Samarqand davlat chet tillar instituti nemis tili va adabiyoti kafedrasi


III. BOB. O’ZBEK VA NEMIS TILIDAGI



Download 395,5 Kb.
bet12/16
Sana24.06.2022
Hajmi395,5 Kb.
#699681
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
МI.Gulomova H 3.(new)

III. BOB. O’ZBEK VA NEMIS TILIDAGI FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING MUHIM BELGILARI
3.1. Frazeologik sistemaning markazi va periferiyasi.
Frazeologiyaning asosiy vazifalari yoki masalalari: frazeologik tarkibning izchilligini aniqlash va shu munosabat bilan frazeologizmning belgi(lik) xususiyatini oʻrganish; frazeologizmlar omonimiyasi, sinonimiyasi, antonimiyasi, polisemiyasi va variantdorligini tavsiflash; frazeologizmlar tarkibida qoʻllanuvchi soʻzlar va ularga xos maʼnolarning oʻziga xos xususiyatlarini aniqlash; frazeologizmlarning soʻz turkumlari bilan oʻzaro munosabatlarini oydinlashtirish; ularning sintaktik rolini aniqlash; frazeologik birliklar tarkibida soʻzlarning yangi maʼnolari hosil boʻlishini oʻrganish va boshqa frazeologik birliklarni ajratish prinsiplarini, ularni oʻrganish, tasniflash va lugʻatlarda tavsiflash metodlarini ishlab chiqadi. Frazeologiyada ishlab chiqilgan oʻziga xos, xilma xil metodlar asosida tilning frazeologik tarkibi turlicha: struktur-semantik, grammatik vazifaviy uslubiy asoslarga ko’ra tasnif etiladi. Struktur-semantik tasnif prinsipi asosiy hisoblanadi.[55,123]
Frazeologiyani alohida til sistemasi sifatida o’rganish nafaqat ilmiy frazeologik tadqiqotlar, balki amaliy va nazariy frazeografiya uchun ham katta ahamiyat kasb etadi,chunki turli frazeologik lug’atlar tuzish jarayonida albatta frazeologik sistema aniqlanadi hamda unga asoslanadi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ko’pchilik olimlar tomonidan frazeologiyaning sistem xarakterga ega ekanligi e’tirof etilgan. Lekin frazeologik sistemani sistemlashgan elementlar orasidagi paradigmatik, tematik munosabatlar mavjudligi bilan asoslash yetarli bo’larmikin? Albatta, ushbu semantik oppozitsiyalar ma’lum darajada frazeologik sistemani system xarakterga ega ekanligini tasdiqlaydi, lekin ularning tarqoq holda isbot tariqasida keltirilishi sistemaning aniq shakllanganligi haqida to’la tasavvur bermaydi. Bizning nazarimizda frazeologik sistemaning sistem xarakteri, farzeologik birliklarning sistemali ravishda tashkil topishi to’la ochib berilmagan. Shuning uchun bizni faqatgina sistema mavjudligigina emas, balki ma’lum birliklar munosabatlari, ularning sistemalilik darajasi qiziqtiradi.
So’nggi paytlarda tilning sistem xarakterini yanada yaqqolroq ochib berish maqsadida til quyi sistemalarining ham sistem xarakterga ekanligini isbotlovchi boshqa qator faktlar keltirilmoqda.
Tilning ana shunday shakllanishidagi universal prinsiplar, sistema yaratuvchi faktorlardan biri tilning quyi sistemadagi ham markaziy, ham periferik elementlarning mavjudligidir.
Darhaqiqat, ma’lum sistemaning markaziy va periferik elementlarini aniqlash ularning boshqa sistema elementlari bilan o’zaro aloqa munosabatlarini tiklash, nafaqat o’sha quyi sistemaning sistema ekanligi, balki tilning o’zi to’la sistem xarakterga ega ekanligini yoritish uchun xizmat qiladi. Til ushbu tarzda yondashish orqali nafaqat statik, balki dinamik ko’rinishda ham o’rganiladi. Chunki bir sistemaning markaziy birliklari til rivoji natijasida periferiyaga o’tib qolishi, yoki boshqa sistema elementiga aylanishi, yani o’zgacha funksional ma’no kasb etishi mumkin. Bu borada biz uchun frazeologik va leksik sistemlarning o’zaro munosabatlari alohida ahamiyatga ega ,chunki frazeologik sistema elementlari iboralarning resurslari leksik sistema manbasidan olinadi, ya’ninafaqatleksikbirliklar, balki so’zlarning ba’zi bir ma’nolarini sistemalararo doimiy o’zaro o’zlashtirilgan so’z yoki ma’no frazeologik sistema prinsiplariga bo’ysunadi.Leksik hamda frazeologik sistemalarning markaziy va periferik elementlarini aniqlash maqsadida biz ularning ahamiyatli belgilariga asosiy e’tiborni qaratdik. Bu boradagi dastlabki tezisimiz- frazeologik sathda frazeologik sistemaning markaziy hamda periferik elementlari mavjudligidir. Markaziy va periferik elementlarni aniqlashda turli kriteriyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masalan, elementlarning integratsiya darajasi, tildagi funksiona lvazifasi hamda qo’llanish chastotasi va b. Shu bilan birga bizning nazarimizda, birinchidan, frazeologik sistemaning markaziy va periferik qismlarini ajratishda asosiy kriteriy frazeologizmlarni tashkil qiluvchi komponentlarning integratsiya darajasi bo’lsa, ikkinchidan, komponentlar leksik ma’nolarining qaydarajada yo’qolishi,”so’ngan”( tilda ko’p qo’llanilmasligi) darajasiga bog’liq.[55,102]
Erkin so’z birikmasida ko’p ma’nolilik yo’qoladi, ko’p ma’noli so’zning ma’lum ma’nosi konkretlashadi, ikki xil tushunish yo’qqa chiqadi. Turg’un birliklarda esa so’zning so’ngan, yo’qotilgan ma’nosi iboraning umumfrazeologik ma’nosiga singib, qorishib ketgan. Obrazli o’xshatish qilsak, yong’oqning “shakli,tanasi” saqlangan holda mag’zi “puch”.
Frazeologizmlar komponentlarining semantik “puch”ligi darajasini aniqlash, bir tomondan o’sha so’zning erkin ma’nosi bilan frazeologik ibora ichidagi ma’nolarning qay darajada uzoq va yaqinligini aniqlashga yordam qilsa, ikkinchi tomondan ushbu birlikning boshqa birliklar qatorida qay darajada birikkanligini ko’rsatadi.
Ushbu qoidaning isbotini “ansehen” fe’li misolida ko’rishimiz mumkin. “Hozirgi zamon nemis tili lug’ati”da ushbu fe’lning quyidagi ma’nolari ajratilgan:

  1. Auf jemandenblicken [65,21]

  2. Etwa srichten [66,55]

  3. Ins Gesicht blicken [66,79]

  4. Etwas (aufmerksam, prüfend) betrachten [69,76]

Ushbu ma’nolar konkret xarakterga ega. Bundan keyin metaforik xarakterga ega ma’nolar ajratiladi:

  1. jemanden für seinen Freund ansehen

  2. etwas als Scherz ansehen

Ushbu fe’lning frazeologik iboralarni shakllantirishdagi ma’no ishtiroki ajratiladi:
Jemanden über die Achsel ansehen

Download 395,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish