III BOB. “COMO”
BOGʻLOVCHISI QIYOSIY TUZILMALARDAGI
FRAZEOLOGIK
BIRLIKLARNING
MILLIY-MADANIY
XUSUSIYATLARI
3.1.”Como”
bogʻlovchisining
iboralarda
kelishi .............................................................. ……………………………………60
3.2.
“Como”
bogʻlovchisi
frazeologik
birliklardagi
ahamiyati ............................................................................... ……………………..69
3
3.3.”Como” bogʻlovchisi qiyosiy tuzilmalardagi frazeologik birliklarning milliy-
madaniy
xususuiyatlari
(xorijiy
asarlardan
na’munalar) .................................................................. …………............…….......78
III
Bob
boʻyicha
xulosa………………………………………………………..…. ......................... ..83
XULOSA
………………………………………………………………………..…8
5
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
...........................................
4
KIRISH
Сhet tillarni bilish - bu davr talabi, tilning o'zi va o'rganilayotgan tilning
mamlakat madaniyati haqida yangi bilimlarga ega bo'lishning cheksiz usulidir.
Davlatimiz xorijiy tillarni o'rganishda katta rol o'ynaydi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 6 – may kuni chet tillarini o‘qitish
tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishidagi
nutqida: “Mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha kelajak uchun
mustahkam poydevor bo‘ladigan yangi tizimni yo‘lga qo‘yish vaqti-soati keldi. Biz
raqobatbardosh davlat qurishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bundan
buyon maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurti bitiruvchilari kamida 2 ta chet tilini
mukammal bilishlari shart. Bu qat’iy talab har bir ta’lim muassasasi rahbari
faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi lozim
3
” deb ta’kidlaydi. Bundan anglashimiz
mumkinki hozirgi davr talabi aynan chet tilini o’rganish dolzarb bo’lib turibdi. O’sib
kelayotgan yosh avlodga til o’rgatishning yanada yangi, chet el tajribalaridan andoza
olgan holda yangicha metodlarni ishlab chiqish asosiy maqsadimizdir. Aynan
shuning uchun ham O’zbekistonda hali kam o’rganilgan va kam murojaat qilingan
tilning bir yo’nalishi ''Como'' bog'lovchisi qiyosiy tuzilmalardagi frazeologik
birliklarning milliy-madaniy xususiyatlarini yanada chuqurroq tahlil qilib, uni
kengroq yoyish maqsadida ushbu ishga qo’l urdik.
''Como'' bog'lovchisi qiyosiy tuzilmalardagi frazeologik birliklarning milliy-
madaniy xususiyatlarining lingvistik tadqiqotlari so’nggi o'n yil mobaynida faol
ravishda olib borilmoqda, chunki soha butun dunyoda jadal rivojlanayotgan ispan
tili kundan-kun rivojlanib, talab ortib bormoqda. Biroq, olimlar hali ham batafsil
o'rganishni talab qiladigan ko'plab savollarga duch kelishmoqda. Va bu
masalalardan biri frazeologik tadqiqot maqomi, til fanlaridagi o'rni, logik nutq
funksiyasi, to'g'ri tahlil qilish shartlari hisoblanadi.
4
3 http://uza.uz/posts/264889
4
Mirziyoyev Sh. M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Mazkur kitobdan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 1 noyabrdan 24 noyabrga qadar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilari vakillari bilan o‘tkazilgan saylovoldi
uchrashuvlarida so‘zlagan nutqlari o‘rin olgan. / Mirziyoyev Sh.M. — Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017. — 488 b.
5
Zamonaviy dunyoda chet tilini o'rganish usullari va yondashuvlari til tobora
ommalashib bormoqda, bu esa o'quvchilarga tilni o'rganish uchun qiziqish va
tezkorlik bilan va til haqida keng qamrovli omillarni o'rganish imkonini beradi.
Ispan tili frazeologizmlari tushunchasi uzoq vaqtdan beri paydo bo'lgan,
shuning uchun bu ishda biz turli iboralar va adabiy tili, sayyohlik nutqi, sayyohlik
so'zlashuvi va nutqiga bag'ishlangan asarlarga asoslandik.
Alvar Ezquerra. «Función del diccionario en la enseñanza de la lengua»,
Revista de Bachillerato, N° 22, 1982. – P. 49-53. Alvar Ezquerra. La forma de los
diccionarios a la luz del signo lingüístico, en H. Hernández (ed.), Aspectos de
lexicografía contemporánea, Barcelona, 1994. - P. Alvar Ezquerra. El futuro de los
diccionarios del español, Actas del Congreso de la lengua española. Sevilla,
Madrid,Instituto Cervantes, 1992. Álvarez de Miranda, Pedro. Los diccionarios del
español moderno. Somonte Cenero, Gijón, Asturias: Trea, D.L. 2011 Ávila Martín.
El diccionario en el aula. Sobre los diccionarios escolares destinados a la enseñanza
y aprendizaje del español como lengua materna, Granada, Universidad de Granada.
2000 Azorín Fernández. La definición lexicográfica: revisiones y propuestas, en J.
A. de Molina Redondo y J. D. Luque Duran (eds.), Estudios de Lingüística General
III, Granada, Universidad de Granada, 1994. - P. 1-10. ishiga asoslandik va boshqa
ko'plab maqolalar va ilmiy tadqiqotlar ushbu yakuniy malaka ishining uslubiy
asosini tashkil etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi
nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 21-
oktabrdagi PF-5850-son Farmoni o’zbek tilining moddiy-texnik bazasini yaratish
borasida eng ahamiyatli hujjatdir
5
. Ushbu Farmonda davlat rahbari: “O‘zbek tilining
qo‘llanish doirasini kengaytirish, mamlakatimizda yashayotgan turli millatlarga
mansub vatandoshlarimizning davlat tilini o‘rganishlari uchun tegishli sharoit
yaratib berish, yurtimizda va xorijda o‘zbek tilini o‘rgatadigan o‘quv markazlarini
5
Mirziyoyev Sh.M. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishi
bo’yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI. Toshkent: PF-4947-son farmon, 2017-yil 7-fevral
Mirziyoyev SH. M. “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va
kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida” qonuni, Toshkent.
2017
6
ko‘paytirish zarur” – degan fikrlari O’zbekistonda til turizmini tashkil etishdagi
yaratilgan sharoitlar, uni rivojlantirish va keng yoyish borasida qilinishi kerak
bo’lgan ishlarga katta ahamiyat kasb etuvchi muhim omillardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |