Samarqand davlat chet tillari instituti sharq tillari fakulteti


Qonun doirasidagi boshqaruv” prinsipi



Download 0,73 Mb.
bet8/8
Sana13.07.2022
Hajmi0,73 Mb.
#793156
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
205-guruh Rahmonova M

Qonun doirasidagi boshqaruv” prinsipi. Davlat xizmatchilari “qonun doirasida boshqarish” qoidasiga qattiq rioya qilishadi. Unga ko‘ra ijro organi qonunlar bilan belgilangan vakolatlari doirasidan tashqariga chiqmasligi lozim. Biron-bir qonun jamiyat manfaatiga zid kelib qolsa, unda bu qonunni parlament o‘zgartirishi kutiladi. Vakolatlarni suiiste'mol qilish Yaponiyada kechirilmaydi
.Yaponiya parlamentar monarxiya bo‘lgani uchun davlat rahbarini aholi to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov orqali saylay olmaydi.“Boy-kambag‘al” farqi tobora kattalashib boryapti.
Kuchli raqobat muhiti yapon yoshlarini juda yoshlik paytlaridan qo‘shimcha to‘garaklarga qatnab, bilim va ko‘nikmalarini oshirib borishni talab qiladi.
Yaxshi to‘garakka qatnash, yaxshi maktabga kirish, nufuzli universitetda o‘qish keyinchalik markaziy idoralar imtihonidan o‘tish imkonini oshiryapti. Buni esa (yaxshi to‘garak, yaxshi maktab, yaxshi universitetni) daromadi past oilalar ko‘tarolmaydi.
Markaziy idoralarga bo‘ladigan sinovlar ochiq va teng shartlar asosida o‘tsa-da, imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalarning 70 foizi o‘ziga to‘q xonadonlardan chiqqanligi yaqinda o‘tkazilgan statistik ma'lumotlardan aniq bo‘ldi.


2.3 O’zbekston- Yaponiya o’zaro do’stlik munosabatlari
Yaponiya moʻjizasiga duch kelmagan, uning aql bovar qilmas darajadagi yuksak texnologiyalaridan hayratlanmagan odamni topish qiyin.
Chunki har kuni bu mamlakatda ishlab chiqarilgan, inson intellektual salohiyatining bemisl kashfiyotlari boʻlgan kundalik roʻzgʻor buyumlaridan tortib yuqori texnologiyalar, sunʼiy intellekt yutuqlaridan, boshqa ming-minglab texnikalardan foydalanamiz.
Odamlarda “bu Yaponiyaniki” yoki “Yaponiyada ishlab chiqarilgan” degan tushunchani paydo qilish uchun yapon xalqiga bor-yoʻgʻi yarim asr yetarli boʻldi. Lekin shu qisqa vaqt ichida yaponlar boy tabiiy resurslarsiz, inson tafakkuri bilan ham moʻjiza yaratishga qodirligini isbotlab berdi. Ha, yapon xalqi oʻz moʻjizalari bilan qancha hayratlantirmasin bundan aslo gʻururlanmaydi, aksincha, yanada koʻproq izlanadi, tinim bilmaydi, kashfiyotlar qilishga intiladi. Shu bois Yaponiya koʻchalarida xotirjam sayr qilayotgan yoki dam olayotgan odamni uchratmaysiz, hamma oʻz yumushiga, kech tushishi bilan uyiga shoshadi. Mubolagʻasiz, vatanparvarlik, mehnatkashlik, tadbirkorlik bu tinim bilmas xalqning qon-qoniga singib ketgan. Shu bois Yaponiya ishlab chiqarish hajmi boʻyicha eng oldingi oʻrinlardan birida turadi, texnologiyalar eksporti boʻyicha dunyoda yetakchilardan sanaladi. Oʻzbek va yapon xalqlarining oʻxshash jihatlari koʻp. Milliy va axloqiy qadriyatlar, birdamlik, mehnatsevarlik, mehr-oqibat kabi fazilatlar ikki xalq uchun birdek xosdir.

Bu mamlakatlarimizning doʻstligi va oʻzaro hamkorlik munosabatlarida yaqqol aks etmoqda. Oʻtgan yillarda Oʻzbekiston va Yaponiya ikki va koʻp tomonlama oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishda salmoqli yutuqlarga erishdi.


Mamlakatimiz Yaponiya bilan samimiy doʻstlik aloqalarini, strategik sheriklik va hamkorlikni yuksak qadrlaydi. Yaponiya Oʻzbekistonni Markaziy Osiyo mintaqasidagi muhim hamkori sifatida eʼtirof etadi.
“MARKAZIY OSIYO + YAPONIYA” shaklidagi aloqalar tobora rivojlanib bormoqda.O‘zbek va yapon xalqlarining o‘xshash jihatlari ko‘p. Milliy g‘urur, birdamlik, mehnatsevarlik, sadoqat, mehr-oqibat kabi fazilatlar ikki xalq uchun birdek xosdir.
Ikki mamlakat iqtisodiyoti jadal rivojlanib bormoqda. Bu o‘zaro hamkorlikni barcha sohalarda kengaytirish uchun sharoit yaratadi. O‘zbekiston va Yaponiyaning ulkan iqtisodiy imkoniyatlari — tabiiy boyliklari va yuqori texnologiyalari, ilmiy salohiyati, moliyaviy va mehnat resurslari bir-birini to‘ldiradI. Mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar 2002 yil iyul oyida imzolangan Do‘stlik, strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot ruhida izchil rivojlanib bormoqda. O‘zbekiston bilan Yaponiya xalqaro tashkilotlar doirasida ham samarali hamkor. Global va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar bo‘yicha tomonlarning pozitsiyalari o‘xshash yoki yaqindir. O‘zbekiston Yaponiyaning mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikni mustahkamlash, yadro qurolini tarqatmaslik, ekologik muammolarni bartaraf etishga doir tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi, BMT Xavfsizlik kengashi doimiy a’zoligiga Yaponiya nomzodini yoqlaydi.

Yaponiya O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud barpo etish borasidagi tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan, O‘zbekistonning hech qanday harbiy-siyosiy bloklarga qo‘shilmaslik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish tamoyillariga asoslangan tashqi siyosatini yuqori baholab keladi. Tomonlar “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqot mexanizmi doirasida ham ko‘p tomonlama aloqalarni rivojlantirmoqda.


O‘zbekiston bilan Yaponiya Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklashda faol ishtirok etmoqda. Afg‘onistonda harbiy kuch ishlatish yo‘li bilan tinchlik o‘rnatib bo‘lmasligi, BMT shafeligida qarama-qarshi tomonlar o‘rtasida siyosiy muzokaralar o‘tkazish va ichki kelishuvga erishish eng to‘g‘ri va yagona yo‘l ekanini har ikki tomon yakdillik bilan ta’kidlaydi. Ikki mamlakat o‘rtasida savdo-sotiq sohasida eng ko‘p qulaylik yaratish tartibi joriy qilingan. Savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish borasida hukumatlararo majlislar muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Yaponiya va Yaponiya-O‘zbekiston qo‘mitalari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, yangi imkoniyatlarni izlash va qo‘shma loyihalar ishlab chiqishda muhim o‘rin tutmoqda. O‘zbekiston-Yaponiya savdo aylanmasi tobora kengayib borayotgan bo‘lsa-da, ko‘rsatkichlar davlatlarimiz salohiyatiga mos emas. O‘zbekistonda kunchiqar mamlakatning 13 ta kompaniyasi vakolatxonasi ochilgan, yaponiyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan 10 ta korxona muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ular orasida “Isuzu”, “Itochu”, “Toyota Tsusho”, “Marubeni”, “Mitsubishi”, JOGMEC (Japan Oil, Gas and Metals National Corporation) singari kompaniyalar bor.Yaponiyaning respublikamizga ko‘rsatgan moliyaviy-texnikaviy ko‘magi bilan sog‘liqni saqlash, ta’lim, energetika, transport, telekommunikatsiya sohalari hamda boshqa yo‘nalishlarda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan bir qator infratuzilmaviy loyihalar hayotga tatbiq etildi.


Hamkorlikning boshqa yo‘nalishlari bilan birga, ikki davlat o‘rtasida madaniy-gumanitar aloqalar ham izchil kengayib bormoqda. 2 ming nafardan ziyod o‘zbekistonlik mutaxassislar JICA tashkilotchiligida biznes, bank-moliya jabhasi, qishloq xo‘jaligi, transport, telekommunikatsiya, menejment, sog‘liqni saqlash, huquqshunoslik va sayyohlik yo‘nalishlari bo‘yicha Yaponiyada malaka oshirdi.
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) hamda Yaponiya tashqi savdo tashkilotining (JETRO) mintaqaviy idoralari ishbilarmon va jamoatchilik doiralari o‘rtasida aloqalar o‘rnatilishi hamda beg‘araz va texnikaviy yordam ko‘rsatilishiga ko‘maklashmoqda. Respublikamizga taqdim etilgan moliyaviy mablag‘larning umumiy hajmi 4,1 milliard AQSh dollaridan ziyodni tashkil qiladi. Tokioda buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy haykali o‘rnatilgani hamda Toshkentda Yapon bog‘ining tashkil qilingani, shuningdek, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzurida ochilgan Xalqaro madaniyat karvonsaroyiga yapon olimi va rassomi Ikuo Xirayamaning nomi berilgani xalqlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro hurmat hamda yaqinlikni yaqqol namoyon etadi.

Taniqli arxeolog olim Kyudzo Kato (2016 yil 12 sentabr kuni Termizda vafot etdi) o‘zbek xalqining bebaho merosini o‘rganishga, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi samarali munosabatlarning rivojiga ulkan hissa qo‘shdi.


Yapon professorining ko‘pgina tadqiqotlari Buyuk Ipak yo‘lini o‘rganish va qadimgi Baqtriya davlatini tadqiq etishga bag‘ishlangan edi. U Mirzo Ulug‘bek, Bobur va boshqa buyuk ajdodlarimizning asarlarini yapon tiliga tarjima qildi. Shubha yo‘qki, olimning ilmiy-ijodiy ishlari o‘z dolzarbligini yo‘qotmagani holda kelgusi avlodlar tomonidan ham qiziqish bilan o‘rganiladi.
Diplomatik munosabatlar yo‘lga qo‘yilganiga chorak asrdan ko‘roq vaqt o‘tishi bilan O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlar kamolot hamda barqarorlikning yangi bosqichiga kirdi.
Tomonlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli mamlakatlarimizni ikki xalq farovonligi yo‘lidagi uzoq muddatli va ko‘p qirrali hamkorlikning yanada rivojlanishi kutayotganiga aslo shubha yo‘q.
Ikki mamlakat hamkorlikni mustahkamlashda madaniy-gumanitar aloqalar ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Taraqqiyotga rasmiy yordam dasturi doirasida hamda Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) orqali ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalarda qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Yaponiyada O‘zbekiston madaniyati va kinosi kunlari tashkil etilmoqda. Kunchiqar yurt ijodkorlari mamlakatimizda o‘tkazilayotgan xalqaro anjumanlar, xususan, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida faol qatnashib kelmoqda.


Poytaxtimizda Yapon bog‘i tashkil etilgani, Tokioda buyuk shoir va mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyga haykal o‘rnatilgani, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi xalqaro madaniyat karvonsaroyiga yaponiyalik olim va musavvir Ikuo Xirayama nomi berilgani xalqlarimizning madaniy yaqinligi ifodasidir.
O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlariga nazar tashlasak, o‘zaro oliy darajadagi tashriflar aloqalarni mustahkamlashga alohida hissa qo‘shgan.
2015 yil 24 oktabrda Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishga, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashishga imkon berdi.
O‘zbekiston Yaponiyaga ulkan siyosiy, iqtisodiy, intellektual va investitsion salohiyatga ega, taraqqiy etgan davlatlardan biri, vaqt sinovidan o‘tgan ishonchli sherik sifatida qaraydi.Ana shunday ijobiy o‘suvchanlik mamlakatlarimizning parlamentlararo aloqalariga ham xosdir. Kunchiqar yurt qonunchilik organida “Yaponiya parlamentining O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi” tuzilgan.O‘z navbatida respublikamizda “Oliy Majlis — Yaponiya parlamenti” parlamentlararo guruhi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shu bilan birga, ikki mamlakat tashqi siyosat mahkamalari o‘rtasidagi maslahatlashuvlar ham muntazam tus olgan. Mazkur maslahatlashuvlarning so‘nggi — o‘n oltinchi uchrashuvi 2016 yil 24 mart kuni Tokioda bo‘lib o‘tdi.


1991 yil Yaponiya O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini tan olib, 1992 yil diplomatiya munosabatlari o‘rnatgach, 1992 yilda Yaponiyaning Toshkentdagi elchixonasi, 1996 yilda esa O‘zbekiston Respublikasining Tokiodagi elchixonasi o‘z faoliyatini boshladi. Ikki mamlakat o‘rtasida teng huquqli aloqalar o‘rnatildi. 1994 yil mayda Toshkentda O‘zbek-yapon iqtisodiy hamkorlik qo‘mitasi, Tokioda esa Yapon-o‘zbek iqtisodiy hamkorlik qo‘mitasi tashkil etildi.
Yaponiya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlaridan biri kadrlar tayyorlashdir. 2001 yil Toshkentda O‘zbekiston – Yaponiya inson resurslarini rivojlantirish markazi tashkil etildi. O‘zbek-yapon ilmiy aloqalari ham kengayib bormoqda. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va boshqa shaharlardagi oliy o‘quv yurtlarining o‘quv dasturiga yapon tilini o‘rganish ham kiritilgan.
Xususan, Tokiodagi milliy nafis san’at va musiqa universiteti bilan hamkorlikda Toshkentda Xalqaro madaniyat karvonsaroyining ishga tushirilishi, “Jahon tinchlik qo‘ng‘irog‘i”ning barpo etilishi, Yaponiyadagi bir qancha ijtimoiy tashkilotlar ko‘magida Osaka, Fukusima, Maebasi shaharlarida doimiy faoliyat olib boruvchi O‘zbekiston madaniyat uylarining ochilishi bunga yorqin misoldir.

Yaponiya va O‘zbekistonda ko‘plab ko‘rgazma, taqdimot, kinofestival, milliy musiqa va raqs guruhlarining konsertlari, shuningdek, 1996 yildan O‘zbekistonda Yaponiya madaniyati kunlari muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Joriy yilning 24-oktabr kuni Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abening mamlakatimizga rasmiy tashrifi boshlanadi.


Yaponiya O’zbekistonning muhim va ishonchli hamkorlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatlarimiz o’rtasidagi aloqalar 2002-yilda imzolangan Do’stlik, strategik sheriklik va hamkorlik to’g’risidagi qo’shma bayonot doirasida rivojlanib bormoqda.
Tashrif yakunida savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, moliyaviy-texnikaviy va boshqa sohalarni qamrab oluvchi hujjatlar to’plami imzolandi.
Bugungi kunda ikki tomonlama munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asosini 140 dan ziyod hujjatlar tashkil qiladi.Xalqaro tashkilotlar va institutlar doirasida ham o’zaro tajribalar almashinib, ikki davlat o’rtasidagi hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib bormoqda.
Bugungi kunda ikki tomonlama munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asosini 140 dan ziyod hujjatlar tashkil qiladi.
Xalqaro tashkilotlar va institutlar doirasida ham o’zaro tajribalar almashinib, ikki davlat o’rtasidagi hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib bormoqda.

XULOSA
Mavzuni yoritish yuzasidan quyidagi vazifalar bajarildi:


-Yaponiya siyosiy tuzumdagi faoliyatining mazmuni o’rganildi;
- Yaponiya siyosatining tarixiy rivojlanishini tahlil etildi;
-Yaponiya ichki va tashqi siyosatini o’rganish, xalqaro aloqalar nuqtai nazaridan tajriba va ko’nikmalar egallandi;
-O’zbekiston- Yponiya do’stlik aloqlarining mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishildi va umumiy xulosalar asosida yoritildi.
Shuningdek, Yaponiyaning bugungi kundagi siyosiy ahvoli, uning dunyo hamjamiyati bilan olib borayotgan siyosiy va strategik aloqalari, ichki va tashqi siyosatda amalga oshirayotgan yutuqlar, tajriba va ko’nikmalar egallandi. Tashqi va ichki siyosatning XXI asr taraqqiyotidagi o’zgarishlari, imperator va bosh vazir faoliyati hamohangligidagi o’ziga xos siyosiy boshqaruv tuzimi, siyosiy partiyalar va hukumat parlamenti faoliyati haqida bilimlar egallandi, ularning Yaponiya jamiyatida tutgan o’rni va ahamiyati haqida ilmiy izlanishlar olib borildi.
O’zbekiston- Yaponiya munosabatlarining o’rnatilganligi, ahamiyati va yangi taraqqiyot bosqichiga kirayotganligi yuzasidan fikrlar ifodalandi. Ikki mamlakatning siyosiy munosabatlarining istiqbolli shart-sharoitlari bilan tanishildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:


1. O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari.
2.O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. - T.: O‘zbekiston, 2008.
3.BMTning asosiy ma’luotlari: qo'llanma. M., 1991 yil.
4. Osiyo-Tinch okeani mamlakatlari: iqtisodiyot, siyosat, xalqaro munosabatlar. M., 1988 yil.
5. Dunyo mamlakatlari: qisqacha siyosiy va iqtisodiy ma'lumotnoma. M., 1989 yil.
6. Yaponiya: yangilanishning yarim asri. M., 1995 yil.
7. Vlasov V.V. Yaponiya: ishlab chiqarish infratuzilmasi. M., 1991 yil.
8. Vixuxolev I.V. ATPdagi Yaponiyaning tashqi siyosati. M., 1991 yil.
9. Yaponiyaning tashqi iqtisodiy aloqalari va siyosati. M., 1973 yil.
Internet saytlari:
1. www.gov.uz–O‘zbekiston Respublikasi Davlat hokimiyati portali.
2. www.press-service.uz–O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati rasmiy sayti.
3.https://ru.m.wikipedia.org
Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish