Samarqand davlat chet tillar instituti nemis tili va adabiyoti kafedrasi



Download 395,5 Kb.
bet2/16
Sana24.06.2022
Hajmi395,5 Kb.
#699681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
МI.Gulomova H 3.(new)

Mavzuning dolzarbligi.Frazeologizmlar fikrni keng qamrovda, obrazli, o‘tkir ma`noli ifodalash xususiyati bilan boshqa til birliklaridan farqlanadi. Shu bilan birga, ularda qo‘shimcha ma`no va ma`no qirralarining kuchli ifodalanishi frazeologizmlarning xarakterli tomonlari hisoblanadi. Shu jihatlari bilan frazeologizmlar hozirda ko‘pgina tillarda tadqiqot obyektiga aylanmoqda. “Frazeologizm” tushunchasi, uning tarkibi va hajmi, milliy xususiyati, madaniy-informatsion funksiyasi va shu kabi boshqa xususiyatlari hali ham dolzarbligicha qolmoqda. Shuning uchun mazkur tadqiqot nemis tili frazeologiyasining dolzarb va muhokamali qismlaridan bo‘lmish nemis tilidagi frazeologizmlarning o`zbek tiliga tarjima qilishdagi muammolarga bag`ishlangan. Nemis tilida “frazeologizm” tushunchasi, uning hajmi, leksik-semantik xususiyatlari, struktur tuzilishi, grammatik xarakteristikasi hamda frazeologizmlarda variantlanish kabi masalalar kupchilik olimlar tomonidan o´rganilgan bo´lsada, mavjud tadqiqotlarda ham alohida to‘xtalmay, odatda nemis tili umumiy frazeologiyasi doirasida o‘rganilgan. Zero nutq va adabiyotda keng qo‘llanishda bo‘lgan frazeologizmlarni har tomonlama o‘rganib, ulardan yakuniy xulosalar chiqarish, ayni paytda nemis tilidagi dolzarb masalalardan sanaladi. Bundan tashqari frazeologizmlarni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish jiddiy qiyinchiliklar tug‘diradi. Nemis tili frazeologizmlarini o‘rganish bu umuman yevropa tillar oilasining qadimdan shakllangan boy va rang-barang tarixini, xalqning o‘ziga xos dunyoqarashi, an`ana, urf-odati, umuman, madaniyatini o‘rganish demakdir. Bundan tashqari, nemis tilidan o`zbek tiliga tarjima qilishdagi muammolar va ularning yosh tarjimonlar tomonidan tarjima qilinishi, bugungi kunda tarjima maktablarining rivojlanishi kabi, frazeologizmlarning tildagi o`rni va bugungi kun zamonaviy tilshunoslikdagi o`rni va ahamiyatining kattaligi muhim ahamiyatga ega bo`ladi. Bu esa mavzuning dolzarbligidandalolat beradi.
Mavzuning ilmiy va amaliy ahamiyati. Ushbu tadqiqotda frazeologiya to’g’risida umumlashtirilgan nazariy xulosalar hamda,frazeologik birliklarning nemis va o`zbek tillarida ifodalanishi,uning yasalishi va tarjimadagi muammolar haqidagi fikr va mulohazalar bayon qilinib, shu sohada tilshunos olimlarning nazariy qarashlari va munosabatlar mohiyati oydinlashtiriladi. Ayni paytda dissertatsiya ish natijalari “Leksikologiya”, “Nemis tilining nazariy grammatikasi”,“nutq pragmatikasi”, “So’zlashuv”, kabi kurslarni o’qitishda, darsliklar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar, ilmiy risolalar yaratishda ahamiyat kasb etadi. Shuningdek nemis tili amaliy grammatikasidagi matn muammolarini o’rganishda muhim amaliy ahamiyatga ega.
Frazeologiya tadqiq etishning rivojlanishida rus tilshunosligi, avvalambor juda muhim rol o`ynaydi. Mashhur rus tilshunos olimi V.V. Vinogradov frazeologiyani XX asrda mustaqil fan sifatida e`tirof etgan. Umuman, frazeologiya fanini rivojlanish tarixini xronologik jihatdan uch davrga bo'lib o'rganish mumkin:
Rivojlanish bosqichining ilk davrida XIX asrning o'rtalaridan XX asrning 30-yillarigacha bo'lgan davrni o'z ichiga olib, ushbu davr frazeologik tadqiqotlarning yo'lga qo'yilishi masalasi M. V. Lomonosov, V. I. Dal, A. A. Potebnya, F.F. Fortunatov, F. I. Buslaev, Sh. Balli, A. A. Shaxmatovlarning ilmiy faoliyati bilan bog`lik.
Rivojlanish bosqichining ikkinchi davrida E. D. Polivanov, V.V. Vinogradov kabi olimlarning ilmiy faoliyati bilan bog`lik, holda rivojlandi va ushbu davr XX asrning 30-50-yillarini o'zichiga oladi.Yana bu davrni frazeologiyaning mustaqil lingvistik soha sifatida shakllanish davri ham deyish mumkin.
Uchinchi davr esa XX asrning 60-yillaridan boshlanib hozirgi kunlargacha davom etadi. Bu davr frazeologik tadqiqotlarda yangi metodlarning qo'llanilishi, frazeologik nazariyaning tez, sur'atlar bilan rivojlanishi va ko'plab frazeologik mutaxassislarning yetishib chiqqanligi bilan xarakterlanadi.Keyinchalik quyidagi tilshunos olimlar W.Fleischer, W. Friedrich, V. N. Telija, R. Eckert, H. Burger, B. Wotjak, J.Nausermann, W.Schmidt tomonidan qilingan oxirgi yillardagi ko`pgina ilmiy va amaliy ishlarning qilingani ayniqsa ahamiyatli.

Download 395,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish