14
yechish uchun audio passiv qurilmali ish joylariga o‘rnatilgan
qurilmalardan ham
murakkabroq qurilma kerak bo‘ladi.
Minigarnituralar o‘rniga har bir ish joyi past sezgirlik va yo‘nalishli harakat
mikrofonli telefonli mikrofon garniturasi bilan jihozlanadi. Yo‘nalishli harakat
mikrofoni faqatgina aniq burchak bo‘yicha mikrofonga yo‘naltirilgan tovush
to‘lqinlariga javob beradi. Ish joyiga o‘rnatilgan mikrofon shu stolda o‘tirgan
o‘quvchi tovushini qabul qiladi. Telefon-mikrofonli garnitura kuchaytirgich bilan
birlashtirilgan. O‘quvchi ovozi mikrofondan kuchaytirgich ―вход‖ iga beriladi, keyin
esa kuchaytirgich ―выход‖ idan o‘quvchi minigarniturasiga beriladi. Shunday qilib,
o‘quvchi telefon trubkasiga gapirayotgan o‘z ovozini eshitadi. Aynan shunday
konstruksiya barcha o‘quvchilar bir-biriga xalal bermasdan gapirishiga ruxsat beradi,
ya‘ni qurilma audio aktiv hisoblanadi.
Audio komparativ qurilmalar o‘quvchiga o‘zini
nutqini yozib olishga,
so‘ngra uni na‘munadagi ovoz bilan solishtirishga ruxsat beradi. Audio komparativ
qurilma ish joyi audio aktiv qurilmalar jihozlangan telefon-mikrofonli garnituradan
iborat. O‘quvchi mikrofondan foydalanib o‘zining nutqini yozib oladi. O‘quvchiga
telefon topshiriq kabi, o‘zining nutqini eshitish uchun ham kerak. O‘quvchi o‘zining
yozuvini o‘qituvchiga tekshirish uchun yuborishi mumkin.
Ba‘zi o‘quvchilar ish joylaridagi individual ovoz yozish qurilmali
qurilmalarni ikki guruhga bo‘lishni taklif etadi – translyastiya qiladigan va
translyastiya qilmaydigan.
Birinchi holda umumiy fonogramma individual
qurilmalarga yuboriladi va
ularning har birida yoziladi. Fonogramma to o‘quvchi tayyor bo‘lgancha qo‘yiladi.
Translyatsiya qilinmaydigan qurilmalarda individual qurilmalarda barcha
uchun umumiy emas, balki faqat o‘zining fonogrammasiq qo‘yiladi.
Bunday holda biz qurilmalar klassifikatsiyasi bilan emas, balki bitta
qurilmaning turli ko‘rinishlarini ishlatish bilan ish ko‘ramiz. Agar faqat qurilmalar
konstrukstiyasi
haqida gap ketsa, u holda umumiy dasturni translyastiya qilish
imkoniyati ko‘rib chiqilmagan ovoz yozish qurilmalari bilan jihozlangan ish joyiga
ega qurilmaning bitta turi bor. Bu oliy ta‘lim muassasasalaridagi fonozallardir.
Bunday fonozallarning har birida o‘nlab, ba‘zan yuzlab ish joylari o‘rnatilgan bo‘lib,
ular individual konsultastiyalar uchun mo‘ljallangan.
Yarim kabinali (polukabina) lingafon kabinetlari yopiq va ochiq turdagi
kabinetlarga bo‘linadi.
Yarim kabinalar ovoz ajratish uchun mo‘ljallanmagan. Zamonaviy tor
yo‘naltirilgan mikrofonlar ovozni kabinalarsiz ham amalga oshiradi. Bu mikrofonlar
har bir ish joyining avtonomligini to‘liq ta‘minlaydi,
boshqacha aytganda barcha
o‘quvchilar bir-biriga halal bermasdan bir vaqtda gapirishi mumkin.
Unda ish joylarida yarim kabinalar nima uchun kerak? Yarim kabinalar
―kutubxonali‖ deb ataladigan lingafon moslamalarda paydo bo‘lgan. Kutubxonali
qurilmalar o‘quvchilarning mustaqil ishlashi uchun kerak bo‘lib, bunda o‘qituvchi
konsultant roli beriladi. Bu holda har bir o‘quvchi individual ishlagani uchun yarim
kabinalar juda foydali, biroq ular psixologik funkstiyalarni bajaradi. Boshqalardan
ajralgan holda boshqa o‘quv materiali ustida ishlayotgan o‘quvchi og‘zaki mashqlarni
hotirjam bajarish imkoniga ega bo‘ladi. Boshqa o‘quvchining
borligi unga xalaqt
15
bermaydi va u xijolat tortmaydi. Bu holat ish og‘zaki olib borilayotganda juda
muhim.
Shu bilan birgalikda o‘quv jarayoniga yarim kabinalarni o‘rnatishga
cheklovlar ham mavjud. Chunki bunda dars o‘tish, ta‘limning jamoaviy shkali
yo‘qoladi. Oxirgi holatda yarim kabinalar juda zararli hamdir. Shuning uchun ham
ochiq turdagi lingafon qurilmalari keng tarqalgan. Ochiq turdagi qurilmalarda
kuchatirgichli telefon-mikrofonli garnituralar o‘quvchiga
audio aktiv mashqlarni
og‘zaki bajarishida zarur ovozni ajratib beradi, bu esa dars o‘tishga umuman xalaqit
bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: