikki mamlakat tashqi siyosat mahkamalari o‘rtasidagi maslahatlashuvlar ham muntazam tus olgan.
Xalqaro tashkilotlar doirasida ham samarali o‘zaro hamkorlikni kuzatish mumkin. Global va mintaqaviy ahamiyatga molik bo‘lgan dolzarb masalalar yuzasidan o‘xshash nuqtai nazarlarga tayangan holda ikki davlat bir-birining xalqaro tashabbuslarini hamda ko‘p tomonlama tizimlarning vakillik organlariga bir-birining nomzodlarini qo‘llab-quvvatlamoqda.