Ong va uning shakllari. Ongning tushunish sifatida.
Ong psixikaning eng yuksak darajasi bo‘lib, u faqat insongagina xosdir. Ong inson psixikasining eng yuksak formasi hamdir. Ong ijtimoiy tarixiy sharoitda odam mehnat faoliyatining tarkib topishi hamda til yordamida boshqa odamlar bilan doimiy munosabatda bo‘lishi natijasida paydo bo‘ladi. Ong ijtimoiy munosabatlar mahsulidir.
Ong – bu o‘zgacha psixik kenglik. Ong psixologiyaning sharti bo‘lishi mumkin, lekin uning predmeti bo‘la olmaydi. Uning mavjudligi psixologik fakt bo‘lishiga qaramasdan, uni aniqlash mumkin emas va faqatgina o‘zidan chiqarilishi mumkin. Vigotskiyning ongga qarashlari qiziqish uyg‘otadi. Uning aytishicha “Ong - bu o‘ziga o‘zi, reallikka refleksiyadir”. “Ong o‘zi bilan o‘zi aloqadadir”. Ong - bu ongdir, ong faqatgina jamiyat ongi va tili mavjud bo‘lgandagina mavjud bo‘lishi mumkin. Ong tug‘ma bo‘lmaydi yoki tabiat tomonidan berilmaydi balki u jamiyatda rivojlanadi. Shuning uchun ong psixologiyaning sharti emas balki uning muammosi - ilmiy psixologik izlanishlar predmet retsiptorlarning rivojlanishi ma’lum darajada muayyan turdagi nerv sistemasining rivojlanishi bilan birga boradi. Sezgi a’zolari va nerv sistemasining rivojlanish darajasi muqarrar ravishda psixik aks ettirishning darajasi va shaklini belgilab beradi. Nerv hujayralari faqat turlar emas, balki tugunlar (gangliylar) ham hosil qiladi. Tugunli yoki gangliyli nerv sistemasi eng ko‘p miqdordagi qo`zgatuvchilarni qabul qilish va qayta ishlash imkonini beradi. Negaki, sezuvchan nerv xujayralari qo‘zg‘atuvchilarga bevosita yaqin joylashgan bo‘lsada va qo‘zg‘alishini tahlil etish sifatini o‘zgartirib yuboradi.
Onglilik:
A) Borliqning umumiylashtirilgan va ko‘p qirrali
B) Nutqi bilan bog‘liq bo‘lgan va faqat insonga tegishli bo’lgan imkoniyatdir
S) Tegishli yuqori ko‘rinishidir.
D) O‘ylash qobiliyati, muhokama qilish insonning eng yuqori asab tizimi bilan bog‘liq harakati faoliyatidir.
E) Insonning sog‘lom holati, kuchli xotirasi o‘z his-tuyg‘ulari va ishlarida javobgarligi holati.
Amaliy nuqtai nazardan ong tez o‘zgarib turadigan his-tuyg‘u va aqlli obrazlar sub’ekti oldida turgan insonning ichki dunyosidir. Biroq, taxmin qilish mumkinki, bunday psixik faoliyat hayvonlarda ham yuqori rivojlangan. Masalan: itlar, otlar, delfinlar, maymunlar va boshqalarda sodir bo‘lishi mumkin. K.Djeymsning fikricha, ong bu “psixik funksiyalarning xo‘jayini”.
Ong sifatsizdir chunki uning o‘zi sifat- psixik jarayon va hodisalarning sifatidir. Sifatni bo‘lib bo‘lmaydi, u yoki bor yoki y. Yuqorida keltirilgan qarashlarning umumiy–bu psixologik sifatsiz ongga urg‘u.Vigotskiyning ongga qarashlari qiziqish uyg‘otadi. U aytilishicha “ong-bu o‘ziga o‘zi, reallikga refleksiyadir. “Ong o‘zi bilan o‘zi aloqadadir”. Ong -bu ongdir, ong faqatgina jamiyat onggi va tili mavjud bo‘lgandagina mavjud bo‘lishi mumkin. Ong tug‘ma bo‘lmaydi yoki tabiat tomonidan berilmaydi balki u jamiyatda rivojlanadi. Shuning uchun ong psixologiyaning sharti emas balki uning muammosi–ilmiy psixologik izlanishlar predmetidir» har qanday tirik organizm uni o‘rab turgan muhitga o‘zaro munosabati bilan xarakterlanadi. O‘zaro munosabatning buzilishi muhit va shaxs o‘rtasidagi nomutanosiblikni keltirib chiqaradi. Organizmlar va muhit o‘rtasidagi o‘zaro munosabat faqat har qanday organizm seskanuvchanlik qobiliyatiga, ya’ni, muhit ta’sirida aktiv holatiga o‘tish va modda almashish qobiliyatiga ega bo‘lgandagina amalga oshishi mumkin. Seskanuvchanlik aks ettirishning ancha umumiy, hamma yirik organizmlar uchun xos bo‘lgan biologik formasidir. Materialistik yo‘nalishdagi olimlar psixikaning paydo bo‘lishini materiyaning uzoq muddat davom etgan taraqqiyoti bilan tushuntiradilar. Olimlar materiyaning tabiatini tekshirib, materiya harakatining turli shakllarini aniqladilar. Harakat esa materiyaning yashash usuli. Uning mohiyatini tashkil qiluvchi ajralmas xususiyatidir. Jami materiya, jonsiz anorganik materiyadan tortib, to materiyaning yuksak hamda murakkab formasi inson miyasigacha moddiy olamning umumiy xususiyati bo‘lmish aks ettirish xususiyatiga, ya’ni ta’sirlarga javob qaytarish qobiliyatiga egadir. Aks ettirish formalari materiyaning yashash formalariga bog‘liqdir. Aks ettirish materiyaning yashash tarzi va ta’sir xarakteriga muvofiq ravishda tashqi ta’sirlarga javob qaytarish qobiliyatidan namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |