Nega o’zbek yoshlari nemis tilini o’rganishlari kerak?



Download 228,13 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.06.2022
Hajmi228,13 Kb.
#627693
Bog'liq
nega-o-zbek-yoshlari-nemis-tilini-o-rganishlari-kerak



NEGA O’ZBEK YOSHLARI NEMIS TILINI O’RGANISHLARI KERAK? 
Malika Xayrullayeva 
Buxoro viloyati, Romitan tumani, 29-maktab 
Annotatsiya:
Chet tilini o’rganish zamon talabi. Aynan nemis tilini o’rganish 
biz uchun nafaqat yangi chet tilini o’rganish shu bilan birga moliyaviy jihatdan huda 
ham qulaylik tug’diradi. Chet tili deganda aynan ingliz tilini nazarda tutadiganlar 
uchun ushbu maqola ularning fikrini o’zgartirishga yordam beradi. Germaniya o’lkasi 
va nemis tili bu biz uchun ulkan imkoniyatlar o’lkasi.
Kalit so’zlar:
Turizm, DAAD, Germaniya, MAN, Knauf, Bepul ta’lim 
WHY SHOULD UZBEK YOUNG PEOPLE LEARN GERMAN LANGUAGE? 
Malika Xayrullayeva 
Bukhararegion, Romitan district, School №29 
Abstract:
Learning a foreign language is a modern requirement. It is not only 
learning a new foreign language that makes it easier for us to learn German, but also 
financially. For those who are referring to English as a foreign language, this article 
will help them change their minds. Germany and the German language is a country of 
great opportunities for us. 
Keywords:
Tourism, DAAD, Germany, MAN, Knauf, Free education 
O’zbekiston-kelajagi buyuk davlat. Mamlakat taraqqiyoti esa bevosita ta’lim 
sohasiga kelib taqaladi. Ayniqsa, chet tillarini o’rganish nafaqat vatan taraqqiyoti, 
balki shaxs ravnaqi uchun ham muhim ahamiyatga ega. Chet tillariga e’tibor ayniqsa 
yurtimizda 2012 - yildan boshlandi va aynan shu yili chet tili sifatida Ingliz tiliga 
«alohida e’tibor qaratildi». Vaholanki toki shu sanaga qadar nemis,fransuz,ispan 
hamda iltalyan tillari bir «ko’zda ko’rib kelinayotgan va ota onalar tomonidan hech 
qanday to’siqlarga uchramayotgandi». Aynan shu yilgi qarordan so’ng ota- 
onalarimiz va o’quvchilar ongida faqatgina ingliz tili chet tilga aylanib qoldi. Aynan 
shu maqolam orqali chet tili faqat ingliz tili emas balki barcha chet tillari va shu bilan 
birgalikda aynan nemis tili orqali yosh avlod uchun qanaqa imkoniyatlar mavjudligi 
haqida to’xtalib o’tmoqchiman. 
Nemis tilini o’rganishimiz uchun quyidagi sabablarni misol qilishimiz mumkin. 
1. O’zbek-nemis hamkorligi, tan olingan sifat: Made in Germany 
2. Turizm 
3. Bepul ta’lim 
4. Xalqaro akademik almashinuv yordami (DAAD) 
"Science and Education" Scientific Journal
January 2021 / Volume 2 Issue 1
www.openscience.uz
275


5. Farmasevtika
6. Germaniya - kashfiyotchilar hamda innovatorlar o’lkasi 
7. Nemis tilini o’rganish siz uchun qiyinchilik qilmaydi 
Demak, birinchidan Respublikamizning qator hududlarida Germaniya 
Federatsiyasi bilan hamkorligdagi zavod va korxonalarning ko’pchiligini tashkil 
etishini eslatib o’tmoqchiman masalan, Buxoroda «Knauf» nemis standarti, 
Samarqandda «MAN» og’ir yuk mashinalari ishlab chiqaradigan zavodi, shular 
jumlasidandir. Ko’pchilik Germaniya deganda ko’z oldiga nemis standarti, 
«Germaniyada ishlab chiqarilgan», «Germaniya sifati» kabi havolalar gavdalanadi. 
Aslida bu ham bejizga emas. Birgina hammamizga ma’lum mashhur parfum «Nivea» 
kompaniyasi, yoki «Audi», «Adidas» brendlari, «Berlin-Chemie» farmasevtik 
mahsulotlari «Bayer», «Porsche», «Siemens», «Boss» bularning barchasi 
hammamizga ma’lum va mashhur va O’zbekiston Respublikasida bu firma va 
korxonlarning barchasi faoliyat yuritadi. Bu esa bevosita nemis tiljni biladigan ishchi 
kuchiga borib taqaladi 
Turizm - esa mamlakatimiz iqtisodiyotining katta qismini tashkil etadi. 
Statistika.uz saytining xabar berishicha O’zbekistonga keladigan sayyohlarning oqimi 
O’rta Osiyo davlatlaridan so’ng germaniyaliklarning soni ustunlik qilmoqda. O’z -
o’zidan nemis tilini biladigan tarjimonlarga talab ham ortadi. Germaniya aholisi 83 
mln. Bu esa Yevropa mamlakatlariga qaraganda ko’proq. Bundan tashqari 
Lyuksemburg, Lixtenshteyn, Avstrya, Shvetsariya, Italiyaning shimoli, Fransiyaning 
sharqi, Niderlandiya, Daniya, Chexiya, Ruminiya aholisi ham nemis zabon 
mamlakatlar hisoblanadi. Bundan ko’rinib turibdiki, Yevropada ingliz tilidan keyingi 
ikkinchi o’rinda nemis tili turadi. Aynan 2019-yilning turistik mavsumida nemis 
sayyohlarining qiziqishi 1,5 barobarga oshgan. O’zbekistonga keladigan yevropalik 
turistlar ikkinchi chet tili siftida nemis tilini bilishadi. Nemis tilini bilishimiz hech 
ham zarar qilmas ekan! 
Agar nemis tilini bilsangiz hech ikkilanmasdan Germaniya oliy o’quv yurtlarini 
o’quv ro’yxatiga kiritishingiz mumkin. O’zbekistonda bakalavrni o’qib Germaniyaga 
magistrlik hujjatlaringizni topshirishingiz mumkin. Kam sonli mamlakatlar bepul 
ta’lim olish ro’yxatida. Germaniya esa undan mustasno. Atigi bir semestrda xarj 
qilinadigan 200-400 yevro bo’lsa bas!
O’zbekiston - Germaniya hamkorligining ustuni bu ta’lim tizimidir. DAAD - 
Germaniya akademik almashinuvlar xizmati. Bu o’quv proyekti nemis jamg’armalari 
xorij talabariga ko’plab imkoniyatlar malaka oshirish, ta’lim olish va yozgi kurslarni 
moliyalashtiradi. Siz buning uchun oliy o’quv yurtingizdagi mobil xizmatlarigava 
ularning hamkorlik dasturlari haqida ma’lumotlarga ega bo’ling. DAAD tashkiloti 
Genrix Byoll, Konrad Adenauer, Roza Lyuksemburg, Aleksandr fon Gumbolt 
jamg’armalari va ko’plab tashkilotlar ishtiyoqi baland yoshlarni qabul qilishga tayyor! 
"Science and Education" Scientific Journal
January 2021 / Volume 2 Issue 1
www.openscience.uz
276


DAAD tashkiloti sizni magistratura hamda tilni tez va samarali o’rganish hatto 
boshqa aksentdan xalos bo’lishingizga yordam beradi. 
Gemraniya go’zal tabiati va rivojlangan iqtisodi bilan birga kashfiyot hamda 
innovatorlar o’lkasi hamdir. Nemis tili bu ahamtiyati bo’yicha ilm-fanning ikkinchi 
tili hisoblanadi. Ilm - fan homiylari uchun nemis tilini o’rganish hecham ortiqchalik 
qilmaydi. Nemis tili so’zlasha oladigan ko’plab olimlarni jahon tan olgan. Albert 
Entshteyen, Plank Maks, Genrix Gerts, Konrad Suze shular jumlasidandir. Nemis 
kitob bozori juda chaqqon. Dunyo bo’yicha nemis kitob bozori xitoy va ingliz kitob 
bozorlaridan keyin uchinchi o’rinda turadi.
Nemis grammatikasi esa o’rganish uchun qulay bo’lgan tillar sirasidandir. 
Sababi roman-german til oilsiga mansub ushbuz zabon ilm-fan tili, qat’iy grammatika, 
o’zgarmas tayanch lug’at boyligiga ega. Nemis tilini o’rganishga kirishsangiz hech 
ikkilanmay qiynalmay yuqori marralrni osongina zabt eta olsiz. Nemis yozuvchisi 
Mark Tvenning «Nemis tilining daxshatli mashaqqatlari»nomli ocherkida yozishicha: 
«Agar nemis yozuvchisi gapga sho’ng’isa Atlantika okeanining og’zida fe’l bilan 
suzib chiqmaguncha ko’rmaysiz» - deydi. Menimcha, Mark Tven o’zbek tilini yoki 
rus tilini o’rganishga harakat ham qilib ko’rmagan. Chunki o’zbek tilida 6 ta kelishik, 
nemis tilida esa 4ta. Bundan tashqari nemis tilida harflar qanday talaffuz qilinsa, 
yozuvda ham xuddi shunday yoziladi. Agar siz ingliz tili bilan shug’ullangan 
bo’lsangiz nemis tili o’rganish sizga qiuinchilik qilmaydi.Nemis tilini eshitib 
tushunish juda oson. Qaysi chet tilini o’rganishingizdan qat’i nazar shu tilni sevib 
bajonidil o’rganing va albatta shu til bilan o’rtoqlashib ketasiz. Ushbu chet tilini 
o’rganish uchun ko’proq nemis tilidagi qo’shiqlar, kino, audiolar tinglang. 
Xulosa qilib ayta olamanki nemis tilini o’rganish siz uchun ortiqchalik qilmaydi. 
Chet tili deyilganda faqatgina ingliz tilini nazarda tutmasdan, ta’lim tili hisoblangan 
nemis tiliga befar qaramasligimiz kerak. Maktablarda nemis tilini qisqarishiga yo’l 
qo’ymasligimiz kerak. O’quvchilarimizni aynan shu tilga qiziqtira olishimiz kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar 
1.
Braun Peter: « Tendenzen in der deutschen Gegenwartsprache» Stuttgart 1993 
2.
Duden: Deutsche Universalbuch. Mannheim 2003 
3.
Deutschland, N3, 19.Mai 2006 
 
References 
1.
Braun Peter: «Tendenzen in der deutschen Gegenwartsprache» Stuttgart 1993 
2.
Duden: Deutsche Universalbuch. Mannheim 2003 
3.
Deutschland, N3, 19.Mai 2006 
"Science and Education" Scientific Journal
January 2021 / Volume 2 Issue 1
www.openscience.uz
277

Download 228,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish