Samarqand davlat chet tillar instituti I. Tuxtasinov, N. Isakulova, B. Kulmatov bolalar pedagogikasi


О‘zini-о‘zi nazorat qilish va muhokama qilish uchun savollar



Download 2,79 Mb.
bet59/89
Sana19.05.2022
Hajmi2,79 Mb.
#604517
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   89
Bog'liq
BOLALAR PEDAGOGIKASI Дарслик 2-кисм (24.04.2020)

О‘zini-о‘zi nazorat qilish va muhokama qilish uchun savollar

  1. Boshlang‘ich sinflarda ta’lim jarayonini tashkil etishning qanday psixologik xususiyatlari mavjud?

  2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi shaxsining rivojlanishi nechta bosqichda amalga oshiriladi?

  3. Biologik rivojlanish nima?

  4. Psixologik rivojlanish nima?

  5. Jismoniy rivojlanish nima?



Mustaqil ish topshiriqlari

  1. Boshlang‘ich sinf о‘quvchisining psixologik xususiyatlarini tahlil qiling.



6-BOB. TA’LIM OLISH MOTIVATSIYASI
Reja:
6.1. Ta’lim olish harakatlari. Kichik yoshdagi o‘quvchilarning qiziqishlari.

    1. Motiv tushunchasi. Motiv shakllari va turlari.

    2. Ta’lim olishga rag‘batlantirish. Rag‘batlantirish qoidalari.



Tayanch sо‘z va iboralar: ta’lim olish harakatlari, motiv, motiv shakllari, motiv turlari, rag‘batlantirish


Ta’lim olish harakatlari. Kichik yoshdagi o‘quvchilarning qiziqishlari
O‘quvchilar nafaqat fanlarni chuqur va mukammal egallagan holda ilm-ma’rifat cho‘qqilarini zabt etishga, balki qiziqishlari va ishtiyoqlari asosida iqtidorlarini namoyon etib, yorqin iste’dodga aylanishga ahd qilganliklarini bilimlar bahsi, zakovat sinovi, jismoniy tarbiya va sport borasidagi mahoratlarida, kitobga oshnolikda ma’naviy barkamollik sari intilayotganliklarida ifodaladilar.
Ular yaratgan innovatsion loyihalar, ijod va tasviriy san’at namunalari, shuningdek, o‘quvchilarning bo‘sh vaqt­larini mazmunli va samarali tashkil etgan holda qiziqishlaridan kelib chiqib, fan va kasb-hunar yo‘nalishlariga qamrab olish, ularni nazoratsiz qoldirmaslik, o‘g‘il-qizlarimiz orasida uchrayotgan jinoyatchilik va huquqbuzarlik kabi illatlarni bartaraf etish, suitsidlarning oldini olishda muhim ekanligini ko‘rsatdi.
Boshlang‘ich ta’lim, odatda, bola olti yoki yetti yoshga kirganida boshlanadi va 10-11 yoshlargacha davom etadi. Boshlang‘ich ta’lim o‘rta va oliy ta’limga yo‘l ochib beradi va taraqqiyot mazmunida ustuvor hisoblanadi. Umumiy boshlang‘ich ta’limga erishish Mingyillik Rivojlanish Maqsadlarining ikkinchisi bo‘lib, unga ko‘ra, 2015 yilga qadar barcha mamlakatlarda o‘g‘il va qiz bolalar boshlang‘ich ta’lim maktabini tugatish imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak. Ushbu maqsadga erishish uchun maktab tizimlari o‘qituvchilar malakasini oshirish, sinfxonalar qurish, ta’lim sifatini oshirish, maktabga borishga to‘siq bo‘layotgan, masalan o‘qish uchun to‘lov imkonsizligi yoki transport tizimining rivojlanmagani kabi omillarni bartaraf etish va ota-onalarning bolalar xavfsizligi xususidagi tashvishlariga javob berishi lozim. Boshlang‘ich ta’limga imkoniyati cheklangan bolalarni jalb etmay turib, ushbu maqsadga erishib bo‘lmasligiga ayrimlar yetarlicha e’tibor qaratishmaydi. YUNESKO ma’lumotlariga ko‘ra, kamrivojlangan mamlakatlarda yashovchi imkoniyati cheklangan bolalarning 90 foizi maktabga bormaydi. Maktabga boradiganlar orasida esa aksariyat qismi boshlang‘ich sinflarni bitirmay turib o‘qishni tashlab ketadi, boshqalari esa aslida hech narsa o‘rganmaydi. Boshlang‘ich ta’limga barcha jalb etilgan bo‘lishi va teng ravishda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Ta’lim muassasasida hech kim jins, millat, til, din, fikr, ICH, ijtimoiy yoki iqtisodiy mavqe asosida kamsitilmasligi kerak. Boshlang‘ich ta’lim insonning asosiy huquqlaridan biri. “Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya”ning 24-moddasida qayd etilishicha, “...imkoniyati cheklangan bolalar erkin va majburiy ta’limdan chetlashtirilmaydi”. Boshlang‘ich ta’lim barcha uchun teng imkoniyatli (inklyuziv) bo‘lib, sifatli bilim va teng qulayliklarga ega, imkoniyati cheklangan bolalar uchun jamoatda mavjud bo‘lishi lozim [19; 27-b.].



Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish