126
10- MA’RUZA. INVESTITSIYALAR HISOBI
Reja:
1. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarning mohiyati va ularni hisobga
olishning vazifalari.
2.
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni turkumlash va baholash .
3.
Investitsiyalarni diskontlash.
4.
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar harakatini hisobda aks ettirish.
Tayanch so’z va iboralar:
investitsiyalarning
mohiyati, investitsiyalarning iqtisodiy mazmuniga
ko‘ra turlari, aksiya trlari, investitsiyalarni turkumlash va baholash, investitsiyalarni diskontlash,
investitsiyalar harakatini
hisobda aks ettirish
1. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarning mohiyati va ularni hisobga olishning
vazifalari
Moliyaviy qo‘yilma – bu korxonaning qimmatli qog‘ozlarni sotib olish uchun qilgan harajatlari,
ya’ni pul mablag‘larini qo‘shma korxonalar, aktsioner jamiyatlari, shirkatlarning asosiy vositalari,
nomoddiy va boshqa aktivlariga qo‘shish shuningdek boshqa korxona va tashkilotlarga qarz berish tarzida
berilgan debitor qarzlardir.
Muddatiga qarab moliyaviy qo‘yilmalar 2 turga:
1.
qisqa muddatli
2. uzoq muddatliga bo‘linadi.
Bundan tashqari, moliyaviy qo‘yilmalarni u yoki bu kategoriyaga o‘tkazish qimmatli qog‘ozlarni
sotib olish maqsadiga bog‘liq.
Masalan, bir yil ichida undan foyda olish va qaytadan sotish maqsadida sotib olingan, qaytarish
muddati bir yildan ortiq bo‘lgan, aksiya yoki obligatsiyalar qisqa muddatli qo‘yilmalarga kiradi.
Moliyaviy qo‘yilmalar sodir bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lib olingan aksiyalar,
turli
sertifikatlar, obligatsiyalar, amalga oshirilgan qo‘yilmalar summasiga berilgan guvohnomalar, qarz berish
bo‘yicha shartnomalar hisoblanadi. Korxonaning amalga oshirgan qo‘yilmalariga bo‘lgan huquqini
tasdiqlovchi hujjatlari olinmagan moliyaviy qo‘yilmalar mablag‘lari alohida hisobga olinadi. Qimmatli
qog‘ozlar sotilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga obligatsiyalar va berilgan qarzlarni qaytarilganini
tasdiqlovchi oldi – sotdi dalolatnomasi, to‘lov topshiriqlari kiradi.
Kapital bozorini rivojlantirish maqsadida O‘zbekistonda fond birjalari mavjudligini alohida e’tirof
etish kerak. Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish tegishli normativ huquqiy bazaga asoslangan.
Qimmatli qog‘ozlar muomalasi deganda - qimmatli qog‘ozlarni tasarruf etuvchilarni almashishga
olib
keluvchi, ularni oldi – sotdi va boshqa harajatlari tushuniladi. Qimmatli qog‘ozlarni har qanday
korxona, aktsioner jamiyati va kredit muassasalari chiqarish huquqiga ega. Qimmatli qog‘ozlar chiqarish
va muomalada bo‘lishi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadigan aktsioner
jamiyatlarning aksiyalari, obligatsiyalar, depozit sertifikatlari, veksellar va boshqalar kiradi.
Aksiya – aktsioner
jamiyatini boshqarishda, jamiyatning foydasida va jamiyat tugatilganda mulk
qoldig‘ini taqsimlashda qatnashish huquqini beruvchi aktsioner jamiyatining ustav kapitaliga qo‘shilgan
mablag‘ni tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozdir. Aksiya harakat muddatiga ega emas va u aktsioner
jamiyatining faoliyati davomida harakatda bo‘ladi.
127
Davlat korxonalari asosida tashkil qilingan ochiq tipdagi aktsioner jamiyatlarining aksiyalarini
ro‘yxatga olish va muomalaga chiqarish tartibiga binoan
17
, hujjat sifatida aksiya quyidagi rekvizitlarga ega
bo‘lishi kerak: aktsioner jamiyatining nomi va joylashgan joyi, qimmatli qog‘ozning nomi – «aksiya»,
uning turi, tartib raqmi, chiqarilgan sana, nominal qiymati, chiqariladigan aksiyalarning miqdori, ro‘yxatga
oladigan organ tomonidan
berilgan aksiyaning kodi, dividendlarni to‘lash muddati, aktsioner jamiyati
boshqaruvining raisi va bosh buxgalterining imzolari, aksiyalarni chiqarish kuniga bo‘lgan ustav
kapitalining hajmi.
Sotib olingan aksiyalar uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan pul milliy va xorijiy
valyutalarda,
shuningdek asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa aktivlarni qo‘shish yo‘li bilan to‘lanishi
mumkin.
Shaxsini belgilash usuliga qarab ismi yozilgan va ko‘rsatuvchiga berilgan aksiyalarga bo‘linadi. Ismi
yozilgan aksiyalarda mulkdorning maxsus daftarida ro‘yxatga olinadi. Bu o‘z navbatida kimda qancha va
qanday aksiyalar borligini aniqlash imkoniyatini beradi. Ko‘rsatuvchiga berilgan aksiyalarda mulkdorning
ismi ko‘rsatilmaydi, natijada jamiyat o‘zining paychilari to‘g‘risida axborotga ega bo‘lmaydi. Muomala
nuqtai nazaridan ko‘rsatuvchiga berilgan aksiya afzalroqdir.
Aksiya egalariga berilgan huquqlar hajmiga qarab aksiyalar oddiy va imtiyozliga bo‘linadi.
Oddiy aksiyalar aktsioner jamiyatini boshqarishda qatnashish, hisobot davri tugaganda aktsionerlar
majlisi tomonidan aniqlanadigan miqdorda dividend olish va jamiyat faoliyatining moliyaviy natijalarini
aniqlash huquqini beradi.
Imtiyozli aksiyalar aktsioner jamiyatini boshqarishda
qatnashish huquqini bermaydi, lekin korxona
o‘z faoliyatini foyda bilan yakunlamaganda ham birinchi navbatda qat’iy belgilangan miqdorda dividend
olish huquqini beradi. Bunday hollarda korxona rezerv fondidagi mablag‘lardan foydalanadi.
Imtiyozli aksiyalarni chiqarish aktsioner jamiyatiga o‘z mablag‘larini jalb qilish yo‘li bilan ustav
kapitalini ko‘paytirish imkoniyatini beradi.
Obligatsiya – uni saqlovchilarga qat’iy belgilangan foiz bilan birga nominal qiymatini to‘lash
majburiyatini tasdiqlovchi qimmatbaho qog‘ozdir.
Obligatsiyani tasarruf etuvchi obligatsiya chiqargan aktsioner jamiyati yoki korxonaning, davlat yoki
mahalliy hukumatning kreditori bo‘lib hisoblanadi.
Shaxsini belgilash usuli va boshqa xususiyatlariga qarab ismi yozilgan va ko‘rsatuvchiga berilgan,
foizli va foizsiz, erkin muomalada bo‘ladigan va muomala doirasi cheklangan obligatsiyalarga bo‘linadi.
Obligatsiyalarni har qanday mulk shakliga ega bo‘lgan korxona chiqarishi mumkin. Ularni sotishdan
olingan pul faqat korxonani
Do'stlaringiz bilan baham: