Samarqand davlat chet tillar instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya



Download 5,72 Mb.
bet2/171
Sana12.07.2022
Hajmi5,72 Mb.
#782921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171
Bog'liq
Samarqand davlat chet tillar instituti pedagogika va psixologiya

1-modul. Asosiy nazariy qism


1-Mavzu: Umumiy psixologiya fani predmeti va vazifalari. Umumiy psixologiya fanining ilmiy tadqiqot metodlari.
Theme 1: General psychology science of subject and functions. Scientific research methods of general psychology.
Reja:
1.Psixologiya fani haqida tushuncha va rivojlanish tarixi.
1.Understanding of the sicience of psychology and history of development.
2.Umumiy psixologiya fani predmeti va vazifalari.
2.General psychology science of subject and functions.
3.Xorijiy tillarni itishning psixologik jihatlari.
3.Psychological aspects of foreign language teaching.
4.Hozirgi zamon psixologiyasining ilmiy tadqiqot metodlari.
4.Scientific research methods of general psychology modern psychology.


Tayanch iboralar: psixologiya, psixika, psixika jarayonlar, psixik holatlar, psixologiyaning asoslari, psixologiyaning tadqiqot metodlari, psixologiya faniga nazariy yondashish, bixevioristik, kognitif, zamonaviy psixologiya.
Basic expressions: psychology, psyche, mental processes, mental states, basics of psychology, research methods of psychology, theoretical approach to the science of psychology, behavioral, cognitive, modern psychology.


Psixologiya fani haqida tushuncha va rivojlanish tarixi. Ma’lumki, jamiyat va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni tadqiq etishga mo‘ljallangan fanlardan bittasi psixologiya hisoblanadi. Insonda jismoniy tanadan tashqari undan farqlanuvchi yana nimadir borligi haqidagi tasavvurlar qadimdan mavjud bo‘lgan. Eng qadimgi davrlardayoq inson tush ko‘rish hodisasi orqali odamlarning noyob qobiliyatlari (masalan, ovdagi muvaffaqiyatlar), o‘lim va boshqa hodisalarning sabablarini tushuntirishga intilgan. Ammo dastlabki qarashlar mifologik xarakterda edi. Ular fikrlash orqali emas, ko‘r-ko‘rona ishonch vositasida egallanardi. Ruh haqidagi qarashlar ko‘pincha nafas bilan bog‘lanar, ruhni esa uchar maxluq sifatida tasavvur etardilar. Bu fikrlarga ko‘ra ilk davrlarda psixologik xususiyatlarni jonning ishi deb tushuntirilgan. Jonning o‘zi esa odam tanasidagi maxsus ikkilamchi jism deb qaralgan. Bunday tasavvurlar “animizm” deb ataladi. Animizm so‘zi anima - “jon” degan ma’noni anglatadi. Jon o‘z mohiyatiga ko‘ra olovsimon uchqundan iborat ekanligi Geraklit tomonidan yoki olovsimon atomdan iboratligi Demokrit tomonidan ta’kidlangan. Demak, Geraklit, Demokrit, Aflotun, Arastlarning ta’limotlari keyingi asrlarda psixologik g‘oyalarning rivojlanishida tayanch nuqta bo‘lib xizmat qildi. Psixologiyaning fan sifatida yuzaga kelish bosqichlari quyidagi jadvalda o‘z aksini topgan. Psixologik bilimlarni ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga tadbiq etilayotganligi uning nufuzi, mas’uliyati ortayotganligidan dalolat beradi. Istiqlol sharofati tufayli ilmiy yondashuvlarga, oldingi metodologik muammolarga xolisona munosabatda bo‘lish imkoniyati vujudga keldi. Psixologiyaning ildizlari turli mamlakatlarning falsafa fani ildizlariga borib taqaladi. Natijada u maqsad-o‘ylarimiz, hissiyotlarimiz va xatti-harakatlarimizni anglash va tushuntirishdan iborat fanga aylandi.
Ushbu o‘quv qo‘llanmada muhim psixologik bilimlar, olib borilgan kashfiyotlar va tajribalarni kо‘rib chiqamiz. Eramizdan avvalgi 300-yillarda yunon faylasufi Arastu til, xotira, motivatsiya, emotsiya, anglash va shaxs haqida fikr yuritgan. Masalan u:“To‘yib tamaddi qilgandan keyin asosiy organ - yurak atrofida gaz va issiqlik yig‘iladi”, -degan fikrni bergan. Bugungi kunda bu fikr biz uchun kulguli. 1600-yillarda ingliz faylasuflari kuzatishga asoslangan bilim va ratsional yondashuvga asos solgan. Jumladan: Jon Lok tug‘ma g‘oyalar tushunchasini rad etadi. Charlz Darvinning eng mashhur g‘oyasi - bu tabiiy tanlanish g‘oyasidir. Bu evolyutsiya nafaqat biologiya, balki psixologiyaning ham prinsipiga aylangan. Germaniyalik professor Velgelm Vund tomonidan birinchi psixologik eksperiment o‘tkazilgan, u “Ong” atomlarini o‘lchashga harakat qiladi. Keyinchalik Velgelm Vund yanada murakkabroq topshiriqlarni bajarishga harakat qiladi. Shunday qilib, psixologiyada psixologik laboratoriyaga ehtiyoj tug‘ildi. Velgelm Vund eksperimental laboratoriyasida biologiya va falsafa fanlari asosida yosh psixologiya fani rivojlandi. Psixologiyaning dastlabki zabardast olimlari sifatida fiziolog va faylasuf V.Vund, ingliz tabiatshunosi Ch.Darvin, birinchi rus fiziologi I.Pavlov, mashhur avstriyalik shifokor psixoanaliz asoschisi Zigmund Freyd, bolalar psixologi Piaje hamda amerikalik faylasuf Uilyam Djeymslarning ilmiy qarashlari psixologiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. Psixologiya nima o‘zi, degan savolda bir nechta psixologik ta’riflarni ko‘rish mumkin. Avvaliga psixik jarayonlarni o‘rgangan V.Vundning fikricha, psixologiyaning asosiy vazifasi introspeksiya bo‘lib, u shaxsiy psixolog, ya’ni emotsional holat va hissiy jarayonlarni o‘zi tahlil qilishidir. 1920-yillardan 1960-yilga qadar amerikalik psixolog J.B.Uotson introspeksiyani rad etib, psixologiyani xatti-harakatni kuzatuvchi fan deb atadi. 1960-yillarda psixologlar bu fanni xulq va ruhiy jarayonlar haqidagi fan deb atashgan. Xulq, ya’ni organizm bajaradigan barcha holatni qichqirish, kulish, ko‘zni qisish, terlash-barcha harakatlarni kuzatish mumkin. Ruhiy jarayonlar ichki sub’yektiv jarayon bo‘lib, buni shaxsning xulqiga qarab aniqlaymiz - his qilish, anglash, tush ko‘rish, o‘y-xayol hislardir. Psixologiya fan sifatida kuzatuv asosida fikrlarni tahlil qilish va g‘oyalarga baho berishga intiladi, degan ilmiy fikrlar ham bo‘lgan.

Download 5,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish