Samaraqand davlat universiteti



Download 1,26 Mb.
bet63/81
Sana23.05.2023
Hajmi1,26 Mb.
#942745
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   81
Bog'liq
e6d665e454f413c43706cccc78f7ebd5 MAKTABGACHA TA`LIMDA DASTLABKI GIMNASTIKANI TASHKIL ETISH (1)

Nazorat uchun savollar


  1. Ertalabki gimnastikaning ahamiyati nimada?

  2. Ertalabki gimnastika uchun mashqlar qanday tanlanadi?

  3. Kichik guruh bolalari uchun ertalabki gimnastika jara- yonida tarbiyachi qanday usul va metodlardan foydalanadi?

  4. Yosh guruhlarda ertalabki gimnastikaning bir-biridan farqini aytib bering.

  5. Jismoniy daqiqalar nima va qachon o‘tkaziladi?


12-Mavzu:Jismoniy tarbiya mashg`ulotlarida innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish
Reja
1-Jismoniy tarbiya mashg`ulotlarida innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish
2-Ritmik gimnastika.
3-Ritmik gimnastika mashqlari ertalabki gimnastka va jismoniy mashqlar
Tayanch iboralar: pedagogik texnologiyalar, ritmik gimnastika, fitbol, stretch, sog`lomlashtirish, gimnastika devoir, egiluvchanlik, morfologik

Jismoniy tarbiya sohasidagi innovatsion pedagogik texnologiyalar bolaning individual jihatlarini jismoniy takomillashtirishga qaratilgan va yangi ko`rinishdagi vosita va usullardan foydalanishni o`z ichiga oladi. Pedagogik texnologiyalar maktabgacha ta`lim tashkilotida jismoniy tarbiya mashg`ulotlarida xususiy vazifalarni hal qilish uchun ishlatilishi mumkin. Zamonaviy maktabgacha ta`lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya va sog`lomlashtirish amaliyotida ritmik gimnastika, stretching va fitbol zamonaviy mashg`ulot faoliyati sifatida qo`llanilishini tavsiya etiladi.


Ritmik gimnastika.
Ritmik gimnastika boy tarixga ega, u qadimgi Yunonistonda paydo bo`lgan. Bugungi kunda mashg`ulotlarning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo`lgan gimnastika va ritmik raqslarining ahamiyati yanada oshib bormoqda.
Zamonaviy tushunchaga yaqin bo`lgan ritmik gimnastika XVIII - XIX asrlarda paydo bo`lgan. Ushbu yo`nalishning yaratuvchisi 1883-yilda Parijda sahna ifoda kurslarini yaratgan fransiyalik musiqachi Fransua Delsart hisoblanadi. Uning yaratgan harakat tizimi zamonaviy ritmik gimnastikaning asosiy tarkibiy qismlaridan iborat edi.[18] Gimnastika elementlarini musiqiy ritm bilan bog`lash va inson tanasining jismoniy va aqliy sohasiga ta`sir qilish maqsadida amalda qo`llagan.
Ushbu turdagi vosita faoliyatining nomi harakatlarning ritmik xususiyatini ko`rsatadi va ular bolalarning harakatlarga bo`lgan tabiiy ehtiyojini aks ettiradi. Ritmik gimnastika mashqlari mashg`ulotning turli qismlarida qo`llanilishi mumkin. Tayyorgarlik qismida galop yurish, yugurish va sakrashning ma`lum bir ritmini o`rganishga va musiqaning ritmik tempiga muvofiq burilish, to`xtash va raqs qadamlarini bajarishga yordam beradi. Guruhning tayyorgarlik qismida qo`llaniladigan mashqlarning asosiy yo`nalishi to`g`ri pozitsiyani rivojlantirish, joyida va harakatda yurish turlari, raqs qadamlari bajarishga yordam beradi. Asosiy qismda umumrivojlantiruvchi mashqlari majmuasi ritmik gimnastikaning bir turi sifatida taqdim etilishi mumkin, jumladan, gavda mashqlari, qorin bo`shlig`i va yonbosh mushaklarga umumiy ta`siri, egiluvchanlik va tezkorlik sifatlarini rivojlantirishga yordam beradi. To`p bilan bunday harakat vositalarining texnikasini takomillashtirish, masalan, joyida va harakatda yurish, to`pni yuqoriga ko`tarish, shuningdek, ritmik gimnastika mashqlari majmuasi sifatida taqdim etilishi mumkin. Yakuniy qismga musiqa bilan birgalikda tinchlanish va dam olish maqsadi qo`yiladi, bu esa asta-sekinlik va bo`shashmasdan organizmni dam olishga va gavdaga berilgan harakat yuklamalaridan keyin dastlabki xolatga qaytishi uchun, tiklash vazifalarini yanada yaxshiroq hal etish imkonini beradi.
Ritmik gimnastika mashqlari ertalabki gimnastka va jismoniy mashqlar shaklida, shuningdek, mashg`ulotdan tashqari shakllarda qo`llaniladi. Ikkinchidan, tuzilishi quyidagi qoidalarga muvofiq bo`lishi kerak:
1) Mashg`ulot eng maqbul nisbati: tayyorgarlik qism uchun vaqtning 20%, asosiy qism uchun 70% va yakuniy qism uchun 10% tashkil etilishi maqsadga muvofiq;
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ritmik gimnastika majmuasining tarkibi (davomiyligi 20 min)
jadval. 9


Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish