Samarqand davlat chet tillar instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya



Download 5,72 Mb.
bet48/171
Sana12.07.2022
Hajmi5,72 Mb.
#782921
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   171
Bog'liq
Samarqand davlat chet tillar instituti pedagogika va psixologiya

Nafrat. Donishmandlar fikricha, “nafrat insonlarning aqldan ozishidir”. Bizni nafratlanishimizga nimalar majbur qiladi? Djeyms Averill bir nechta o‘zining nafratlangan kunini eslab yozib qo‘yishini so‘radi. Ko'pchilik insonlar hafta davomida bir necha marta nafratga uchrashganlarini ta’kidlab o‘tishgan. Ba’zilari esa kun davomida nafratga duch kelishganlarini so‘zlab berishgan. Ushbu nafratning yuzaga kelish sabablari do‘stlarining yoki sevgilisining nojo‘ya harakatlaridir. Nafratning kelib chiqish sabablari bo‘lgan vaziyatning oldini olish mumkin. Nafrat kelib chiqishining boshqa sabablari boMishi ham mumkin, bularga yoqimsiz hidlar, isitma chiqishi, yo‘ldagi tirbandliklar.
Affektlar. Haddan ziyod tez kechishi bilan miyada paydo bo’luvchi, shaxsni tez qamrab oluvchi, jiddiy o ‘zgarishlarni yuzaga keltimvchi, jarayonlar ustidan irodaviy nazoratlarning buzilishiga yetaklovchi (o‘zini o‘zi boshqarishni zaiflashtiruvchi), organizm a’zolari funksiyasini izdan chiqaruvchi emotsional jarayonlar affektlar deb ataladi. Affektlar qisqa muddatli b o ‘lib ular favquloddagi yong‘inga, yarqiragan portlashga, to‘satdan kelgan do‘lga, to‘fonga, kutilmagan silkinishga o‘xshab ketadi. Mabodo emotsiya m hiy to‘lqinlanish deyilsa, unda affekt holatlari turli bosqichlardan tuzilgan bo ‘lib, ular o ‘zaro o ‘rin almashib turadi. Ma’lumki, vahimaga, tahlikaga, sarosimaga tushib qolgan, o'ta quvongan, kulgi nashidasi bilan band bo‘lgan, umidsizlik tuzog‘iga ilingan inson turli vaziyatlarda borliqni bir tekis aks ettira olmaydi. Chunki, u m azkur sharoitlarda o‘z kechinmalarini har xil ifodalaydi, o'zini turli darajada ushlaydi, harakatlarini esa turlicha boshqaradi. Bunday oraliq miya va miya katta yarim sharlari po‘stlog‘idagi ma’lum markazlarining kuchli qo‘zg‘alishini va boshqa markazlarning tormozlanishi me’yordan chiqib ketishi tufayli o‘zaro almashinib qoladi.
Stress. Stress inglizcha stress so‘zidan olingan bo‘lib, jiddiylik, keskinlik, zo‘riqish degan ma’noni anglatadi. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab keskin vaziyat tufayli vujudga keladigan emotsional holatlarni tadqiq etish psixologiya, fiziologiya, tibbiyot fanlarida keng ko‘lamda amalga oshirila boshlandi. Stress-og‘ir jismoniy va murakkab aqliy yuklamalar, ishlar me’yoridan oshib ketib, xavfli vaziyatlar tug‘ilganida zaruriy chora-tadbirlarni zudlik bilan topishga intilganda vujudga keladigan hissiy zo‘riqishlar turidir.Mana shunday sharoitlar va vaziyatlarning barchasini biron-bir emotsiya turi ro‘yobga chiqaradi. Stress emotsional holatining paydo bo'lishi hamda kechishining psixologik xususiyatlarini aniqlash nafaqat uchuvchilar, kosmonavtlar, dispetcherlar (inglizcha dispatcher-ishlab chiqarishni muvofiqlashtiruvchi ma’nosini anglatadi) uchun, balki sudyalar, korxona rahbarlari, ta’lim tizimi xodimlari uchun alohida ijtimoiy psixologik ahamiyat kasb etadi. Stress holatida shaxsning psixologik xususiyatlari, turmush tarbiyasi, shakllangan malakasi muhim rol o‘ynaydi. Keskinlikning oldini olishda shaxsning oliy nerv faoliyati, nerv sistemasining xususiyatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Undagi yuksak his-tuyg‘ular (mas’uliyat, burch, javobgarlik, vatanparvarlik, sadoqat va hokazo) stress holatida xatti-harakat buzilishining oldini olishga xizmat qiladi.

Download 5,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish