19
begona, yovvoyi maysalar haqida gap ketyapti. O‘zbek kitobxonlariga asliyatda
tilga olingan «djonson maysasi», «quyon tamakisi» nomli o‘simliklar
mutlaqo
ma’lum bo‘lmasligi mumkin. Shu sababli ularning nomlari generalizatsiya usuli
bilan maysalarning umumiy nomi «begona o‘t-o‘lan» so‘zlari bilan almashtirilgan.
Qolaversa bu matn orqali o‘quvchiga hovlini qanday maysalar bosib ketganligini
emas, hovli tashlandiq holga kelib qolganligini yetkazish muhimroq. So‘ngi
uchinchi misolda esa, «ninety» so’zi harorat, Farengeyt
issiqlik darajasi bilan
to‘qson darajaga yetganligi haqida gap ketayapti. Ammo Farengeyt sistemasi bilan
issiqlik darajasini aniqlash o‘zbek kitobxonlariga notanish va shu sababli «harorat
to‘qson darajaga yetdi» - deb tarjima qilinsa, bu kitobxonni ajablantirishi mumkin.
Chunki bizda harorat darajasini Selsiy sistemasi bilan o‘lchash qabul qilingan va
kitobxon yuqoridagi jumlani aynan Selsiy sistemasi bilan tushunishi mumkin. Shu
sababli bu o‘rinda ham generalizasiya usulidan foydalanilgan, chunki kontekstdagi
kommunikativ vaziyat uchun issiqlik darajasini aniq ko‘rsatish emas, balki gap
chidab bo‘lmas jazirama haqida ketayotganligini ko‘rsatish muhim.
Ma’lumki, har qanday badiiy asar birinchi navbatda shu asar yozilgan tilda
gaplashuvchi kitobxonlar ommasiga mo‘ljallanadi. Shu
sababli ularda aynan shu
xalqqa mansub bo‘lgan ijtimoiy-siysiy, madaniy-maishiy turmush tarzi,
an’analariga, kiyim-kechaklariga, taomlariga va h.
oid voqea-hodisalar bayon
qilinadi. Tarjimon bunday asarni tarjima qilishga kirishar ekan, asliyat va tarjima
tilidagi bunday pragmatik nomuvofiqliklarni hisobga olib, tegishli o‘rinlarda
matnning to‘la tushunilishiga erishishi uchun zarur o‘zgartirishlar kiritishga majbur
bo‘ladi.
Tarjimada pragmatik salohiyatning qanchalik to‘g‘ri
aks ettirilganligi badiiy
asarning kitobxonga ta’sir kuchi, uning badiiy qimmati, o‘ziga ko‘plab kitobxonlarni
jalb qila olishi bilan belgilanadi. Bunday badiiy matn tarjimasining pragmatik
vazifasi tarjima tili matnida ham asliyatdagidek kitobxonga badiiy-estetik did
uyg‘ota oladigan matn yarata olishdir. O‘z ona tillarida Shekspir, J. London,
Dikkens asarlarini o‘qigan kitobxon asliyatdagi muallifning badiiy talantini his qila
olishi, nima uchun ular o‘z vatanlarida buyuk adiblar
sifatida tan olinishini
20
tushunishlari lozim. Agar tarjimon bunday vazifani uddasidan chiqa olsa, tarjimada
asliyatning kommunikativ effektini to‘la qayta tiklangan deb hisoblash mumkin.
Albatta asliyatning ingliz kitobxnlariga ko‘rsatgan kommunikativ ta’siri va shu asar
tarjimasining o‘zbek kitobxonlariga ko‘rsatgan ta’sirini qiyoslab baholovchi
me’yorlar yo‘q. Bu o‘rinda asliyat va uning tarjimasi ingliz va o‘zbek
kitobxonlarida uyg‘otgan kommunikativ ta’sirini taxminan belgilash mumkin.
Masalan, tarjimani o‘qigan kitobxonning reaksiyasi originalni o‘qigan
kitobxonnikiga nisbatan kamroq bo‘lishi, yoki aksincha bo‘lishi mumkin.
Tarjimonning pragmatik vazifasi asliyatning kommunikativ holatlardagi o‘ziga
xosliklarni qayta yaratish bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Kommunikativ
faoliyat turli xildagi bilimlarga ega bo‘lishni talab qiladi, bulardan, masalan, lisoniy
bilim til tizimi tuzilishi bilan bog‘liq bo‘lsa, qomusiy bilim esa voqelikni aks ettiradi
va nihoyat, interaktiv bilim o‘zaro munosabat asosida turgan, ijtimoiy guruh uchun
umumiy bo‘lgan qoidalar to‘plamini bilishni taqozo etadi.
Shunday malakaga ega bo‘lmagan shaxs muloqotda hech qanday samaraga
erisha olmaydi. Nutqiy muloqotda axborot uzatish «yuki», so‘zsiz, lisoniy birliklar
«yelkasi»ga tushsa o‘sha lisoniy birliklar «yelkasi»dagi axborotni retseptorga to‘g‘ri
yetkazish
tarjimon zimmasidagi yukdir, ammo shaxslararo munosabat normasini,
milliy- madaniy qadriyatlar tizimini egallamasdan turib, bu vazifani to‘laqonli
amalga oshirishning imkoni yo‘q.
So‘zlovchi va tinglovchi munosabati nutqiy muloqot sharoitida yuzaga keladi,
nutqiy harakat muloqot matnini talab qiladi va shu muloqot kontekstida mazmunga
ega bo‘ladi. Muloqot yuzaga kelishi uchun muhit bo‘lishi darkor. Muhit, o‘z
navbatida, ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lib, u ijtimoiy qatlam, guruhning madaniyati
bilan
bog‘liq
holda
namoyon
bo‘ladi.
Ushbu
guruhdagilar
har
xil
anglashilmovchiliklar, ma’noviy ikkiyoqlamalik, noaniqliklarni
bartaraf etish
imkonini beradigan umumiy bilim zahirasiga hamda muloqotning mavaffaqiyatini
ta’minlovchi qoidalardan foydalanish malakasiga ega bo‘lishadi.
Muloqotdoshlarning bir-birini tushunishi lisoniy kommunikatsiyaning asosiy
shartidir. Tarjimonning o‘sha kommunikatsiya shartini anglashi esa tarjimada
21
pragmatik salohiyatni ifodalash imkonini beradi. Masalan, «Choy tugabdi»,
«Sovuq» jumlalarini «Choy damla», «Issiqroq kiyin» yoki «Eshikni yop» kabi
mazmunlarida anglash uchun o‘zaro umumiy va oldindan ma’lum bo‘lgan
ma’lumotga ega bo‘lish kerak. Ammo bunday holatda «orqa fon» da turadigan
ma’no o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, balki ma’lum
bir muloqot davomida yoki
kontekstda shakllanadi.
Pragmatik effektga erishish asosida muloqot ishtirokchilarining bir-birlarini
o‘zaro tushunishlari yotadi. Muloqot ishtirokchilarining bir-birlarini tushunishning
asosiy va bosh sharti bu lingvistik bilimlarga ega bo‘lishdir.
Nutqiy ma’lumot tarjimada pragmatik salohiyatni aks ettirishining yana
birmuhim sharti bu nutq faoliyatining ichki holatini (kim – qayerda – qachon – nima
haqida – kimga – nima uchun) bilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: