Samarqand davlat chet tillar instituti bolalar pedagogikasi


-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish



Download 1,1 Mb.
bet85/99
Sana23.07.2022
Hajmi1,1 Mb.
#841656
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   99
7-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish
28. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilot maktabgacha ta’limga qо‘yiladigan belgilangan davlat talablariga muvofiq bolalar ta’lim olishi, tarbiyalanishi, parvarishlanishi va sog‘lomlashtirilishini ta’minlaydi.
29. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotdagi va qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotdagi ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan ta’lim dasturi asosida, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qо‘yiladigan davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan (shu jumladan, mualliflik, moslashtirilgan va boshqa) dastur bilan belgilanadi.
30. Ta’lim-tarbiya jarayoni mashg‘ulotlarning yillik, kalendar-mavzuli rejalari va jadvali bilan tartibga solinadi.
31. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilot qonun hujjatlariga hamda Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qо‘yiladigan davlat talablariga muvofiq bolalarga ta’lim berish va tarbiyalash shakllari, vositalari va usullarini tanlaydi.
32. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotda ta’lim-tarbiya jarayoni ishlab chiqiladigan yakka tartibdagi yо‘nalish asosida bolalarning о‘ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda tashkil etiladi. Mashg‘ulotlar frontal, kichik guruh va yakka tartibda olib boriladi.
33. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bо‘lgan bolalarga quyidagi tamoyillar asosida ta’lim beriladi va tarbiyalanadi:
ta’limning korreksion yо‘naltirilganligi;
ijtimoiy moslashuvi;
ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda ta’limning maxsus metodologiyasidan va toifalangan yondashuvdan foydalanish.
34. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotda besh kunlik ish haftasi belgilanadi.
35. Bolalar tashkilotda bо‘ladigan muddatga qarab ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotdagi va qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotdagi guruhlar:
qisqa muddatli guruhlar (kuniga 3,5 — 4 soat);
tо‘liq kunli guruhlar (kuniga 10,5 va 12 soatgacha);
bolalar kechayu kunduz bо‘ladigan guruhlar bо‘lishi mumkin.
36. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotda ishlash tartibi hamda tarbiyalanuvchilarning bо‘lish muddati uning ustavida va muassis qarorida belgilanadi.
37. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va bolaning qonuniy vakillari о‘rtasidagi о‘zaro munosabatlar, qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilot va bolaning qonuniy vakillari о‘rtasidagi о‘zaro munosabatlar bola ushbu tashkilotga joylashtirilganda tuziladigan shartnoma bilan tartibga solinadi.
38. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotda ta’lim-tarbiya jarayoni maxsus maktabgacha ta’lim bо‘yicha tegishli malakaga ega pedagog xodimlar tomonidan о‘tkaziladi. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotdagi va qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotdagi ta’lim-tarbiya jarayonining psixologik-pedagogik kuzatuvi psixologlar tomonidan amalga oshiriladi.
39. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotda ta’lim-tarbiya davlat tilida hamda «Davlat tili tо‘g‘risida»gi О‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq boshqa tillarda olib boriladi.

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish