17
guruh qatnashchilari orasida faol nutqiy harakatni talab qiladigan guruhdagt ishning
turli yangiliklarini rivojlantirish uchun ishlatilishi mumkin.
Berilgan lingafon kabineti tarkibiga kiruvchi apparat va dasturiy vositalarga
ishlarning quyidagi variantlarini qo‘llaniladi:
1. O‘qituvchi mikrofonga gapiradi va uning nutqi barcha o‘quvchilar
garniturasi hamda ovoz kuchaytirgichli aloqaga translyastiya qilinadi. O‘quvchilar
ekranining tasviri o‘quchilar monitoriga yuborilishi mumkin.
2. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan ishlagan holda ular bilan nutqiy aloqaga kiradi
va uning ekranining tarkibini o‘zining monitorida ko‘radi, hamda uning kompyuter
ekranini o‘zining klaviaturasi va sichqonchasi bilan boshqarishi mumkin. Berilgan
imkoniyat o‘qituvchiga o‘quvchi bilan o‘z ish joyini tark etmagan holda ishlashiga
ruxsat beradi.
3. O‘qituvchi o‘quvchilar guruhi bilan ishlaydi. 1 variantdan quyidagilar bilan
farq qiladi: translyastiya ovoz kuchaytirgich aloqa orqali berilmaydi, butun guruh
bilan emas, balki aniq guruh bilan ish olib boriladi.
4. O‘quvchilar o‘zining ekrani tarkibini guruh o‘quvchilarining monitorlariga
taqdim etadi, bu esa sinfni virtual auditoriyalarga bo‘lishga olib keladi. Virtual
auditoriyalarda bir vaqtning o‘zida bir nechta o‘quvchilar o‘tilgan materialga javob
berishi mumkin yoki dasturni namoyish qilish orqali masalalarni birgalikda echishi,
chet tili darslarida matni o‘qishi yoki muloqot olib borishi mumkin.
Barcha yuqoridagi variantlar garnitura bilan ishlashi yoki ishlamasligiga
bog‘liq bo‘lmagan holda ishlatilishi mumkin, chunki o‘qituvchi ovozi va uning
kompyuteridan beriladigan ovoz o‘quvchilarga ovozkuchaytirgich orqali ham,
naushnik orqali ham beriladi. O‘quvchilar o‘zining kompyuterida sintezlanadigan
aralash ovozni va o‘qituvchi va o‘qituvchi kompyuteridan chiqadigan ovozni
eshitadi.
Lingafon kabinetida ovozni uzatish kompyuterlarning hisoblash resurslari va
lokal tarmoq ishlatilmagan apparatlar yordamida amalga oshirilgani uchun ixtiyoriy
dasturiy ta‘minot tezligi va sifatiga bog‘liq bo‘lmaydi.
Videoaloqa deganda o‘quvchilar ekranining o‘qituvchilar monitorida,
o‘qituvchi ekranining o‘quvchilar monitorida (o‘quvchilar guruhi), o‘quvchilar
ekranining boshqa o‘quvchilar monitorida (o‘quchilar guruhi) ko‘rinishiga aytiladi.
Ekran ko‘rinishi passiv kabi, aktiv ham bo‘lishi mumkin. Ekranning passiv ko‘rinishi
– bu kompyuter ekranida boshqa ish joyining tasvirini ko‘rsatish. Ekranning aktiv
ko‘rinishi – bu kompyuter ekranida boshqa ish joyining tasvirini klaviatura va
sichqoncha yordamida boshqargan holda ko‘rsatish.
Sinfda videoaloqa kompyuterning hisoblash resurslari va lokal tarmoqlarini
ishlatgan holda Rinel-Lingo dasturiy ta‘minotida sozlangan qo‘shimcha dasturiy
vositalar yordamida dastur bilan ta‘minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: