II BOB. KIMONSINXVA
2.1. Kim Si Sip hikoyalaridan parchalar
SUZUVCHI LOJUVARD PAVILYONIDAGI MAST ODAM
Pxenyan shahri qadimdan Choson deb ataladigan yerda joy lashgan. Chjou podshosi U-van Shan davlati ustidan g'alaba qozongan davrda u o'sha yerda donishmand Kidjani ziyorat qilgan va donishmand podsho bilan «To'qqiz bo'limdan iborat ulug' reja ni oʻrtoqlashgan. U-van donishmandga shu joyni mulk qilib bergan, lekin Kidjani o'z fuqarosi deb e'lon qilmagan.Pxenyanda nimalar yo'q emas: Guldor togʻ, Qaqnus minorasi, To'rli orol, Yakkashox g'ori, Osmonga Qaragan tog', qadimgi Chxunam shahri... Qadim zamonlardan beri tildan tilga tushib kelayotgan go'zal va diqqatga sazovor joylarni sanab sanog'iga yetolmaysan. Shulardan biri - Abadiy tiniqlik monastiri yaqinidagi Suzuvchi lojuvard pavilyoni. Bu monastir ilgari «To'qqiz zinali saroy» deb atalgan va unga podsho Tonmyon-van egalik qilgan. Monastir shahar devoridan shimoli-sharq tomonda, undan yigir ma li narida joylashgan. Monastir minorasidan turib pastga qarasangiz, daryoni ko'rasiz, uzoq-uzoqlarga ko'z tashlasangiz, qarshingizda bepoyon tekislik ochiladi. Bundan go'zal manzara ning o'zi bo'lmasa kerak!Oqshomlari sirtiga gul solingan qayiqlar va savdo kemalari Tedonmun darvozasidan o'tib, odatda daryoda majnuntollar quyuq o'sgan tik qoya yaqinida to'xtaydi. Yo'lovchilardan kimdir bu yerda tunab qolishga qaror qilsa, u albatta daryo bo'ylab yuqoriga ko'tariladi, monastirni sinchiklab ko'zdan kechiradi va behad mamnun bo'lib ortga qaytadi. Pavilyondan janubroqda ikkita tosh zina bor. Ularga quyidagi bitiklar o'yib yozilgan: chap tomondagisiga «Oq bulutlar zinasi», o'ng tomondagisiga - «Qora bulutlar zinasi». Naqshdor tosh ustunlar chetdan kelgan larni hayratga soladi.«Osmonga Itoat qilish davrining boshida Sogyonda Xon ismli bir yigit yashagan ekan. U o'ziga to'q oiladan ekan. Xon xushsuratligi, xushmuomalaligi va shirinsuxanligi bilan nom chiqargan ekan. Kunlarning birida Kuz o'rtasidagi bayram paytida (u doim oy to'lgan pallaga to'g'ri keladi) yigit sheriklari bilan birga Pxenyanga sotgani bo'z va ipak matolar olib kelibdi. Xonning kemasi qirg'oqda langar tashlab, yigit kemadan tushganida, shahardagi nomi chiqqan qo'shiqchi ayollarning barchasi uni ko'rgani shahar darvozasidan tashqariga yog'ilibdilar.Xonning shaharda yashaydigan eski oshnasi - Li ismli zot uning sharafiga ziyofat beribdi. Yigit kemaga shirakayf holda qaytib kelibdi. Tun sovuq ekan, Xonning uyqusi qochibdi va beixtiyor Chjan Szining shoir tunda Zarang ko'prigiga suzib kelgani haqidagi she'rini eslabdi. Xon birdan suvda turgan qayiqqa sakrab tushibdi va oy yog'dusi ostidagi daryo bo'ylab suzib ketibdi. Tez orada u Suzuvchi lojuvard pavilyoni ostonasiga yetib boribdi. Qayiqni qamishzorga bog'lab, yigit zina boʻylab tepaga ko'tarilibdi. To'siqqa tirsak tirab turib, u uzoq-uzoqlarga nazar tashlabdi. Dimog'i shamolning toza nafasini tuyibdi. Oy atrofni yoritar, uning nurlari ostida daryo sirti dengizdek tovlanar, daryo to'lqinlari qirg'oqqa urilar, sayozliklar uzra yovvoyi g'ozlar qichqirar, qayrag'ochlar orasida sovuqda qolgan turna dir-dir qaltirar ekan. Atrof sovuq va sukunat qo'ynida ekan. Yigit o'zini osmon-u falakka, oy bag'riga ko'tarilgandek his qilibdi. U tepadan turib qadimgi poytaxtga nazar tashlabdi: baland minoralar tuman og'ushida, to'lqinlar nuragan devorlar ostonasiga bosh urmoqda.... In saroylarining xarobazorlarida o'sgan bug'doyni ko'rgandek xo'rsingisi kelibdi. Shunda Xon she'r to'qib, ularni ayta boshlabdi.
«Men ilhomim jo'shib
Pxegan daryosi ustidagi pavilyonga kirdim.
To'lqinlar yig'layapti - ularning nolasi tuman osha mengacha yetib kelyapti.
Bu qadimgi xarobazorlarda o'z viqorini hanuzgacha yo'qotmagan.
Quyuq maysazorda, tumandagi yulduzlar kabi, shahar asrlar osha bo'm-bo'sh....
yo'lbars ruhi va ajdar ruhi yo'q. Ammo tashlandiq shahar
Kumushrang sayozliklar yaltiraydi oq oy yarim tunda baland ko'tariladi,
Uchib o'tayotgan yovvoyi g'ozlar qumni suv deb o'ylaydilar.
chirildoqlar galasi yaltiraydi, Pxegan qirg'oqlari kimsasiz,
***
Qadimgi saroy shamol va ayozga to'la. Ravnaq va shon-shuhrat yillari qayda?
Zina osmonga o'rlagan va unga yo'l yo'q....
Faqat quzg'unlar sayraydi va osmonga koʻtariladi,
Sovuq o'rmon uzra, muzli sukunat og'ushida.
chalinadi.
Saroy ko 'shki oʻrnida kuzgi maysalar....
Qo'shiqchi ayollar yashagan joyda tikanak o'sgan.
Devor xarobalarida, oqtob oy ostida,
Nahotki bir umrga, abadiy?... Nahotki?
Boylik va hashamat, issiq va shinamlik qayda?
Faqat daryo to'lqinlari avvalgidek shovqin taratadi,
Va g'arbga, dengiz sari yuguradi, yuguradi…
Taqdirlar naqadar o'zgaruvchan!...
Lekin odamlar O'limga tik qarab o'ziga in quradi!
G'am-g'ussa og'ushida mulohaza yuritar ekanman,
Tog' ibodatxonasi qo'ng'irog'ining ovozi qulog'imga.
Pxenganda toʻlqin - osmondek
ko'm-ko'k,qalbim esa g'ussaga toʻla:
Vayrongarchilik, g'uluv, g'alayon... Afsus!
o'tmishdagi buyuklik endi qaytmas. Unutilgan quduq uzra barglar uchadi,
quduqda suv allaqachon qurib bo'lgan, Quduq uzra yulg'unlar va qayrag'ochlar,
bulutlar bag'rida esa yulduz yiltiraydi.
Men Osmonning unutilgan mehrobiga qarayman,
u hozir begona o'tlar og'ushida.
Shamol shivirlaydi, o'zim ham tinimsiz shivirlayman she'r larning shitirlovchi misralarini.
Bu olis va begona yurtda o'z vatanimni
shirakayf holatda, g'ussa bilan eslayman,
Uxlashga holim yo'q, ayvonda turibman,
oydin tunda, g'arbga chopayotgan daryo ustida.
***
Kuz pallasidagi bu bayramda naqadar yaxshi
to'lin oy sochayotgan nur!
Ammo men tog' yonbag'rida o'z qarshimda
paydo bo'lgan o'lik shaharga hasrat bilan qarayman. Kidja ibodatxonasi
oldidagi daraxtlar qaribdi, Tangun ibodatxonasi uzoqda ko'rinadi.
Ko'ryapman uning yam-yashil devorlarini, chirmovuqlar
qoplagan ularni.
Qahramonlarning qudratli lashkari qani, ketgan pahlavon larning izlari qani?
Ular haqida faqat daraxtlar va maysalar gapiradi
yana necha yillar o'tganini eslaydi.
Oy o'sha qadim zamonlardagi kabi,mening libosimni yoritadi,
Yerga tikiladi va o'zining kumushrang nurlarini sochadi.
Sharqiy tog uzra oy suzib o'tyapti,
hakka va qarg'alar tovushi tinmayapti!...
Tun, sovuq tun atrofda, libosimda shudring yaltirar.
Mulozimlarning liboslari va qalpoqlari qani?
qadimgi olimlarning davot va qalamlari-chi?
Allaqachon qumga va yer osti suvlariga singib ketgan va unutilgan,
tubga choʻkkan...
Qadimgi shahar vayron bo'lgan. Osmon saroyiga qirol chiqib ketgan;
biroq u hozir
Yerga adashib kelib qolganida,
bu yerda nima topgan bo'lardi?
Uning oltin aravalari, otlaridan
iz ham qolgani yo'q, - Yo'lni o't bosgan va unda ahyon-ahyonda rohiblar yuradi...
***
Ayozli kuz... O'tlarni shudring bosgan,
uzoqda bulutlar oqarib ko'rinadi.
Olis-olislardan ovozlar eshitadi - Suy askarlarining ruhlari daryoga ergashadi.
Malikaning ruhi keladi va shivirlab kuylaydi,
uning qo'shig'i sira tinmaydi!
Imperator yo'li bo'm-bo'sh: unda endi birorta ham arava ko'rinmaydi.
Saroy o'rnida xaroba, qulagan daraxtlarning tanalari,
faqat qo'ng'iroq sukunat bilan bellashadi....
Tog' cho'qqisiga chiqib she'r to'qiyapman, lekin men bilan
birga hech kim qarayotgani yo'q,
Qalbimda g'uluv va suruv, tungi shamol esyapti.
Men esam yengil tuman osha qarayapman,
To 'lin oy yoritayotgan tog'larga, pastda chopayotgan
Pxeganga...
Do'stlaringiz bilan baham: |