Samarqand davlat chet tillar instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya


Motivasiya. Motivasiya va motivlarning nazariy muammolari



Download 5,72 Mb.
bet45/171
Sana12.07.2022
Hajmi5,72 Mb.
#782921
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   171
Bog'liq
Samarqand davlat chet tillar instituti pedagogika va psixologiya

3. Motivasiya. Motivasiya va motivlarning nazariy muammolari. «Motivasiya» tushunchasi «motiv» tushunchasidan kengroq ma’no va mazmunga ega. Motivasiya – inson xulq-atvori, uning bog’lanishi, yo’nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo’lganda ishlatiladi, ya’ni: «nega?», «nima uchun?», «nima maqsadda?», «qanday manfaat yo’lida?» degan savollarga javob qidirish – motivasiyani qidirish demakdir. Demak, u xulqning motivasion tasnifini yoritishga olib keladi.
Shaxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o’zini tutishi sabablarini o’rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan narsa bo’lib, masalani yoritishning ikki jihati farqlanadi:
a) ichki sabablar, ya’ni xatti-harakat egasining subyektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo’ljallar, istaklar, qiziqishlar va hokazolar);
b) tashqi sabablar —faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlari. Ya’ni, bular ayni konkret holatlarni kelib chiqishiga sabab bo’ladigan tashqi stimullardir.
Inson shaxsi xulq-atvorining o’z motivlari bo’ladi. Motiv – ma’lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog’li bo’lgan qandaydir faoliyatga moyillikdir. Agar ehtiyojlar inson shaxsi faolligining mohiyatini tashqil etsa motivlar bu mohiyatning namoyon bo’lishidan iboratdir. Shaxsning ehtiyojlari motivlar bilan bog’liqdir. Shuning uchun motivlar bir-biridan ehtiyoj turlariga qarab farqlanadi. Masalan, moddiy ehtiyojning qondirilishi bilan bog’liq bo’lgan motivlar yoki ma’naviy ehtiyojlarning qondirilishi bilan bog’liq bo’lgan motivlar bo’lishi mumkin. Motivlar anglanilgan va anglanilmagan bo’lishi mumkin. Anglanilmagan motivda odam nimanidir istaydi, ammo o’sha narsa nimaligini tasavvur ila olmaydi. Demak, motivlar inson shaxsi xulq-atvorini va turli faoliyatlarini harakatga keltiruvchi sababdir. Xatti-harakatlarning muhim motivi e’tiqoddir. E’tiqod – shaxsning o’z qarashlari, tamoyillari, dunyoqarashiga mos ravishda harakat qilishga undovchi anglanilgan ehtiyojlar tizimidir. Tilaklar ham xatti-harakat motivlari bo’lib, bu motivlarda mazkur vaziyatda bevosita bo’lmagan yashash va taraqqiy etish sharoitlarida ehtiyojlar o’z ifodasini topadi. Motiv va motivatsiya muammosi jahon psixologiyasida turli-tuman nuqtayi nazardan yondashish orqali tadqiq qilib kelinmoqda. Uzoq va yaqin chet ellarda o‘ziga xos psixologik maktablar vujudga kelgan bo‘lib, ularning negizida ilmiy pozitsiyalar va konsepsiyalar mohiyati jihatdan farqlanuvchi g‘oyalar va yo‘nalishlar mujassamlashadi. Hozir ularning ayrimlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Motivatsiya - ehtiyoj yoki istak, stimullashtirilgan va yo‘naltirilgan xulq-atvordir. Biz motivatsiyaning uch turini yoritib beramiz: ochlik, jinsiy mayl va maqsadga erishish motivlari. Shu bilan birga boshqa motivlar ham mavjud (chanqoqni uyg‘otuvchi, qiziquvchanlik va ma’qullanish ehtiyoji). Millatchi Devid Mendel (1983) bir voqeada ochlik “ota va o‘g‘il bir burda non uchun itdek urishishga tayyor edilar” deb eslaydi. 20 yoshli o‘g‘il otani uxlab yotganida uning yostig‘i ostidan nonni o‘g‘irlab yegan, bunday holatni qanday yuz berganini ota qayta-qayta o‘ylayverib tushkunlikka tushib qoladi. Oxir-oqibat ota vafot etadi. “Ochlik insonni juda qiyin holatga olib keladi”. Ochlik jinsiy mayl va maqsadga erishish motivlaridan oldinda turadi. Psixologlarning motivlar haqidagi qarashlariga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, biz buni 3 yo‘nalishga ajratishimiz mumkin: instinktiv nazariya (hozirgi kunda evolutsion nazariya), xohish-istaklarni jilovlash nazariyasi (ichki va tashqi ta’siming bog‘liqligi), qo‘zg‘atuvchanlik nazariyasi (intilishlarning yuqori darajada qo‘zg‘alishi). Ochlik va boshqa his-tuyg‘ular fiziologik jihatdan tajribalarda namoyon bo‘ladi. Qondagi shakaming tarkibi miyaning gipotalamus qismi bilan ochlik va tana vaznini nazoratga oladi. Lekin inson ochligining boshqarilishi butunlay gipotalamusga bogiiq emas, chunki ba’zi insonlar tashqi ozuqa signallariga, ba’zilari esa, oshqozonning yaxshi hazm qilmasligiga ta’sirchan bo‘ladilar. Fiziologik ehtiyojlarning birinchi yorqin ko‘rinishlari konsentratsion va ikkinchi jahon urushi paytidagi bosib olingan hududlarda namoyon bo‘lgan. Yarim ochlikning natijalarini o‘rganish maqsadida Ansel Kio o‘zining hamkasblari bilan ko‘ngillilarda tajriba o‘tkazgan. Tajriba jarayonida 100 dan ortiq urushga qarshi ko‘ngillilar tajribada ishtirok etish xohishini bildirdi. Shular orasidan 36 ta erkak tanlab olindi. Boshida ularni o‘z vaznlarini saqlab qolishlari uchun yaxshilab boqilgan. So‘ngra esa 6 oy davomida ularning ozuqasi yarmiga kamaytirildi. Z.Freydning konsepsiyasida mayllar va instinktlar tushunchalari o‘rtasida hech qanday tafovutdir. Ongsizlik ta’limotining asoschisi Z.Freyd xulq motivlari va ehtiyojlari muammosini ishlab chiqayotib, motivatsiyaning manbayi instinkt, u tur va individning saqlanish shartidir deb ta’kidlaydi. Mazkur holatni muallif individning energetik potensiya sifatida talqin etadi. Eng asosiy masala shuki, Z.Freyd motivatsiya regulyatori va motivatsiya energiyasining irsiy manbayi sifatida «i» tushunchasiga qanday ma’no yuklaydi. Uningcha, «i» tushunchasining mazmuni tug‘ma va o‘zgarmasdir.Shu boisdan mantiq qonunlari va aql darajalari, ko‘rsatkichlari unga hech qanday ahamiyat kasb etmaydi.

Download 5,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish