3-mavzu: Normal va nuqsonli rivojlanishning umumiy va o`ziga xos qonuniyatlari
Reja:
1.Ruhiyatning taraqqiy etishi
2.Rivojlanishning umumiy qonuniyatlari,bosqichlari
3. Nuqsonli rivojlanishning umumiy va o`ziga xos qonuniyatlari
Kishi psixikasining paydo bulishi va rivojlanishi eng murakkab muammolardan biri bulib, tabiat konunlarining moxiyatini tushunib etishga xarakat kiladigan tadkikotchilarni bu muammo xamma vakt kiziktirib kelgan. Metrialistik yunalishidagi olimlar psixikaning paydo bulishini materiyaning uzok davom etgan rivojlanishining natijasi deb izoxlashadi. Ular materiyaning xayot kechirish usuli, uning tarkiban uziga xos ajralmas xususiyati ekanligi uchun xam materiya xarakatining turli zxil shakllarini urganadilar. Xarakatsiz, xamisha mutlako xarakatsizlikdagi materiya umuman bulmaydi. Olamdagi butun materiya jami noorganik va organik tabiat xarakatlanish, uzgarish va rivojlanish xolatida buladi.
Jonsiz, noorganik materiyadan tortib to eng oliy va murakkab materiya xisoblanmish kishi miyasiga kadar barcha materiyalar moddiy olamning yalpi xususiyati - in`ikos etish xususiyatiga, ya`ni ta`sirotlarga javob kaytarish kobiliyatiga egadir. I`ikos materiyaning mavjud bulish tarziga muvofik javob kaytarishga kodirligi bilan namoyon buladi.
Jonsiz tabiatda xarakat jism va moddalarning mexanik, fizikaviy yoki kimyoviy ta`siri tarzida yuz berish mumkin. Jonli materiyaga utishda xarakati tarzi xam sifat jixatidan uzgaradi. Jonli materiyaga in`ikosning biologik shakllari xos bulib, jonli materiyaning ma`lum bir boskichdaesa in`ikosning yangi shakli sifatidagi psixika paydo buladi.
Materiya xarakatining biolgik shakli - xayot - tabiat rivojlanishining sifat jixatidan yangi boskichdir. Ulik materiyaga utishni izoxlaydigan kator gipotezalar mavjud. Ulardan biri A.I. Oparinga tegishli bulib, unga kura organik moddalar atomlar turli shakllarda azotning, kislorodning, vodorodning, fosfor va oltingugurtning atomlari bilan boglangan modda - uglerod negizida xosil bulgan birikimalarning paydo bulishi jonli materiya paydo bulishining zarur sharti xisoblanadi.
Oparning gipotezasiga kura, taxminan ikki milliard yil ilgari atmosferada erkin kislorod ajralib chikib, organik moddalardan tayyorlangan allakanday «shurva»ga uxshash bulgan. Organik birikmalarning rivojlanishgi jarayonida uglerodning juda xam murakkab birikmalari - benixoya katta molekulalar paydo buldi.
Oksilli molekula bilan muxit urtasida modda almashinuvi avval boshdanok faol jarayon edi. Bu benixoya katta molekulalar koatservatlar degan nom bilan atala boshladi. Koatservat tomchilari ma`lum ma`noda tuyimli moddalar uchun kurashda uzaro rakobat kilishardi, degan taxminlar xam bor. Bu tomchilarning ancha kulay kimyoviy tarkibiga yoki strukturaga ega bulgan ba`zi birlari boshkalariga nisbatan tezrok usdi. Ular ertarok kattalashib, bekaror bulib kolishar va ancha mayda zarrachalarga parchalanib ketishardi. Sungra jarayon yana takrorlanardi: usish, parchalanish va xakozo.
In`iksoning uziga xos koldik shakllari mavjud bulgan bunday organik strukturalar bir kancha geologik davomida faoliyat kursatgan xolda xozirgi zamon jonli sistemalari ajdodlarining paydo bulishiga olib kelganligini faraz kilish uchun asos bulgan.
Xar kanday jonli organizm barcha tashki kuzatuvchilarga nisbatan tanlangan xolda (faol) munosabatda buldai va bu bilan jonli materiyaning sifat jixatidan yangi xususiyatni - uz-uzini tartibga solish xususiyatini namoyon kiladi.
Uzok davr davom etgan evolyutsiya natijasida xozirgi organizmlarda in`ikosning kuzgaluvchanligidan tortib to uning ancha yuksak darajasidagi shakllari - psixik xayotning ifodaga kadar turli xildagi shakllarni kuramiz.
Usimlik va xayvonlarga mansub shakllar evolyutsiyasining barcha boskichlarida jamiki jonli organizmlar in`ikosning aloxida, biologik shakli - ta`sirlanuvchanlikka ega buladi. Ta`sirlanuvchanlik tirik organizmning biolgik axamiyatiga ega bulgan (biotik) ta`sirotlarning ta`siriga javob berish kobiliyati demakdir.
Shunday kilib, sodda xayvonlarda tashki muxitga yoruglik bilan issklik kushilib, muvakkat boglanishlar xosil kilinishiga nisbatan xam faol muljal ola bilish tendentsiyasi mavjudligi namoyon buladi.
In`ikos etish darajasi kup xujayralilarga uxshab suvli muxitga xayot kechiradigan kovakchilar eng sodda kup xujayralilar jumlasiga kiradi.
Lekin bu organizmlarning tuzilishi bir xujayralilirga nisbitan anchagina murakkabdir. Murakkabligi bu xayvonlarning kup xujayrali ekanligida emas, balki ulardagi xujayralarning nisbatan bir emasligidadir: masalna, tanasining tashki kismida sanchiladigan xujayralar joylashgan bulsa, ichki kismi esa ovkat xazm kiladigan xujayralar bilan koplangan buladi. Kup xujayrlarning organizmida, shuningdek, organizmning biror-bir kismida ru bergan kuzgalishning utkazgichi funktsiyasini bajaradigan aloxidasezuvchan protoplazmali xujayralar xam buladi. Aloxida sezuvchan (nerv) xujayralari uzaro birikib, xayvonning butun tanasiga yoyilgan nerv shaxobchasini tashkil etadi.
Shunday kilib, kup sonli nerv tugunchalarining paydo bulishi xaliveri yana xam nafisrok aks ettirish va, demak tevarak-atrofdagi tashki muxitga moslashish uchun sharoit tugdirishi mumkin bulgan usha xakikiy foyjali murakkabligini ta`min eta olmaydi. Lekin xozirdayok, ancha murakkab aks ettirish imkoniyatlari paydo bula boshladi - ular asosiy gangliyda mujassamlashganlar. Asosiy gangliyning funktsiyalari va boglanishlariga kura bir xil bulmagan nerv xujayralarining birikuvidan tarkib topadi. Bu gangliy ganglilar zanjirida asosiy etakchi uch xisoblanadi. U xayvon tanasining istalgan kismida yuz beradigan kugalishlarni jamlaydi, ularni taxlil kiladi, boshka xujayralarga utkazadi, impul`slarni segmentlarning mushak apparatiga yunaltiriladi. Sudraluvchi va kavlovchi xayvonlar sifatidagi chuvalchanglarda asosiy gangliylr mavjud bulganligi tufayli tananing imkonini beradigan tukchalar, muylabchalar, kuz murtaklari paydo buladi. Gangliy funktsiyali nerv sistemasiga ega bulgan xayvolarning aks ettirish imkoniyatlari shartsiz reflekslar bilangina cheklanmaydi. Xayot kechirish jarayonida ularda tugma reaktsiyalargiga nisbatan yanggi, ancha xarakatchan reaktsiya shakllari - shartli reflekslar paydo buladi.
Shunday kilib gangliy funktsiyali nerv sistemasining uziyok, cheklanmagan mikdordagi ta`sirlari javob kilishning etarli darajada murakkab vositasidan iboratdir. etakchi gangliy bilan idora kiluvchi ganglioz nerv sismtemasiga ega bulgan xayvonning xatti-xarakatlari diffuziyali, turli nerv sistemasiga ega bulgan xayvonlarning xatti-xarakatlaridan jiddiy fark kiladi.
Instiktiv xarakatlar muayyan shart-sharoitlarga kat`iy boglik buladi. Instiktning amal kilish mexanizmi shundan iboratki, tashki shart-sharoitlar reflektor munosabat bildirishga undaydi, eng oxirida esa navbatdagi munosabat bildirish uchun kugaydi va xakozo. Shu tarzda reflekslarning butun bir zanjirini xarakatga keltiradi va bu bilan nasliy yul bilan mustaxkamlangan programmani amalga oshiradi. Instinktiv xarakatlar standart shart-sharoitlar uzgarishi bilanok uzining maksadga muvofikligini yukotadi. Shunday kilib, xatti-xarakatlarning instinktiv shakllari fakat doimiy sharoitlardagina maksadga muvofikdir.
Shuni kayd kilish kerakki, ba`zi bir instinkglar mazkur turning barcha shakllariga xos bulsa xam, lekin ularning namoyon bulishi afrimlarida biroz boshkacharok tarzda kechadi.
Instinktning bu tarzdagi nisbiy xar xilligi turli xayot kechirsh sharoitlari keskin uzgarib takdirda xam saklanib kolishini ta`minlaydi. Yosh xayvonlarda instinktiv xarakatlarni kuzatayotib, bu xarakterlar yosh xayvonlarda karilarga nisbatan ancha besunakay yuz beradi. Jozotning individual xayot kechirishi jarayonida orttirilgan va tugma xatti-xarakat programmasining puxta bajarilishini ta`minlaydigan tajriba instinktlarning rivojlanishiga yordam beradi.
Shunday kilib, instinktiv xarakatlar turli xildagi kup sonli kugatuvchilarning aks etishini ta`min eta olmaydi va shunga kura umurtkalilarning aks ettirish imkoniyatlarini cheklab kuyadi. Umurtkalilardan naychali nerv sistemasi (orka va bosh miya bilan kushilib) rivojlangan bulib, shu tufayli ularda tashki muxitni asliga ancha uxshaydigan tarzda aks ettirishning potentsial imkoniyatlari oshadi. Ganglioz nerv sistemasigaega bulgan xayvonlarga nisbatan umurkali xayvonlarda retseptorlar yanada takomillashib, tobora kuprok maxsuslashib boradi. Evolyutsiya natijasida erishiladigan ana shu ichki imkoniyatlar atigi birgina instinktiv xarakatlarni keltirib chikarish uchun foydalanilmaydi, albatta.
Xayvon evolyutsiya tarakkiyotining yukori bosgichiga kutarilgan sari, xosil buladigan shartli boglanishlari xam shuncha murakkabrok va yana xam nafisrok bulishi mumkin.
Shunday kilib, shartli boglanishlar xam xolatlar uzgarganda xayvon xatti-xarakatning yangi belgilarini mustakil xosil kilishga asoslangan nafis individual xatti-xarakatning yanada murakkabrok shakllarini chiniktirishdir. Nafis individual xarakat uchun muxitning ayrim xususiyatlarigina (xarorat, rang, xid) emas, balki butun bir konkret vaziyatlar taxlil va sintez kilishi shart.
Birinchi xolatda xatti-xarakat instinktiv progammaga asosan bulgan bulsa, ikkinchi xolda xatti-xarakat bevosita vaziyatni taxlil kilish natijasida ruy beradi.
Xatti-xarakatning ikkinchi tipi ayniksa sut emizuvchilarda yakkolrok namoyon buladi. Bunday xayvonlar endi butun bir vaziyatlarni idrok etib, taxlil kila boshlaydi, uz xatti-xarakatlarini tugrilab, uzgarayotgan shart-sharoitlarga moslasha boshlaydi. Yuksak tarakkiy etgan xayvonlarda xatti-xarakatning instinktiv shakllari bilan bir katorda uzgaruvchan individual shakllari - malakalar va intellektual xatti-xarakatlar xam mavjud buladi. Malakalar deganda xayvonlarning shartli boglanishiga asosan bajaradigan va avtomatik tarzda takrorlanadigan xatti-xarakat tushuniladi. Malakalar xuddi instinktlarga uxshab rivojlanishning nisbatan kuyi boskichlarida xambuladi, lekin anik ifoda etilgan malakalar fakat bosh miya kobigi bulgan xayvonlardagina namoyon buladi.
Xayvonlarning malakalari tarkibiga kiradigan xarakatlanuvchi elementlar turning uziga xos tajribasini takrorlaydigan tugma xarakatlardan iborat bulishi xam, shuningdek tasodifiy xarakat namunalardan iborat bulishi xam, shuningdek tasodifiy xarakat namunalarining takrorlanishi jarayonida kunikma xosil bulgan xarakatlardan iborat bulishi xam mumkin. Kuyidagi fakt birinchi turdagi xarakatlarga misol bula oladi.
Agar jonli mavjudodlarning xayot kechirish muxiti xamma joyda mutlako bir xil bulganida, extimol, er yuzi bir xil turdagi xayvonlar bilan tulib ketgan bulardi. Xakikatda esa muxit iklim jixatidan xam, yashash sharoiti jixatidan xam goyat rang-barang bulib bu organizmlarning tabakalanishini takazo etadi. er yuzida xodisalar juda rang-barang bulsa xam, ularning tsiklili almashinuvi va xakozolar mavjuddir. Barcha jonzot mavjud shart-sharoitlarga moslasha boradi.
Misol uchun, jumladan, muxitning xarorati uzgarishi bilan organizmdagi kimyoviy reaktsiyalarning tezligi xami uzgara boshlaydi: xarorat kutarilishi bilan reaktsiyalarning tezligi oshadi, pasaygan takdirda pasayadi, xarorat xaddan ziyod oshib yoki pasayib ketganda esa bir xujayrali organizm xalok buladi. Agar juda past xaroratli sharoitga joylashtirilsa, shubxasiz, boshka bir kanday jonli organizm xam shunday kismatga uchraydi. Lekin mana shunday sharoitlarda yuksak tarakkiy etgan xayvonlarning xatti-xarakatlarida jiddiy tafovut buladi.
Shunday kilib, xayvonlar muxitga bevosita boglikligidan sein-asta kutila boradi. Lekin jonli mavjudotlar rivojlanishning xar kanday darajasida xam bunday bogliklikdan xech kachon kutila olmaydi. Muxit - jonli organizmning xayot kechirish shart-sharoiti, jonli mavjudotlar xayot kechirishning bosh omili, boshkachasiga aytganda, jonli organizmlarining xayot kechirishi muxitning shart-sharoitlari bilan anik belgilab kuyilgandir.
Aks ettirishning bir-biriga uxshashligi eng avvalo sezgi a`zolari va nerv sistemasining tuzilishiga boglikdir. Retseptor muayyan tudagi kuzgatuvchilarga kanchalik nafis javob kilsa, reaktsiya xam shunchalik bir-biriga uxshash buladi. Bunda ma`lum darajada tugridan-tugri boglanish bor. Masalan, kurish retseptori kuyoshning tarkok nurini aks ettirishga moslashuv munosabati bilan rivojlanadi.
Retseptorlarning rivojlanishi ma`lum darajada muayyan turdagi nerv sistemasining rivojlanishi bilan birga boradi. Sezgi a`zolari va nerv sistemasining rivojlanish darajasi mukarrar ravishda psixik aks ettirishning darajasi va shaklini belgilab beradi. Nerv xujayralari fakat turlar emas, balki tugunlar (gangliylar) xam xosil kiladi. Tugunli yoki gangliyli nerv sistemasi eng kup mikdrdagi kugatuvchilarni kabul kilish va kayta ishlash imkonini beradi. Negaki, sezuvchan nerv xujayralari kuzgatuvchilarga bevosita yakin joylashgan bulada va kuzgalishini taxlil etish sifatini uzgartirib yuboradi.
Tananing xar bir kismida gangliylar kushilib, bir-biri bilan nerv yullar orkali boglangan nerv markazlarini tashkil kiladi. Ayniksa bosh kismida joylashgan markaz murakkab tuzilgandir.
Nerv sistemasining oliy tipi - naychasimon nerv sistemasidir. U naychasimon kilib birlashgan nerv xujayralaridan tashkil topgan buladi. Umurtkalilarda evolyutsiya jarayonida orka va bosh miya - markaziy nerv sistemasi paydo buladi va rivojlanadi. Nerv sistemasi va retseptorlarning rivojlanishiga muvofik ravishda psixik aks ettirish shakllari xam murakkablashadi. Bosh miyada turli xildagi funktsiyalarni uz zimmasiga oladigan aloxida cheklangan markazlar xosil buladi. Bu markazlar maxsus nerv birikmalari - assotsiativ zonalar orkali uzaro boglanadi.
Shunday kilib, psixikaning evolyutsiyasi retseptorlar funktsiyalari shakllarining, shuningdek signal faoliyatining murakkablashuvida ifodalanadi.
Shuni aloxida ko`rsatish joizki 1,6-3 yosh bu nutq rivojlanishi uchun senzetiv davr hisoblanadi. Bu davr aqliy rivojlanish asosini idrok va tafakkur xarakatlarining yangi ko`rinishlar tashkil etadi. 1 yoshli bola xali predmetlarni ketma-ket, sistemali ravishda ko`rib chiqa olmaydi. U asosan predmetning qandaydir bir ko`zga tashlanib turadigan belgisiga o`z e`tiborini qaratadi va predmetlarni shu belgilariga ko`ra taniydi. Keyinchalik yangi idrok xarakatlarini egallanishi bolaning predmetli xarakatlarini bajarishdan ko`z bilan chamalab xarakat qilishiga o`tishda namoyon bo`ladi endi u predmetning bo`laklarini ushlab ko`rmasdan chamalab idrok eta oladi. 2,5-3 eshli bola kattalarning bergan namunasi rangi shakli va kattaligiga ko`ra aynan shunday predmetlarni chamalab idrok etgan holda to`g`ri topa oladi. Bolalar avval shakliga, so`ngra kattaligiga va shundan so`ngina rangiga qarab ajrata oladilar. Bu jaraenda bola bir hil xususiyatga ega bo`lgan juda ko`p predmetlar borligini tushuna boshlaydi. Lekin bola rasm chizishni boshlaganida predmetlarni rangini eotiborga olmaydi va o`ziga yoqadigan ranglardan foydalanadi. Tadqiqotlarning ko`rsatishiga 2,5-3 yoshli bola 5-6 ta shaklni (doira, kvadrat, uchburchak, to`g`riburchak, ko`pburchak) va 8 `il rangni (qizil, qovoq sariq, yashil, ko`k, siexrang, oq, qora) idrok etishi mumkin. Rang va shakllarning ishlatilishi jixatidan turli hil narsalarda turlicha bo`lishi sababli bu eshdagi bolalar ularni idrok etganlari bilan nomlarini aniq bilishlari va o`z nutqlarida ishlata olishlari birmuncha qiyinroq. Kattalarning bu yoshdagi bolalardan shu rang va shakllarni eslab qolishini talab etishlari noto`g`ri bo`lib, buning uchun mos davr bu 4-5 esh hisoblanadi. Bu eshdagi bolalar so`zlardagi barcha tovushlarni idrok eta oladilar.
Bola 3 yoshigacha o`zlashtirgan so`zlar asosan predmet va xarakatlarning nomlarini bildiradi. Nomlar asosan uning funktsiyasini anglatib bu predmet yoki xarakatning tashqi ko`rinishi o`zgarsa ham uning nomi o`zgarmaydi. Shuning uchun ham bola predmetlarning nomlarini ishlatilishini funktsiyalariga bohlagan holda tez o`zlashtiradi.
Ilk bolalik davrining boshlariga kelib bolada birinchi tafakkur operatsiyalari yuzaga keladi. Buni biz biron bir predmetni olishga xarakat qila olganidan so`ng esa uni sinchiklab o`rganishida ko`rishimiz mumkin. Ularning tafakkurlari asosan ko`rgazmali xarakatli bo`lib, u atrof olamdagi turli bog`liklarni o`rganishga xizmat qiladi. O`zidan uzoqroq turgan koptokni biron bir uzunroq narsa bilan itarib yuborish mumkinligini ko`rgan bola endi mustakil ravishda divan tagiga kirib ketgan koptokni kaltak erdamida olish mumkinligini tafakkur eta oladi. Bu davrdagi bolalar tafakkurida umumlashtirish katta щrin tutadi. Umumlashtirishda nutq asos hisoblanadi. Masalan, soat deyilishi bola qo`l soati, osma soat, shuningdek budilpnikni ham tushunishi kerak. Lekin ular turlicha bo`lgani sabab ularda umumiylikni topish bola uchun birmuncha qiyinroq hisoblanib, bu borada fikrlash erdamga keladi va umumlashtirishni tashkil etadi, 2-3 yoshli bolalar maolum bir predmetlarni o`rniga ularning o`rnini bosishi mumkin deb hisoblagan boshqa narsalardan ham foydalanadilar. Masalan o`yin jarayonida bola cho`pni qoshiq yoki termormetr o`rnida, yog`ochdan krovat yoki mashina щrniga foydalanishi mumkin. Bir predmetni boshqasi щrnida qo`llash mumkinligini bilish bola atrof olamni bilishi, щrganishidagi axamiyatli burilish hisoblanadi va u dastlabki tasavvurlarni yuzaga keltiradi. Bu eshdagi bolalar endi asta-sekinlik bilan kattalar aytib berayotgan ertak, voqea, xikoyalarni, shuningdek rasmda chizilgan narsalarni tasavvur eta oladilar. Ertak eshitish jarayonida bola ertak qoxramonlarini kimgadir o`xshatishga xarakat qiladi, u o`zi mustaqil ertak eki xikoyalarni to`qiy olishi ham mumkin. Ilk bolalik davrida xotira bilishdagi asosiy funktsiya hisoblanib, u bilishning barcha ko`rinishlarini rivojlanishida ishtirok etadi. Bu davrda bolaning xotirasi jadal rivojlanadi. Bolaning hayotiy tajribalarni o`zlashtirishida avvalo xarakatli, emotsional va obrazli xotira ishtirok etadi. Bu borada xarakatli va emotsional xotira ustunlik qiladi. Xotira bu yoshda asosan ixtiyorsiz bo`ladi. Bu davrdagi bolalarga ko`p kitob o`qib berish natijasida ular uzun ertak va sheor xikoyalarni eslab qoladilar, lekin bunday eslab qolish bolaning umumiy aqliy rivojlanishidan ham, xotirasining individual xususiyatidan ham dalolat bermaydi. Bu ilk bolalik davridagi bolalarning barchasiga hos bo`lgan nerv sistemasining umumiy egiluvchanligi natijasidir. O`zi va atrof hayot xaqidagi voqea va xodisalarda ketma-ketlik borligi uchun ham ularni xali to`liq ravishda xotirasida saqlab qola olmaydi.
Nutk murakkab psixik jarayon. U ikki funktsiyani bajaradi – aloka boglash va fikr yuritish. Nutk ichki va tashkiga bulinadi. Tashki nutk ogzaki va yozmaga bulinadi. Ogzaki nutkni dialogik va monologik nutk tashkil etsa, yozma nutkni ukish va yozish malakalari tashkil etadi.
Soglom bola taxminan 1 yoshga tulganda gapira boshlaydi, uning tili chikadi. Besh yoshga tulgan bolaning butun nutk sistemasi shakllanib, u uz kurgan va eshitganlarini, xoxishini nutk orkali tulik ifoda eta oladi. etti yoshga tulganda bolani maktabga berish mumkin, chunki bu yoshda bola yozma nutk malakalarini uzlashtirishga tayyor. Uning ogzaki boglangan nutki tulik shakllanib, yozma nutkni uzlashtirishi uchun zarur bulgan barcha analizatorlarning faoliyati xam yaxshi yulga kuyilgan buladi.
Soglom bolalar nutkining rivojlanish xususiyatlari. Insonning eng muxim xususiyatlaridan biri uning suzlashish kobiliyatiga egaligidir.
Biror tilda tovushlarning turlicha kurinishi kishining nutk organlari faoliyati natijasida paydo buladi.
Nutk rganlarining jami nutk apparati deyiladi. Nutk apparati markaziy va periferik bulimlardan iborat. Nutk apparatining markaziy bulimiga bosh miya pustlogi,pustlog osti va utkazuvchi nervlar kiritiladi.
Yuz yil mukaddam (1861) P.Broka miya pustining ma`lum kismi (miya chap yarim shari peshana kismining pastki tomonidagi burmalarning orka kismi) shikastlansa, bemorlarda nutk artikulyatsiyasi, ya`ni nutk talaffuzi buzilishining yuzaga kelishini kashf etgan. Broka bundan miyaning ana shu kismi “suz obrazlarining motor ya`ni xarakatlantiruvchi markazi” deb xulosa chikargan edi. Suzlarning talaffuz markazlari miyaning xuddi shu erida joylashgandir. Bir oz keyinrok (1874 K.Vernika miya chap yarim shari tepa kismidagi burmalarning orka kismi shikastlanganda nutkni tushunish buzilganligi xolatini tasvirlab, miya pustining ana shu kismida suzlarning sensor obrazlari” joylashgan degan xulosaga keladi. Bunday tadkikotlar xuddi shunga uxshagan bir kator ishlarni yuzaga keltirdi. Bunday ishlar natijasida nutk bilan boglik bulgan barcha psixofunktsiyalar miya pustining ma`lum kismlari urtasida taksimlanadi.
Miya katta yarim sharlari ishining umumiy konunlari I.P.Pavlov tomonidan aniklangan. Inson organizmi atrofdagi muxit bilan doimo va mustaxkam uzaro alokada bulmay turib yashay olmaydi. Organizmning shunday tashki ta`sirlarga moslanishi, atrofdagi muxit bilan muvozanatda bulishi nerv sistemasi tufayli yuzaga chikadi. I.P.Pavlov bu xakda yozib, nerv sistemasi “kup sonli organizm kismlarini bir-biri bilan va juda murakkab sistema bulmish organizmni sonsiz-sanoksiz tashki ta`sirlar bilan boglovchi, aloka kildirib turuvchi bekies darajada murakkab va nozik asbobdir”degan edi1.
Odamning uni turgan dunyo bilan buladigan alokasi sezgi organlari (eshituv, kuruv, xid bilish organlari va boshkalar) orkali yuzaga chikadi. Sezgi organlarining nerv uchlariga (retseptorlarga) tushadigan ta`surotlar periferik nervlar orkali markaziy nerv sistemasiga utkaziladi.Shu yuli bilan organizm atrofdagi muxitda bulayotgan xodisalar tugrisida xabarlar olib turadi.
Nutkning yuzaga kelishi va idrok kilinishida biz “signallarning signallari” (I.P.Pavlov) tarzidagi suzlardan foydalanamiz, ya`ni ongsiz (yoki ongli) ravishda suzlarni tanlaymiz va ularning ma`nosiga karab tenglashtiramiz, bunday xodisa ancha tez-tez uchrab turadi.
Bu murakkab jarayon katta miya yarim sharlarining pustida amalga oshiriladi. Ma`lum bulishicha, xar turli nutk xodisalari uchun ( chunonchi,suzni,gapni,narsalarning nomini,gaplardan iborat nutkni va boshka shu kabilarni tushunish uchun) kandaydir fiziologik korrelatlar (uzaro boglangan tushunchalar), ya`ni miya faoliyatining tegishli mexanizmlari belgilangan bulishi lozim.
Sunggi 60 yil mobaynida fiziologlar (P.K.Anoxin, N.A.Bernshteyn) xamda psixologlar (A.R.Luriya, A.N.Leont`ev, D.N.Uznadze, AKShda -Dj.Miller Uzbekistonda goziev E. va boshkalar) tomonidan amalga oshirilgan kupgina ilmiy tadkikot ishlaridan ma`lum bulishicha, nutk faoliyatining fiziologik asosini bunday tushunish uni talkin kilish uchun etarli emas.
P.K.Anoxin tadkikotlarida xosil kilingan ma`lumotlar nuktai nazaridan olganda, nutk faoliyatining fiziologik asosini maxsuslashtirilgan funktsional sistema yoki anikrok kilib aytganda, bir necha funktsional sistemalarning murakkab uyushmasi tashkil etadi, bu funktsional sistemalardan ayrimlari nutk uchun ixtisoslashgan tizim bulsa, boshkalari uzgacha faoliyatlar uchun xizmat kila beradi. Funktsional sistemalarning bunday uyushmalari kup tomonlama va kup darajalidirlar. Nutk jarayonini ta`minlashda juda sodda “stimul-rektsiya” tipidagi fiziologik mexanizmlar xam, nutk faoliyatining yuksak shakllari,masalan,nutk vositasi bilan fikr bayon kilishning ichdan programmalashtirish mexanizmlari uchun xarakterli bulgan va ierarxik (xar turli) tuzilishga ega bulgan maxsus mexanizmlar xam katnashadilar.
I.P.Pavlov ta`limotiga muvofik, tashki dunyo va organizm ichki muxitidan keluvchi taa`surotlar analizator sistemalarining ishtiroki bilan analiz va sintez kilinadi.
Analizatorlar periferik (kabul kiluvchi, idrok etuvchi) utkazuvchi,markaziy (pustlokdagi) bulimlardan tashkil topgan.
Periferik bulimlarda ta`surotlar kayta uzgartirilib,maxsus nerv kuzgolishiga aylantiriladi, kuzgolish keyin utkazuvchi yullardan bosh miyaning katta yarim sharlari pustlogida joylashgan markaziy analizatorlar bulimlarigacha etib boradi.
Analizatorlarning miya pustlogidagi uchlarida sezgilarning idrok etuvchi organlar moslanish reaktsiyalariga aylanishini ta`minlab beruvchi oliy analiz va sintez bulib utadi.
Eshituv analizatori.Tovush chikarib turgan buyumdan xavoga tovush tulkinlari tarkalib boradi,bular kulok pardasiga etib kelib, unda tebranma xarakatlarni keltirib chikaradi.Bu xarakatlar urta kulok bushligi orkali eshituv suyakchalari buylab oval darchaning elastik pardasiga utkaziladi. Elastik pardaning tebranishlari perilimfa, sungra endolimfada tebranishlar boshla-nishiga sabab buladi. Bu erdan nerv impul`si eshituv nervi buylab Varoliy kuprigiga, sungra turt tepalikning lrka dumboklariga va kuruv dumbogiga karab yul oladi.
Eshituv yuli miya chakka bulagi pustlogining yukori kismlarida tugallanadi. Eshituv sezgilari mana shu erda, analizatorlarning pustlogdagi uchida analiz va sintez kilinadi. Markaziy eshituv yullari Varoliy kuprigida chala kesishadigan bulgani uchun periferik eshituv apparati ikkala yarim shar pustlogi bilan boglangan.
Xarakatlantiruvchi sistemalar. Xarakatlantiruvchi sistemaning asosiy yuli kortiko-spinal yoki piramida yulidadir. Bu utkazuvchi yul bosh miyani orka miya bilan boglaydi. U bosh miya pustlogining oldingi markaziy pushtasidagi bets piramida xujayralaridan boshlanadi. Mana shu pushtaning eng yukori bulimlarida oyok muskullarini innervatsiyalashda ishtirok etadigan xujayralar joylashgan:
Shu xujayralarning aksonlari bu erdan pastga,miya ichkarisiga karab yunaladi va ichki kapsula orkali utib, miya oyokchalariga,keyin varoley kuprigi va uzunchok miyaga kiradi. Uzunchok miyaning orka miyaga aylanadigan joyida piramida yuli kesishma xosil kiladi, natijada chap yarim shardan chikadigan tolalar esa chap tomondagi ustunlarga boradi. Tolalar kesishganidan keyin orka miyaning yon ustunlari tarkibida borib, orka miya oldingi shoxlarining nerv xujayralaridan tugallanadi.
Oldingi shoxlardan nerv tolalari oldingi ildiz tarkibida orka miyadan chikadi va gavda bilan oyok kul muskullariga karab yul oladi (periferik nerv tolalari). Shunday kilib, kortiko spinal yul (piramida yuli) ning ikki neyronli tuzilishga ega ekanligini kurib turibmiz. Birinchi, markaziy neyronli yarim sharlar pustlogining piramidasimon xujayralaridan (Betsning piramidasimon katta xujayralaridan), ikkinchisi pereferik neyroni orka miya oldingi shoxlarining xujayralaridan boshlanadi.
Bugimlar, boylamlar, paylar, bugim xaltalaridan keladigan muskullarining xolati, kul-oyokklar, gavdaning, artikulyatsion apparatning vaziyati tugrisida xabar beradigan sezgi impul`slarini bosh miya pustlogiga utkazadigan yullar xarakatlantiruvchi sistemada katta rol` uynaydi. Bosh miya pustlogiga periferiyadan keladigan sezgi impul`slarini idrok etish natijasidagina ma`lum ukilganga karatilgan, murakkab ixtiyoriy xarakatalrni bajarish mumkin. Shu yul bilangina odam uz muskullarining vaziyati tugrisida tugri tushuncha oladi.
Kortiko spinal yul shikastlanganda xarakatlar xar xil tarzda izdan chikib koladi. Shikast uchogi chap yarim sharda joylashgan bulsa, u vaktda nutk izdan chikadi-afaziya\nutkning tula yoki kisman yukolishi.\ degan xodisa kuzatiladi. Pustlogdagi xarakatlantiruvchi soxa ikki tomonlama shikastlanganda chaynov yutish muskullari va boshkalarning funktsiyasi buzilib kolishi mumkin. Ayni vaktda dizartiriya, anartriya (tovushlar talaffuzining buzilishi) paydo buladi.
Xarakatlarni idora etishda miyachaning axamiyati katta. Miyacha sistemalari shikastlanganda bolaning nutki ravonligini yukotib, ayrim suzlarni buginlarga bulib aytgandek talaffuz kiladi.
Nutk apparatining periferik bulimini: 1. nafas olish a`zolari: 2. Bugiz: 3. Artikulyatsion apparatlar tashkil etadi.
Nafas olish a`zolariga upka, kukrak kafasi, bir juft bronxalar va traxeya kiritiladi. Nutkiy tovushlarni xosil kiluvchi vosita (tebrantiruvchi kuch) upkadan nafas olish yuli orkali (traxeyadan) chikib bugizga va undan ogiz bushligiga, ba`zan burun bushligiga utadigan xavo okimidir. Demak, upka nutk tovushlarini talaffuz etish uchun zarur bulgan xavo okimining manbaidir.
Bugiz - ovoz manbaidir .Bugizda kundalang joylashgan elastik, upka un paychalari mavjud bulib, suzlash paytida upkadan chikadigan xavo okimining kuchi bilan titraydi, tebranadi va ovoz xosil buladi.
Unli sonorva jarangli undosh tovushlardagi ovoz ana shu un paychalarining bugiz bushligida tebranishi natijasidir. Jarangsiz undoshlarning xosil bulishida un paychalari tebranmaydi, ularning orasi ochik buladi, orasi upik bulsa xavo okimi ularni orasidan utadi va ovozdor: unli, sonor jarangli undosh tovushlar xosil buladi. Un paychalarini tebranishi natijasida xosil bulgan ovoz kuchsiz, past, noanik buladi. Ogiz va burun bushligi –nutk rezonatori, ya`ni ovoz kuchaytirgichidir. Ogiz bushligida joylashgan a`zolarining turlicha xarakati va xolati tufayli xilma-xil tovushlar xosil buladi. Nutkiy a`zolarning tovushni xosil kilish paytidagi xarakati va xolati artikulyatsiya termini bilan yurittiladi.
Ogiz bushligidagi eng aktiv organ-tildir. Til uzining xarakatchanligi bilan tovush xosil kilishda boshka nutk a`zolariga nisbatan asosiy vazifani bajaradi. Til, lablar, yumshok tanglay, kichik til, un paychalari—aktiv organlar: tish, kattik tanglay, burun bushligi-passiv organlar sanaladi.
Bugiz orkali utgan xavo okimi til, tanglay yoki ikki labning tiyikigiga duch kelib, shovkin xosil buladi. Ogiz bushligi pastki jagning xarakati bilan keng va tor xolatga utib turadi. Til va tanglayning nutk tovushi xosil kilishdagi xarakatini anik belgilash ukilganida bularning xar biri bir nechaga bulib kursatiladi: til oldi, til urtasi va til orkasi: tanglay oldi yoki kattik tanglay orkasi yoki yumshok tanglay.
Til ogiz bushligida gorizontal va vertikal xarakt kiladi:
tilning oldinga-milkka va orkaga karab siljib turishi gorizontal xarakt, tilning tanglayga tomon kutarilishi va tushishi vertikal xarakatdir. Suzlash paytida lablar turlicha xarakat kiladi: chuchchayadi, pastki lab ustki labga yo tishlarga tegadi va xakazo. U yoki bu nutk organining tovush xosil kilishda aktiv katnashgan kismi artikulyatsiya urni buladi.
Masalan, tilning old kismi oldingi tish va milkga tegishi yoki yakinlashishi bilan d,t,z,j,sh kabi tovushlarning artikulyatsiya urni til oldidir. Pastki labning ustki tishlarga sal tegishi bilan f tovushi xosil buladi, demak f undoshining artikulyatsiya urni lab va tishlardir.
Artikulyatsiya urni va usuli nutk tovushlarini tasvirlash, klassifikatsiya kilish, urganish, logopedik kamchiliklarni aniklash, bartaraf etish uchun muximdir.
Nutk apparatining tuzilishi va faoliyatida turli xil kamchiliklar kuzatilishi mumkin. Shulardan ayrimlarini kurib chikamiz:
Tilning tuzilishi va xarakatchanligidagi nuksonlar.
1.Tilning nixoyatda katta bulishi natijasida s,r,l kabi va boshka tovushlar notugri talaffuz etiladi, masalan til tishlar orasida joylashib tisharo sigmatizm kabi sirgaluvchi tovushlar talaffuzidagi nukson kuzatilishi mumkin.
2. Uzun, tor til en sigmatizmning, ya`ni xavo okimi urtadan utishi urniga tilning yon tomonlaridan utishi natijasida paydo buladigan tovushlar talaffuzidagi kamchmliklariga olib kelishi mumkin. Tilning tor uzun bulishi r,t,d,n kabi tovushlarning notugri talaffuz etilishiga xam sabab bulishi mumkin.
3. Xaddan tashkari kalta til uni taglay bilan birikishi natijasida paydo buladigan tovushlar (r,sh,l,s) ni notugri talaffuz etilishiga sabab bulishi mumkin.
4. Tilning tugma yogligi. Bunday xollarda kishi gapira olmaydi, uni mutlako tushunib olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |