TROPIZM TURLARI
|
|
FOTOTROPIZM
|
derazadagi gulning yorug‘likka qarab intilishi
|
GELIOTROPIZM
|
o‘simlikning quyoshga intilishi
|
XEMOTROPIZM
|
kimyoviy moddalarga moslashuvi
|
TOPOTROPIZM
|
tebranish va qimirlashdan ta’sirlanish
|
TERMOTROPIZM
|
haroratga nisbatan o‘zgaruvchanlik
|
U ham muhitning tashqi ta’sirlarga javob berishi asosida vujudga keladi. Faqat sezuvchanlik seskanuvchanlikka nisbatan yuqoriroq bosqichdir. K.E.Fabri fikricha, psixik taraqqiyotning ikkinchi bosqichi ko‘p hujayrali hayvonlarga xosdir. Ko‘p hujayrali hayvonlarda aks ettirish birmuncha yuqori bo‘ladi. Bunday hayvonlarga kovakichlilar (gidra, meduza)ni kiritish mumkin. Ular ham bir hujayrali hayvonlar kabi suvda yashaydi. Lekin kovakichlilar o‘zining tuzilishi jihatidan bir hujayrali hayvonlardan ancha murakkabdir. Ularning murakkabligi hujayralarining bir-biridan farq qilganligidadir: tanasining tashqi qismidagi hujayralar qoplagich, ichki hujayralar esa hazm qiluvchi bo‘ladi. Evolyutsiya zanjirining yuqoriroq pog‘onasida turgan ko‘p hujayrali hayvonlarda tana tuzilishi ham ancha murakkablashadi, yer sharoitiga mos o‘zgarishlar yuz beradi, turli taassurotlarmi aks ettiradigan sezgi organlari vujudga keladi, aks ettirish ham murakkablashadi. Rus fiziolog olimi I.M.Sechenev inson miyasi va organizmining psixik jarayonlar bilan o‘zaro bog‘liqligi bo‘yicha ulkan ishlar olib borgan va psixologiyaga o‘zining ulkan hissasini qo‘shgan. Keyinchalik uning fikrlarini Pavlov rivojlantirdi va shartli reflekslar hodisasini ochdi. I.P.Pavlovning fikrlari va ixtirolari hozirgi kunda yangi nazariyalar yaratishga asos bo‘ldi. Bularning ichida Breynshteyn, Xoll, Anoxin, Sokolovlarning nazariya va konsepsiyalari ajralib turadi. Sechenov fikricha, barcha psixik hodisalar o‘zining ortidan murakkab reflekslar va fiziologik hodisalarni namoyon qiladi. Pavlovning fikricha o‘zini tutish murakkab shartli reflekslarning qo‘shilishi natijasida paydo bo‘ladi. Biroq shartli reflekslar bu oddiy fiziologik hodisalar ekanligi keyinchalik ma’lum bo‘ldi. Shartli-reflekslar haqidagi bilimlarning ochilishiga qaramay, keyinchalik tirik jonzotlarning yangi qobiliyatlarini o‘zlashtirishning boshqa usullari ustida ham ishlar olib borildi. Bunda, ayniqsa, Sokolov va Izmaylovlarning xizmatlari katta. Ular tomonidan konseptual reflektor yoyi tushunchasi ilgari surilgan. U uch o‘zaro bog‘liq lekin nisbatan erkin neyronlar sistemasidan iborat: afferent (sensorli analizator), effektor (bajaruvchi, harakat organlariga javob beruvchi) va modellashtiruvchi (afferentiv va effektor sistemasi ustidan boshqarib turuvchi). Birinchi neyronlar sistemasi ma’lumotlar qabul qilinishi va qayta ishlanishini ta’minlaydi, ikkinchi sistema buyruqlar ishlab chiqarilishi va ularning bajarilishini ta’minlaydi, uchinchisi ikkinchi va birinchi sistema ustidan ma’lumotlar almashinuvini ta’minlaydi. Bu nazariya bilan bir qatorda boshqa nazariyalar ham mavjud, bir tomondan psixik jarayonlarning o‘zini boshqarishdagi roli, boshqa tomondan o‘zini boshqarishda umumiy boshqaruv modellarining tuzilishida fiziologik va psixologik hodisalarning namoyon bo‘lishi. Bemshteynning fikricha eng sodda o‘zlashtirilgan hatti-harakatning o‘zi ham, murakkab harakatlarni inobatga olmagan holda psixikaning ishtirokisiz amalga oshirilishi mumkin emas. Uning ta’kidlashicha, har qanday harakatning paydo bo‘lishida psixomotor reaksiya mavjud. Tananing har bir qismida gangliylar (nerv tugunlari) qo‘shilib, bir-biri bilan nerv yo‘llar orqali bog‘langan nerv markazlarini tashkil qiladi. Ayniqsa bosh qismida joylashgan markaz murakkab tuzilgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |