136
11- MA’RUZA. ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI
Reja:
1.
Asosiy vositalar hisobining ahamiyati va vazifalari
2.
Asosiy vositalarni turkumlash va baholash
3.
Asosiy vositalar harakatini hujjatlashtirish
4.
Asosiy vositalar harakatini hisobga olish
5.
Asosiy vositalar amortizatsiyasi (eskirishi) hisobi
6.
Asosiy vositalar ta’mirini hisobga olish
7.
Nomoddiy aktivlar hisobining vazifalari, ularni turkumlash va baholash
8.
Nomoddiy aktivlar harakatini hisobga olish
9.
Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi (eskirishi) hisobi
Tayanch so‘z va iboralar:
asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar, ularning turlari va baholanishi,
ularga eskirish hisoblash tartibi va ularning taqsimoti, asosiy vositalarning modernizatsiyasi, asosiy
vositalarning foydali xizmat muddati, asosiy vosita va nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish tartibi
1. Asosiy vositalar hisobining ahamiyati va vazifalari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda asosiy
vositalarning urni nixryatda kattadir. Asosiy vositalar korxonaning ishlab chiqarish jarayonida juda
katta rol uynaydi, chunki ular barcha korxona tayanadigan va korxonaning ishlab chiqarish kuvvatini
badolash mezoni bo‘lgan ishlab-chiqarish texnika bazasini tashkil etadi.
«Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMSning 7-bandiga asosan, asosiy vositalar Uzoq davom
etadigan vaqt mobaynida (bir yildan ortik vaqt davomida) moddiy ishlab « chiqarish sohasida xam,
noishlab chiq;arish sohasida xo‘am amal qiladigan, shuningdek ijaraga bsrish uchun foydalaniladigan moddiy
aktivlardir.
Korxonalar da asosiy vositalarni hisobga olish quyidagilarni ta’minlashi lozim: asosiy vositalarning
harakati bilan bog‘liq muomalalarni hujjatlarda o‘z vaqtida .hamda to‘g‘ri rasmiylashtirish;
-
asosiy vositalarning olinishi, joyi o‘zgartirilishini to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks
ettirish;
-
asosiy
vositalarni
boshqa
aktivlardan
ajratilgan
holda
guruhlarga
bulib,
ularni
hisobga olishni tashkil qilish;
-
asosiy vositalarni joriy hisobda hamda buxgalteriya balansida tegishli
andozalarga va me’yoriy xhujjatlarga asosan to‘g‘ri va o‘z vaqtida baholash;
-
ularni sotib olinganidan keyin hisobdan chiqarilishiga kadar turgan joyi
(foydalanish joyi) bo‘yicha mavjudligi va saqlanishini, ayrim hollarda ularning
saqlanishi uchun ma’sul bo‘lgan shaxslar bo‘yicha nazorat qilish;
-
asosiy vositalarning eskirishini to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisoblab chiqish hamda uni
hisobda to‘g‘ri aks ettirish;
-
ta’mirlash bo‘yicha harajatlarni aniqlash va bu maksadlar uchun ajratilgan
mablag‘larning okilona ishlatilishini nazorat qilish;
eskirgan, xo‘jalik uchun oshikcha bo‘lgan asosiy vositalarni o‘z vaqtida hisobdan chiqarishni
ta’minlash
Do'stlaringiz bilan baham: