12-bob. Bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotida saqlash uchun ota-onalar tо‘lovi 56. Tarbiyalanuvchilarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida saqlash deganda tarbiyalanuvchilarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish tushuniladi.
57. Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida saqlash uchun ota-onalar tо‘lovi qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi.
58. Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida saqlash uchun ota-onalar tо‘lovi miqdori va uni tо‘lash shakli ularning muassislari tomonidan belgilanadi.
59. Ijtimoiy qо‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalar farzandlarini saqlash uchun ota-onalar tо‘lovi imtiyozli shartlarda qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi.
13-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarish 60. Maktabgacha ta’lim tashkiloti qonun hujjatlarida, ushbu Nizomda, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkiloti ustavida nazarda tutilgan tartibda boshqariladi.
61. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishuv bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining hududiy bо‘linmalari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan maktabgacha ta’lim muassasasi Kuzatuv kengashi tomonidan tanlanadigan mudir rahbarlik qiladi.
62. Maktabgacha ta’lim tashkilotining ustaviga muvofiq lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari hisoblanadi.
63. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatiga mudir joriy rahbarlik qiladi hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining Kuzatuv kengashi va muassisi oldida hisob beradi.
64. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatiga direktor joriy rahbarlik qiladi va muassis oldida hisob beradi.
65. Quyidagilar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining boshqaruvi organlari hisoblanadi:
Pedagogika kengashi;
Kuzatuv kengashi.
66. Maktabgacha ta’lim tashkilotining Pedagogika kengashi:
maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish masalalarini kо‘rib chiqadi;
maktabgacha ta’lim tashkilotining ish rejasini va pedagog xodimlarining pedagogik yuklamasini belgilaydi;
maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim dasturini amalga oshirish natijalarini baholaydi;
maktabgacha ta’lim tashkilotining bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorligi tartibini belgilaydi;
maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagog xodimlari malakasini oshirish, ularning ijodiy tashabbusini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga fan yutuqlarini va ilg‘or pedagogik tajribani joriy etish masalalarini muhokama etadi;
maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarini ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish masalalarini kо‘rib chiqadi;
maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari va pedagog xodimlar hisobotlarini eshitadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining Pedagogika kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham bajarishi mumkin.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolani tarbiyalash, shakllantirish va о‘qitishda kо‘maklashish maqsadida Kuzatuv kengashi tashkil etiladi. Uning tarkibi ushbu tashkilotga boradigan bolalarning qonuniy vakillari, uning xodimlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari orasidan tuziladi.
67. Maktabgacha ta’lim tashkilotining Kuzatuv kengashi:
maktabgacha ta’lim tashkilotini rivojlantirishning ustuvor yо‘nalishlarini belgilaydi;
maktabgacha ta’limning tuman (shahar) bо‘limi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarini saylaydi, shuningdek, uni egallab turgan lavozimidan ozod qilish bо‘yicha takliflarni belgilangan tartibda kiritadi;
maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining uning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan kо‘rilayotgan chora-tadbirlar, moliya-xо‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, byudjet, byudjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish tо‘g‘risidagi hisobotlarini vaqti-vaqti bilan eshitadi;
maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari, pedagog xodimlar va boshqa xodimlar faoliyatiga taalluqli ijtimoiy sо‘rovlar о‘tkazadi;
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bо‘limlariga maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarini rag‘batlantirish tо‘g‘risida takliflar kiritadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining Kuzatuv kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham bajarishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti Kuzatuv kengashining faoliyatini tashkil etish tartibi О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
68. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlarida, ustavda, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek, mehnat shartnomasida belgilanadi.
69. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining lavozimiga qо‘yiladigan malaka talablari О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.