Kompleks qismlari
|
Muddati, daq.
|
Mashqlar soni
|
Jismoniy mashqlar yo`nalishi
|
Tayyorgarlik
|
5-6
|
10-11
|
1-To`p bilan yurish mashqlari: to`p ustiga o`tirgan xolda orqaga oldinga harakatlanish.
2 - Gavdani tik tutib, koptok ustida o`tirish.
3-Koptokka umumiy og`irlik bilan yotish.
|
Asosiy
|
12-20
|
19-20
|
1- qo`llar belda, to`p ustida o`tirish.
2-qo`llar va yelkama - kamar, tana mushaklari uchun
va turli xil mashqlar, dastlabki xolat oyoqlarni bukib, (o`tirish va to`p ustiga yotish).
3-to`pga o`tirishning turli xil turlari bilan to`pga ta`sir o`tkazish
va qo`lda to`p bilan har xil erkin harakatlarni bajarish.
|
Yakuniy
|
2-5
|
3-4
|
1 –To`p yordamida egiluvchanlik mashqlarini bajarish.
2- Dam olish va tiklanish, bo`shashtiruvchi mashqlar.
|
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun fitbol-gimnastika kompleksining tuzilishi 10-jadvalga qarang.
Fitbol mashqlari turli xil dastlabki xolatlardan iborat bo`lib, sog`lomlashtirish va o`rgatish muammolarini birgalikda amalga oshiriladi. Misol uchun, to`pni ikki qo`l bilan silkitib, tik turgan, o`tirgan, tiz cho`kkan holda boshdan tashlashlar. To`pni turli yo`nalishlarda (tekis yo`nalishda, tutqichlaridan ushlab) uloqtirish, uzata olishda foydalanish qulay.
Fitbol mashqlari umumrivojlantiruvchi mashqlari majmuasi sifatida ishlatilishi mumkin, bu holda yoshga qarab 5 - 8 ta mashqlar amalga oshiriladi.
Mashg`ulotning yakuniy qismida to`p mushaklarning tiklanishiga qaratilgan bo`shashtiruvchi mashqlar uchun ishlatiladi.
Zamonaviy shishiriladigan koptoklar turli o`lcham va shakllarga ega. Alohida qulayliklaridan biri, bu tutqichi mavjud bo`lib, foydalanish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi va ko`proq sakrash mashqlari uchun mo`ljallangan.
Tutqichli to`plar estafeta musobaqalarini tashkil qilishda keng qo`llaniladi. Bu to`pni ikki qo`l bilan boshdan, yon tomondan uzatish, to`pni aniq joyiga sakrab o`tish yoki yugurish, to`pni qo`lida ushlab turish yoki to`pda o`tirib sakrash bilan qaytarishlar bilan amalga oshiriladi. O`rta hajmdagi to`plar zalda «To`pni uzat» tasnifidagi harakatli o`yinlarida foydalanish mumkin. To`plarni harakatli o`yinlarda («To`pdan qochish», «To`pga chiqish»), estafeta poygalari («To`pni o`tkazish», «Nishonni urish», «Kim tezroq aylanib kelib to`pni tezda uzatadi») kabi o`yinlarda ishlatish mumkin.
Innovatsion pedagogik texnologiyalar jismoniy tarbiya mashg`ulotlariga xilma-xillik va rang-baranglik baxsh etmoqda.
Ammo shuni esda tutish kerakki, yangi pedagogik texnologiyalarni noto`g`ri qo`llash bolaning me`yoriy rivojlanishiga salbiy ta`sir etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |