Samaraqand davlat universiteti


Nazorat savollari va topshiriqlari



Download 1,26 Mb.
bet42/81
Sana23.05.2023
Hajmi1,26 Mb.
#942745
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   81
Bog'liq
e6d665e454f413c43706cccc78f7ebd5 MAKTABGACHA TA`LIMDA DASTLABKI GIMNASTIKANI TASHKIL ETISH (1)

Nazorat savollari va topshiriqlari
1. Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolalarni jismoniy tarbiyalash sohasidagi vazifalarini aytib bering.
2. Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolalarni jismoniy tarbiyalash sohasida o`rgatish tamoyillarini aytib bering.
3. Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolalarni jismoniy tarbiyalash qanday vositalardan foydalaniladi?
4. Maktabgacha mutaxassislar bilan jismoniy mashqlarda qo`llaniladigan usullarning tasnifini bering.
5. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ko`rsatmalilik usullaridan foydalanishning xususiyatlari qanday?
6. O`yin usuli va musobaqa usuli o`rtasida qanday farqlar bor?
7. Bolalar jismoniy rivojlanishida individuallik tamoyilining ahamiyatini izohlab bering?
8. Uslubiyatlar qanday tasniflanadi?
9. Yaqqol eshitish usulini yoritib bering?
10. Tamoyillar va vositalar ta`riflab bering?
6-maruza Gimnastika mashqlarini oʼrgatishning didaktik tamoyillari va shakllari
Reja:
1.Oʼrgatishning didaktik printsiplari
2.Gimnastika mashgʼulotining tuzilishi va oʼtkazish
3.Gimnastikaning uslubiy vazifalari
Tayanch iboralar: Gimnastika mashgʼuloti, pedagogik vazifalar, bolalar, harakat tayyorgarligi, jismoniy tayyorgarligi, onglilik va faollik printsipi, koʼrgazmalilik printsipi, osonlik prinsipi
Gimnastika oʼquv jarayonini tashkil yetishda oʼrgatishning didaktik prinsiplari asosiy faoliyat qoʼllanmasi hisoblanadi. Onglilik va aktivlik prinsipi. Gimnastika mashqlari bolalarning jismoniy, harakat va irodaviy hislatlariga katta talablar qoʼyadi. Yangi mashqlarni oʼzlashtirish jarayonidagi onglilik va aktivlik prinsipi bolalardan yeng avvalo harakatni tushunib oʼrganishni, qoʼyilgan vazifani hal yetishga qiziqib va ijodiy munosabatda boʼlishni talab yetadi.
mashgʼulot jarayonida harakat koʼnikmalarni ongli oʼrganib olishlari uchun shugʼullanuvchilarga quyidagilarni oʼrgatish zarur.
- oʼz faoliyatinining natijalarini baholash;
- turli (ogʼzaki, grafik, yozma, hayolda takrorlash) usullardan foydalanib harakat texnikasini tasvirlash;
- yangi harakatni oʼzlashtirish bilan bogʼliq boʼlgan turli qiyinchiliklarni yengish;
- kundalik daftar tutish va mashqlarni oʼzlashtirish rejalarini tuzish;
- mutaxassisga mashgʼulotni tashkil yetishda va oʼrtoqlariga harakatni oʼrganishda yordam berish.
Koʼrgazmalilik printsipi. oʼrgatish koʼrgazmali boʼlishiga yerishish uchun mutaxassis quyidagi bir qancha vosita va usullardan foydalanadi:
-harakatning mukammal ijrosini namoyish qilish, kinomateriallar va fotomateriallarni, rasmlar, jadvallar va «etalon» modellarni koʼrsatish;
- ayrim harakat topshiriqlari texnikasining detallarini ogʼzaki tasvirlab berish va boshqa harakatlar bilan taqqoslash;
- qoʼshimcha signallar ishlatish (fazodagi moʼljallar, harakatlarga ovoz bilan joʼr boʼlib turish ohista koʼtarib yuborish va qoʼl tekkizib qoʼyish);
- trenajyor qurilmalarda, odam gavdasi modellarida va hokazolarda oʼrganilayotgan mashq yoki uning yelementlari texnikasini koʼrsatib berish;
- alohida holatlarini maxsus toʼxtatib koʼrsatish, taqlid qilish, yordamlashib bajartirish va boshqa osonlashtirilgan harakatlar natijasida harakatni alohida yeʼtibor bilan his yetishni hosil qilish.
Osonlik prinsipi shugʼullanuvchilarga ular kuchiga mos keladigan vazifalar berilishini talab qiladi. Aks holda bolalar mashgʼulotlarga qiziqmay qoʼyadilar. Biroq, osonlik printsipi sportchilarni qiyinchiliklarni yengishga oʼrgatish zaruratini mutlaqo inkor yetmaydi. mutaxassis bolalarning nimaga qodirligini, ularning aniq mashqlarni oʼzlashtirish imkoniyatlarini uzluksiz chuqur oʼrganib borishi kerak. U, masalan, tumikda katta aylanishni bajarish uchun bolada bir qancha boshqa mashqlarni bajara olish, qoʼlida yetarlicha kuch boʼlishi, dadillik va qafiyatlilik singari koʼp hislatlar hosil qilingan boʼlishi zararligini bilishi kerak. Shunday hislatlarning mavjudligi ana shu mashq bola uchun osonligini koʼrsatadigan oʼlchov boʼladi.
Osonlik prinsipi didaktikaning maʼlumdan nomaʼlumga, osondan qiyinga, soddadan murakkabga, degan qoidalari bilan chambarchas bogʼliq.
Tizimlilik prinsipi quyidagilarni:
- harakat faoliyatini oʼrganishda muayyan izchillik boʼlishini;
- turli harakat vazifalarini hal qilish qobiliyatini rivojlantirish uchun harakat texnikasini muntazam takomillashtirib borish va yangi mashqlar oʼrganishni;
- bolalarning ishga ishtiyoqi va aktivligini sundirmaslik maqsadida oʼrgatish jarayonida ish bilan dam olishni almashlab turishni nazarda tutadi.
Gimnastika mashgʼulotlari mashgʼulot shaklida, shuningdek mustaqil mashgʼulotlar shaklida oʼtkazilishi mumkin. Mashgʼulot shaklidagi mashgʼulotlarning afzalligi shundan iboratki, mashgʼulotlarni ham tashkilotchi, ham rahbar hisoblangan mutaxassis olib boradi. U quyidagi yoʼllar:
a) butun oʼquv-tarbiyaviy jarayon hamda har bir alohida mashgʼulotning vazifalarini toʼgʼri belgilash;
b) bolalarga malakali yordam koʼrsatish;
d) axloqiy sifatlarni tarbiyalash orqali oʼquv-tarbiya va trenirovka ishlarining mahsuldorligini taʼminlaydi.
Mashgʼulot shaklidagi mashgʼulotlarning ustunlik jihatlariga, shuningdek ularning jamoa bilan olib borilishini kiritish mumkin.
Shugʼullanuvchi oʼz oʼrtoqlari orasida boʼla turib, oʼzining kamchiliklarini osonroq koʼrishi hamda tuzatishi mumkin. mutaxassisning rahbarligida u nafaqat mashqlarni bajarishni, balki yaxshi xulqqa yega boʼlishni oʼz oʼrtoqlariga oʼrgatadi va ulardan oʼrganadi. Mashgʼulotlar oʼtkazilish sharoitlariga qarab, oʼquv, trenirovka va oʼquv-trenirovka mashgʼulotlariga ajratiladi. oʼquv va trenirovka mashgʼulotlari asl holida kamdan-kam uchraydi. Mashgʼulotlar tuzilishi, mazmuni, tashkil qilinishi, oʼtkazilish usuliyatiga koʼra xar hil boiadi. Lekin farqlar mavjudligiga qaramay, ularning hammasi umumiy qoidalarga boʼysunadi.
Gimnastika mashgʼulotining tuzilishi Mashgʼulotning tuzilishi deganda, pedagogik vazifalarni hal yetishning maʼlum bir ketma-ketligi hamda shunga muvofiq boʼlgan undagi jismoniy sifatlarning almashinish tartibi tushuniladi.
Har bir alohida gimnastika mashgʼulotlarida bitta yemas, balki bir nechta har xil vazifalar hal qilinadi. Mashgʼulotning yakuniy natijasi koʼp jihatdan bu vazifalarning qanday ketma-ketlikda hal yetilishiga bogʼliq. Shugʼullanuvchilar gimnastika bilan shugʼullanishlari natijasida jismoniy sifatlarini rivojlantiradilar, foydali harakat malakalarini yegallaydilar.
Quyidagi vazifalar yeng yaxshi tarzda hal yetiladigan mashgʼulot, toʼgʼri tashkil qilingan hisoblanadi, yaʼni:
1) yenergiya va shugʼullanuvchilar vaqtini kam sarflagan holda maksimal natijalarga yerishish;
2) butun mashgʼulot davomida shugʼullanuvchilarning ish qobiliyatini yuqori darajada saqlab turish;
3) shugʼullanuvchilar sogʼligi uchun ijobiy boʼlgan mashgʼulot tartibini taʼminlash.
Har qanday gimnastika mashgʼuloti uchun uchta fazaning mavjudligi xosdir.
Birinchi fazada shugʼullanuvchilar asosiy ishga tayyorlanadilar; ikkinchi fazada asosiy ish oʼtkaziladi; uchinchi fazada yesa u yakunlanadi. Bu fazalarni mashgʼulotning qismlari deb atash qabul qilingan, yaʼni: mashgʼulotning tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi qismlari.
Mashgʼulotni oʼtkazishga boigan umumiy uslubiy qoidalar va oʼqitish maqsadini aniqlash mutaxassisning mashgʼulotdagi faoliyatini belgilab beruvchi dastlabki holat-bu uning maqsadidir. oʼqitish maqsadini toʼgʼri belgilash
uni muvaffaqiyatli oʼtkazish hamda yakunlash uchun kafolat hisoblanadi. oʼqitish maqsadiga qarab, mashgʼulot vositalari, uslublari hamda uni tashkil qilish shakllari aniqlanadi.
Gimnastika mashgʼuloti mazmunini belgilovchi asosiy manba bu davlat dasturidir. Biroq mashgʼulot oʼtkazishda bitta umumiy dasturda nazarga olish mumkin boʼlmagan sharoitlar uni uslubiy jihatdan yoritib berishni va baʼzi hollarda ayrim toʼldirishlar kiritishni taqozo yetadi.
Har bir oʼquv-trenirovka jarayoni bosqichining (chorak, semestr, trenirovka sikli va h.k.) yakuniy maqsadini belgilab olib, qisqa vaqt uchun vazifalarni hamda ularga muvofiq boigan vositalarni aniqlash mumkin.Oʼrgatuvchi (murabbiy) oʼquv mashgʼulotida shugʼullanuvchilarni amaliy va sof sport mashqlarining oqilona bajarilishi uslublariga oʼrgatadi. Har qanday gimnastika mashqni oʼrgatish imkoniyatini taʼminlaydigan yeng muhim shartlardan biri – shugʼullanuvchining jismoniy sifatlari rivojlanish darajasining oʼrganilayotgan mashq qiyinchiligiga muvofiqligidir. Demak, gimnastika boʼyicha oʼquv mashgʼuloti tarkibiga maxsus jismoniy tayyorgarlikni taʼminlaydigan mashqlar kirishi zarur.
Gimnastika bilan shugʼullanuvchi, kuch va yegiluvchanlik kabi jismoniy sifatlardan tashqari, oʼz harakatlarini uning yoʼnalishi, amplitudasi, vaqti, mushak kuchlanishlari darajasiga koʼra tabaqalashtira olishi, yaʼni oʼz harakatlarini boshqara bilishi lozim. Shuning uchun bunday koʼnikmalarni shakllantirishga yordam beradigan mashqlar gimnastika mashgʼulotining tarkibiy qismi boiishi kerak.
Shunday qilib, gimnastika boʼyicha oʼquv mashgʼulotining asosiy vositalari quyidagilardan iborat:
1.Shugʼullanuvchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini taʼminlaydigan mashqlar.
2.Shugʼullanuvchilarni muvaffaqiyatli oʼrgatishga yordam beradigan yaqinlashtimvchi va maxsus qoʼshimcha mashqlar.
3.Shugʼullanuvchilarning koordinatsion imkoniyatlarini oshiradigan turli xil gimnastika mashqlari.
Oʼrgatish uslublari
oʼrgatish uslublari deganda qoʼyilgan vazifalarni hal qilish uchun kerakli muayyan yoʼllarni tanlashni tushuniladi.
Xilma - xil oʼrgatish uslublarini quyidagi gumhlarga boʼlish mumkin:
Birinchi guruh oʼrgatish uslublariga quyidagilar kiradi:
- ogʼzaki uslub universal uslublardan biri boʼlib, bolalar bilan munosabatda boʼlish jarayonida oʼrgatishni idora qilish imkonini beradi. Bunda gimnastika atamasidan foydalanish alohida ahamiyatga yega boʼladi, chunki shu terminalogiya yordamida mutaxassisning bolalarga nutq orqali taʼsir yetishi aniq va qisqa boʼlishiga yerishish mumkin;
- harakat texnikasi toʼgʼrisidagi maʼlumotni bildirish uslubi namoyish qiluvchi tomonidan mashqlarni ijro yetish yoʼli bilan koʼrgazmali qurollar koʼrsatish, tovushli va nurli moʼljallar, taktil signallar berish, harakatning ayrim parametrlari haqida miqdoriy axborot berish va bola tomonidan harakat texnikasi yelementlarini bajarish yoʼli bilan namoyon qilinadi.
Mazkur oʼrgatish uslublari, asosan, mashq texnikasi asoslari toʼgʼrisidagi tasawurni hosil qilish va aniqlashga qaratilgan boʼlib, butun oʼrgatish davri mobaynida qoʼllanishi mumkin.
Ikkinchi guruh oʼrgatish uslublariga quyidagilar kiradi:
- Y axlit mashq uslubi, u oʼrganilayotgan harakatni bir butun tarzda
bajarishni nazarda tutadi. Bunda ijro yetish sharoitini yengillashtirish yordam koʼrsatish va yehtiyotlashning qoʼshimcha vositalarini qoʼllash, snaryad balandligini kamaytirish, harakatni trenajyorda bajarish, dastlabki yoki pirovard holatni soddalashtirish (masalan, past turnikda gavdani yozib koʼtarishni murbbiy yordamida bajarish) hisobiga boiishi mvunkin;
- yordamchi mashqlar uslubi (yaxlit mashq uslubining variantlaridan biri), u tuzilishi jihatidan asosiy mashqqa oʼxshash, lekin yaxlit bajarishni nazarda tutadi (masalan, tumikda gavdani yozib koʼtarilish uchun bir oyoqda koʼtarilib tayanish yordamchi mashq boʼlib xizmat qiladi);
- boiingan mashq uslubi bu butun harakat texnikasini ayrim qism va yelementlarga ajratib olish va ularning har birini oʼzlashtirib olgandan keyin uni qayta yaxlit bajarishdan iboratdir. Mashqni qismlarga bunday sunʼiy boiish asosiy harakat faoliyatini oʼrganish sharoitini osonlashtirish maqsadida qilinadi;
- xususiy harakat vazifalarini hal qilish uslubi boiingan mashq
uslubining varianti boʼ lib, harakat texnikasining muayyan yelementlariboigan oʼquv vazifalari seriyasini tanlash bilan xarakterlanadi (masalan, yendi boshlovchi sportchilar oyoqni kerib tayanib sakrashni oʼrganib olish uchun yerga tushishni, yugurib kelishni, depsinish va
undan koʼprikka tushishni birin-ketin oʼrganadilar).
Mazkur oʼrgatish uslublari bolalarga mashq haqida axborot olish va oʼrganilayotgan harakat texnikasi asoslarini bilib olish imkonini beradi. Bundan tashqari, ular harakat tuzilishi toʼgʼrisidagi tasavvur aniqlashuvi va konkretlashuviga, shuningdek roʼy berishi mumkin boʼlgan xatolarni tuzatishga yordam beradi.
Uchinchiguruh oʼrgatish uslublariga quyidagilar kiradi:
- standart mashq uslubi bu metod trenirovka mashgʼuloti sharoitida harakat koʼnikmasini mustahkamlash maqsadida harakatni mustaqil bajarish bilan xarakterlanadi;
- oʼzgamvchan mashq uslubi, u quyidagi qiyinlashtirilgan sharoitlar bilan bogʼliq boʼladi: adashtimvchi signallar (shovqin, begona tovushlar va hokazolar), atrofidagi sharoitning oʼzgarishi (snaryadlarning odatdagidan boshqacha qoʼyilish, yoritishni oʼzgartirish va hokazolar), maʼlum topshiriqni bajarish haqida kutilmagan koʼrsatma berilishi, mashqni kombinatsiyalari joyi oʼzgarib qolishi, mashqni charchagan yoki ortiqcha hayajonlanib turib bajarish;
- oʼrgatishning oʼyin va musobaqa uslubi bolalarning oʼzaro raqobat qilishini yoki harakatdan muayyan natijaga yerishish uchun masʼuliyat sezishni nazarda tutadi.
Mazkur oʼrgatish uslublari harakat koʼnikmalari barqarorligiga yerishish imkoniyatini beradi.
Toʼrtinchi guruh oʼrgatish uslublari yangi harakatni oʼrgatishning toʼgʼri taktikasini va oʼquv jarayonini tashkil qilishning samarali shaklini tanlab olish imkoniyatini beradigan dastur uslublaridan iboratdir. Mashqning oʼrgatish jarayoni algoritmlash dasturining turlaridan biridir.
Algoritmik tipdagi topshiriqlar oʼquv materialini qismalarga (dozalar, portsiyalar yoki oʼquv vazifalariga) boʼlishi va ana shu qism- vazifalarni shugʼullanuvchilarga qafiyan aniq tartibda birin - ketin oʼrgatishni nazarda tutadi. oʼquv vazifalarining birinchi seriyasi oʼrganib boʼlingandan keyingina ikkinchi seriyaga oʼtish huquqi beriladi. Topshiriqlarni tuzishga quyidagi talablar qoʼyiladi: - topshiriqlar yoki oʼquv materialining qismlari har bir faoliyat xarakterini aniq koʼrsatishi, ularni tanlashda tasodifga yoʼl qoʼymasligi va u kimlarga moʼljallangan boʼlsa, shularga tushunarli boʼlishi kerak; algoritmik tipdagi topshiriqlar bitta harakat faoliyati uchun ham, tuzilishi jihatidan oʼxshash harakatlar seriyasi uchun ham tuzilishi mumkin;
- oʼquv vazifalarining hammasi bir-biriga bogʼliq hamda murakkablashib borishi jihatidan izchil boʼlishi kerak.
Topshriqqa binoan oʼquv materiali qismlarini oʼrganish tartibi
ular orasidagi aloqadorlikka qarab belgilanadi. Algoritmik tipdagi topshiriqning har bir vazifalar seriyasi muayyan maqsadni hal
qilishga qaratilgan boiadi. Chunonchi, oʼrganiladigan harakat faoliyatini muvaffaqiyat bilan bajarish uchun zarur jismoniy hislatlarni rivojlantiradigan mashqlar, oʼquv vazifalarining birinchi seriyasida boiishi kerak.
oʼrganiladigan harakat faoliyati boshlanishi va tugallanishidagi dastlabki va pirovard holatlarni oʼzlashtirishga moijallangan mashqlarni yesa oʼquv vazifalarining ikkinchi seriyasi oʼz ichiga olishi kerak. oʼquv vazifalarining birinchi va ikkinchi seriyasi bir vaqtda yoki boshqa - boshqa vaqtda oʼzlashtirilishi mumkin. oʼquv vazifalarining uchinchi seriyasi asosiy harakatlar bajarilishini nazarda tutadi. Masalan, qoʼshpoyada qoilarga tayanib turib oldinga siltanib koʼtarilishni oʼzlashtirish uchun bola siltanib turishni va oldinga qarab zarur boigan balandlikka siltanishni bajara bilishi kerak.
Toʼrtinchi seriyaga bajarishni ayrim parametrlarga fazo, vaqt, muskullarning zoʼr berish darajasiga qarab baholash bilan bogiiq boigan oʼquv vazifalari kiradi. Differensatsiyalash miqdori va aniqlik darajasi oʼrganiladigan mashqning murakkabligiga bogiiq.
Mashq oʼrgatishning usullari
Gimnastika mashqlarini oʼrgatishning uslubiy usullari nihoyatda xilma-xil. Quyidagilar yeng samarali va oʼrgatish tajribasida koʼp foydalaniladigan usullar qatoriga kiradi.
Harakat texnikasi haqidagi tasawumi hosil qiladigan va aniqlaydigan usullar:
a) mutaxassisning bolalar bilan nutq orqali munosabatda boʼlishini soʼzlab berish, suhbatlashish, tushuntirish, muhokama qilish va boshqa shakllari har bir soʼz aniq va obrazli, iboralar yesa qisqa va tushunarli boʼlgan vaqtidagina ancha samarali va taʼsirli chiqadi; shunday holda mutaxassis bevosita yangi mashq oʼrganish oldidan tayyorgarlik ishini muvaffaqiyat bilan oʼtkazishi hamda oʼrgatish jarayonini boshqara olishi mumkin;
b) koʼrgazmali qurollar (konturogrammalar, jadvallar, kinokoltsovkalar, odam gavdasining yassi simdan yasalgan va boshqa modellari, multiplikatsion rasmlar va hokazolar) koʼrsatish, namoyish qiluvchi kishi mashqni bajarib koʼrsatish, turli moʼljallardan foydalanish lozim;
d) mashq texnikasi yelementlarini grafik tasvir koʼrinishida modellashtirish ketma - ket harakatlarni sportchi gavdasi modelida qayta tasvirlab koʼrsatish, harakat texnikasini ogʼzaki yoki yozma tasvirlab berish, texnika vositalari yordamida harakatning ayrim parametrlarini qayta tasvirlab koʼrsatish - bu bola faoliyatini faollashtiradi va oʼrgatishning asosiy vazifasi boʼlgan harakat koʼnikmasi shakllanishini hal qilishga yordam beradi

Nazorat savollari


1. Gimnastika mashqlarini oʼrgatishning asosiy vazifalari
nimadan iborat?
2. Mashqlarni oʼrgatishdagi asosiy qoidalarni ayting.
3. Gimnastika mashqlarini oʼrgatishda onglilik va faollilik
tamoyillari qanday oʼringa yega?
4. Gimnastika mashqlarini oʼrgatishda koʼrgazmalilik tamoyili
qanday ahamiyatga yega?
5. Gimnastika mashqlarini oʼrgatishda osonlik tamoyili qanday
oʼringa yega?
Аdabiyotlar roʼyxati

1.Umarov M.N. Gimnastika –T,: VNESHINVESTROM, 2015.


2. Eshtaev А.K. Gimnastika mashgʼuloti.-T.: OʼzDJTI, 2004.
3. Raximkulov K. Kichik yoshdagi bolalarning qaddi-qomatini rivojlantirishga moʼljallangan mashqlar va harakatli oʼyinlar.-T.: Tafakkur-boʼstoni, 2015.
4. Morgunova I.I. Gimnastika.- T:, Ilm-ziyo – 2017.7-ma`ruza: Xorij mamlakatlarining maktabgacha ta`lim tizimida jismoniy tarbiya mashg`ulotlarining ahamiyati

Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish