1.2.O`rta asrlardagi klassik adabiyot
1392-yilda Li Songe (1335-1408) tomonidan Choson sulo lasiga asos solinishi koreys millatining rivojlanish jarayonida yangi bosqich yasadi.Choson qirol sulolasining rivojlanishi yer egaligi islohoti, oliy tabaqalar, buddaviylarning ibodatxonalaridan yerning musodara qilinishi va uning yangi hokimiyat o'rtasida taqsimlanishi sharoitida sodir bo'ldi.Choson sulolasining hukmronligi davrida podsho Txechjon (1401-1418)ning hukmronligi bilan bog'liq olamshumul voqealar yuz berdi. Uning hukmronligi davrida poytaxt Kesondan Xanyan (hozirgi Seul)ga ko'chirildi, shuningdek Xonxe (hozirgi pas portlarga o'xshash nomli taxtachalar») tizimi joriy etildi.Choson davrida Sechjon (1418-1450) qudratli arbob sifatida e'tirof etilgan. Uning faoliyati mamlakatda sodir bo'lgan madaniy Uyg'onish, saroy Akademiyasi - Chipxenchjon («Donishmandlar majlisi»)ning ta'sis etilishi, koreys alifbosi «Xunmin Chonime ning kashf etilishi va yaratilishi (1443), buning natijasi o'laroq kitobat ishi, fan, madaniyat, adabiyot va maorifning ravnaq topishi bilan belgilanadi. Sechjon hukmronligi davrida jamiyat huquqiy hayotini belgilovchi qonun hujjatlari to'plami - «Davlatni boshqarish buyuk kodeksi» («Kenguk Techjon») qabul qilingan. davlatning muxtasar tarixi-Tonsa kanmon» yaratilgan. Xangilda Choson sulolasi asoschilariga bag'ishlangan «Ajdodlarga mad hiyalar kitobi (Enbi ochxonga»), «Buddaning tarjimayi holi» (-Sokpo Sanchjol») tuzilgan, shuningdek podsholarning hukm-ronlik davrlari solnomalari Haqqoniy yozuvlar» («Sillok») nashr etilgan.Shu bilan bir vaqtda, Choson davrida qudratli qo'shnilarning tajovuzlari davom etgan. 1592-yilda Choson yaponlar istilosini boshdan kechirgan. Imchjin urushi degan nom bilan tarixga kirgan bu urush xalq boshiga katta musibatlar keltirgan, uni xonavayron qilgan, ayni vaqtda koreys xalqining bukilmas irodasini amalda namoyish etgan. Yaponlarni mamlakatdan siqib chiqarishda Choson davrida mafkurada ham jiddiy o'zgarishlar yuz beradi, buddizmning o'rni va ahamiyati pasayadi, konfutsiychilikning mavqeyi kuchayadi. Neokonfutsiychilik davlat mafkurasi maqomi ni oladi. «Sirxak» («Real fan uchun») ilmiy yo'nalishining yaratilishi jamiyat hayotida muhim voqeaga aylanadi. Mazkur yo'nalish namoyandalari jamiyat hayotining barcha jabhalarini isloh qilishga, hunarmandchilik va savdo-sotiqni rivojlantirishga chaqiradilar, yer va soliq tizimini isloh qilish zarurligini ta'kid laydilar. «Sirxak» harakati mamlakat bo'ylab keng yoyilishiga uni podsholar Yenchjo (1725-1776) va Chonchje (1776-1800) qo'llab-quvvatlagani ham imkoniyat yaratadi. Van Chonchjo maxsus organ- «Kyuchjongap»ni ta'sis etadi va u ilmiy tadqiqotlarni olib borish qoidalarini ishlab chiqadi. «Sirxak» harakati bilan bir qatorda «Sharq ta'limoti» («Tonxak») harakati ham xalq orasida dovruq qozonadi. Uning a'zolari mamlakat hayotiga chet el davlatlarining aralashuvini butunlay rad etadilar. Bu davrda mamlakatga katolitsizm g'oyalari kirib keladi. Choson davrida ijtimoiy munosabatlar keskinlashadi, yanbanlar, oliy tabaqa vakillarining xalqqa nisbatan jabr-zulmi kuchayadi. Qishloq xo'jaligi tanazzulga yuz tutadi, xalq noroziligi kuchayib boradi, amaldorlar o'rtasida nifoqlar faollashadi bularning barchasi davlatchilik asoslariga putur yetkazadi, Choson davlatining kuch qudratiga raxna soladi. Natijada davlat XIX asr bo'sag'asida parchalanish yoqasiga kelib qoladi.Choson davrining ijtimoiy-tarixiy hayoti adabiyot rivoji uchun qulay zamin yaratadi. Yozuvning yaratilishi natijasida adabiyot milliy ahamiyatga molik muhim vazifalarni hal qiladi. Besh yuz yildan ortiq davom etgan Choson davri buyuk voqealarga boy bo'lib, adabiyotning rivoj topishi va yangi janrlarning paydo bo'lishi bilan tavsiflanadi. Bularning barchasi mazkur davr ada biyotini davriylashtirish zaruriyatini belgilaydi. Taniqli koreya shunos olim A.F.Trotsevich Choson davri adabiyotini quyidagi davrlarga ajratib o'rganishni taklif qiladi: 1. Birinchi davr - XV-XVI asrlar, Yaponiya bilan Imchjin urushiga qadar bo'lgan davr. Ushbu davrda «Sijo» va «Kasa» janrlari rivojlanadi. Sijo» «Yil fasllari qo'shiqlari», «Zamonaviy laparlar». «Kasa» «Xirgoyi qo'shiqlar ohangga solingan nasrni eslatadi.Ikkinchi davr - XVII-XVIII asrlar. Mazkur davr milliy nasr janrlari, yirik hikoya shakllari - romanlar (chanpxyon sosol), koreys tilidagi kundaliklar, chan-sijo (uzun sijo), kixen kasa (sayohatlar haqida xirgoyi qo'shiqlar) va kyuban kasa (ayollarning xirgoyi qo'shiqlari) rivojlanadi'. . Uchinchi davr XIX asr. U koreys tilida o'rta va kichik shakldagi nasriy asarlar (qissalar, hikoyalar), xitoy tilidagi drama, xalq dramasi - pxansori uchun mualliflik matnlarining paydo bo'lishi bilan bog'liq.Adabiyot rivojlanishi jarayonining uchala davri mobaynida pxesol janri o'z mavqeyini saqlab qoladi. U ko'p sonli kichik janrlar novella, latifa, hikoyat, ocherkni qamrab oladi. Mazkur janrning eng yaxshi namunalari sifatida quyidagilar e'tirof etiladi: Kim Ximenning «Qishloq kulgili hikoyalari», Son Xyonning. «Yenchjo shingil hikoyalari» (XV asr), Chxon Yening «Dengizdan sharqdagi mamlakatdan turli hikoyalari», Lyu Mon'inning «Ou oddiy hikoyalari», O Sukkvonning Pxegvan ruhidagi kulgili hikoyalari», Li Chje Sinning «Ahamiyatsiz voqealar haqida yozuvlari», Sin Ximning «Bekorchilikdan yozilgan hikoyalari (XVI-XVII asrlar).XVII asrda yirik hikoya janri sosol rivojlanadi. Olimlar fikriga ko'ra, koreys nasri sosolning rivojlanishiga noma'lum muallif tomonidan yaratilgan «Imchjin urushi solnomasi» zamin yaratgan. Sosol janrining eng sara namunalari jumlasiga Xo Gyunning «Xon Gildon haqida qissa» asari, noma'lum muallif larning Chon Chji haqida qissa», «Pak xonim haqida afsona», «Chxunxyan haqida qissa» asarlari kiradi.Kim Sisip, Lim Chje, Kvon Pxil, Kim Manchjun singari adiblar ijodi alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur mualliflarning asarlarida ijtimoiy ahamiyatga molik masalalar ko'tariladi, ijtimoiy tengsizlik illati, amaldorlarning kirdikorlari, oiladagi zo'ravonlik ayovsiz fosh qilinadi; sof tuyg'ular, Vatanga muhabbat, fuqarolik burchiga sadoqat, ayollarning bokiraligi madh etiladi.Choson davri adabiyoti xalq og'zaki ijodi an'analariga tayanish bilan ham tavsiflanadi. Xalq og'zaki ijodi motivlaridan foydalanish adiblarga asarlarning nasihatomuz mazmunini ifodalashga ko' maklashish bilan bir qatorda, ijtimoiy-tarixiy hayot illatlarini haq qoniy tasvirlash orqali donishmandlik, yaxshi xulqlilik va graj danlik fazilatlaridan saboq berishga ham imkoniyat yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |