Mavzu: Jamiyatning boshqarishda fuqarolik jamiyati institutlarining roli
Reja
1. Fuqarolik jamiyati.
2. O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi va aholini ijtimoiy himoyalashning ustuvor vazifalari.
3. Mahalliy boshqaruvda fuqarolik jamiyatlari institutlari roli.
Fuqarolik jamiyati — haqiqiy fuqarolardan, yaʼni uzviy bogʻliqlikda boʻlgan hamda axloqiy madaniyatga tayanadigan huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat jamiyatdir.
Fuqarolik jamiyati - konstitutsiyaviy huquq nazariyasida huquq va demokratiyaga asoslangan ijtimoiy hayotning zarur oqilona usuli; insonga uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadigan, qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan, koʻp partiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi taʼminlanadigan hamda oʻzinioʻzi boshqarish organlarining mavqei baland boʻlgan ijtimoiy tuzum. Bunda mamlakatning har bir fuqarosi siyosiy, ijtimoiy, iqgisodiy, maʼnaviy va huquqiy jihatdan oʻz ehtiyojlarini jamoat birlashmalari va fondlari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar va nodavlat notijorat tashkilotlar ishida faol ishtirok etib, ular orqali qondiradilar. Fuqarolik jamiyatida fuqarolar davlat faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatadilar, davlatning koʻpgina vakolatlari jamoat tashkilotlari zimmasiga yuklanadi. Davlat hokimiyati esa mamlakatning umumiy taraqqiyot rejalarini tuzadi, uning strategiyasini ishlab chiqadi, mudofaa, milliy xavfsizlik, davlat mustaqilligi va chegaralari daxlsizligini, uning suverenitetini taʼminlash, pulmoliya, soliq, bank siyosati, tashqi siyosat va jahon hamjamiyati bilan aloqalar tizimini yaratadi, uni boshqaradi. Fuqarolik jamiyatini qurish kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari bosqichmabosqich oʻtish orqali roʻy beradi.
Fuqarolik jamiyati haqida ilk tasavvurlar Aristotelning "Siyosat" asarida bayon etilgan. Unga koʻra, insonning erkin yashash huquqi kishilik jamiyatining adolat va qonun ustuvorligi asosida tashkil etilishi orqali taʼminlanishi lozim. Jamiyatni boshqarishda qonunlarning toʻgʻri va adolatli boʻlishiga alohida eʼtibor beriladi. Bu gʻoyalar 17-asrga kelib keng rivojlandi. Jumladan, T.Gobbs asarlarida takomillashtiriddi. 18-asr Buyuk fransuz inqilobi davrida Inson va fuqaro huquklari deklaratsiyasi eʼlon qilinishi bilan esa Fuqarolik jamiyati tushunchasi keng tarqala boshladi. Chunki jamiyatning teng huqukli aʼzolari — "fuqarolar" tushunchasi paydo boʻldi, ular jamiyat va davlat manfaatlari bilan bogʻlangan shaxsiy manfaatlarini anglay boshladilar. Kant, Russo, Gegel, Popper ilgari surgan fikrlar Fuqarolik jamiyati ning yangidan-yangi qirralarini, umuminsoniy qadriyat sifatidagi mohiyatini ochib berdi.
Sharqda Fuqarolik jamiyatining oʻziga xos talqini mavjud. Bu, bevosita, axloq, madaniyat va maʼnaviyatning huquq bilan uygʻunlashgan, feʼlatvor, xattiharakatlar va qoidameʼyorlarning uzviy uygʻunlashgan shakli bilan bogʻliq. Jumladan, eng qad. madaniy tarixiyhuquqiy yodgorlik — Avestoda kishilarning uyushib yashashi, oʻzaro munosabatlar va aloqalarning axloq va meʼyorlarga tayanishi kabi gʻoyalar ilgari surilgan. Bunda oʻzoʻzidan jamiyatda qonun ustuvorligiga erishish, jamiyatni shaxs tomonidan emas, qonun boshqarishi kabi Fuqarolik jamiyatining ilk belgilari namoyon boʻlgan. Forobiyning "Fozil odamlar shahri" asarida mamlakatni boshqarishda adolatli qonun zarurligi, faol Fuqarolik jamiyatini shakllantirish mohiyati chuqur tahlil etilgan. Qonunlari mukammal boʻlgan mamlakatda adolat, inson huquqlari ustuvor boʻlishi muqarrar ekanligi bayon qilib berilgan. Forobiyga kura, "Shahar (mamlakat) aholisi xushxulqqa ega boʻlmagan taqdirda hokimiyatga ehtiyoj tugʻiladi", jinoyatchilik, bezorilik, qonunbuzarlik qonunlar zaif, aholi axloqiymaʼnaviy jihatdan barkamol boʻlmagan sharoitda avj oladi. Bunday xalqni tartibga chaqirish uchun kuchli taʼsir oʻtkazuvchi hokimiyat kerak boʻladi. Bu kabi gʻoyalar Ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa tomonidan ham ilgari surilgan va amaliyotda keng qoʻllanilgan.
Uzoq tarixiy rivojlanish natijasida Fuqarolik jamiyatini hozirgi zamonaviy tushunish shakllandi. Unga koʻra, F.jla mulkchilik shakllarining xilma-xil va teng boʻlishi, mehnat va tadbirkorlikning erkinligiga yoʻl qoʻyilishi, mafkuraviy xilma-xillik va axborot erkinligi, inson huquq va erkinliklarining daxlsizligi, rivojlangan oʻzini oʻzi boshqarish, madaniylashgan huquqiy hokimiyat boʻlishi hamda jamiyat hayotining barcha sohalarida qonun ustuvorligi taʼminlanishi muhim hisoblanadi. Oʻzbekistonda Fuqarolik jamiyatini kurish tarixiy anʼana boʻlsada, u butunlay yangi tarixiy sharoitlarda jahon davlatchiligi ilgor tajribalari va koʻp ming yillik milliy anʼanalarning sintezi sifatida dunyoga kelmokda. Yaʼni erkinlik va axloq, ozodlik va tarbiya, qonunga itoatkorlik va siyosiy hukuqiy faollik, hurriyat va qatiy tartibintizom uygʻunligida Fuqarolik jamiyati shakllantirilmoqda.
Fuqarolik jamiyati nafaqat davlatning majburlov kuchi bilan, balki uning aʼzolari boʻlmish fuqarolarning oʻzlari orqali saqlab turiladigan va qatʼiy tartib qaror topgan jamiyatdir. Bunday jamiyat oʻzini oʻzi yuksak darajada tashkil etishi bilan ajralib turadi. Fuqarolik jamiyatiga davlatning kuchli taʼsiri talab etilmaydi. Davlat bunday jamiyatning nazoratida boʻlishi kerak, chunki davlat — fuqarolik jamiyatning „yollanma xizmatkori“. Zero, u fuqarolar, korxona va muassasalardan olinadigan soliqlar hisobiga mavjud boʻladi. Mazkur jamiyat nafaqat oʻzining siyosiy, madaniy hayotini, balki iqtisodiy, ijtimoiy hayotini ham boshqarib turadi. Hamma jamiyatni ham fuqarolik jamiyati deb boʻlmaydi. Fuqarolik jamiyati ancha yuksak darajadagi ijtimoiy rivojlanish koʻrsatkichidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 12 iyuldagi «Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori va Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti (FJShMQMI) Markaziy Kengashining bir qator qaror va topshiriqlariga asosan Institutning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Hududiy bo‘linmasi tomonidan keng ko‘lamli monitoring va tahliliy ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, hududning ijtimoiy-iqtisodiy, jamoatlik-siyosiy jarayonlarni monitoring qilish ishlarini olib bormoqda. Bundan tashqari tegishli loyihalar bo‘yicha mavjud muammolarni, faydalanilmagan imkoniyatlarni aniqlab, ularni bartaraf qilish uchun taklif va tafsiyalar ishlab chiqish vazifasi ham bo‘linma zimmasiga yulatilgan.
Fuqarolarning huquq — erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda demokratik qadriyatlarni rivojlantirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining roli alohida. Bu loyihaning monitoring ishlari natiyjasiga binoan 2015 yil aprel oyi holatiga ko‘ra Qorakalpog‘iston Respublikasida jami 525 ta nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tganligi aniqlandi. Shundan, 222 tasi hisob ro‘yxatidan, 303 tasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarida «Tadbirkor ayol», «Orol oltin merosi», «Nogironlar jamiyati» Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limlari, «Qoraqalpog‘iston lider ayollar assotsiatsiyasi» kabi tashkilotlar faol ishtirok etib kelmoqda. Ular ushbu faolliklari bilan aholining turli qatlamlarini ishbilarmonlikka tortishda va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali oilalar iqtisodiy bazasini mustahkamlash, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishga yaqindan yordam ko‘rsatmoqda.
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini kuchaytirishda ular tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan vazifalar samarali amalga oshirilmoqda. Ya’ni, aholining ish bilan ta’minlanishida, yoshlarni kasbga yo‘naltirishda, uy bekalarining faolligini oshirishda NNT o‘z hissalarini qo‘shmokda. Ularning davlat organlari bilan hamkorlikda ish olib borishi katta samara berayotir.
Bugun mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari jamiyatning turli sohalaridagi yangilanishlarga, ularning rivojiga o‘zining samarali ta’sir ko‘rsatmoqda. Zero, Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, «Fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hozirgi kunda demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanmoqda, fuqarolarning o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratmoqda, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashga ko‘maklashmoqda».
Fuqarolik jamiyati rivojiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni ommaviy axborot vositalarida yoritish bo‘yicha ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Institutning Hududiy bo‘linmasi «Ommaviy axborot vositalarini liberallashtirish va demokratiyalashtirishni monitoring qilish» guruhi tomonidan 2014 yilda tahliliy monitoring ishlari olib borildi. Jumladan, Institut tomonidan respublikadagi bosma nashrlarni o‘rganish mobaynida «Hududiy gazetalar monitoringi yakunlari» choraklik to‘plamlarini tayyorlash amaliyoti davom etmoqda. Ulardan ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishdagi hududiy nashrlarda chop etilgan tanqidiy va tahliliy ruhdagi eng muhim materiallar joy oldi. Shular bilan bir qatorda tanqidiy materiallar chop etilishi va ularda ko‘tarilgan muammolar yechimiga tegishli davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlarining munosabati tizimli ravishda monitoring qilinib kelinmoqda.
«Ommaviy axbarot vositalari liberallashtirish va demokratiyalashtirishni monitoring qilish» guruhi tomonidan har bir OAV va tajribali jurnalistlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 54 ta ommaviy axborot vositasi ruyxatdan o‘tib, faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ularning 37 tasi gazeta, 9 tasi jurnal, 4 tasi televideniye, ikkitasi radio, 1 axborot-byulleten va Qoraqalpog‘iston axborot agentligidir. Respublikadagi gazetalar asosan 3 ta tilda – qoraqalpoq, o‘zbek va rus tillarida chop etiladi. «Qaraqalpaq Adebiyati» gazetasida ingliz tilida ham materiallar chop etilib boriladi.
Prezidentimizning 2010 yil 12 noyabrdagi Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisida «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» mavzuidagi ma’ruzasi, xususan «Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z yerkinligini ta’minlash» bo‘yicha belgilab bergan strategik vazifalari ommaviy axborot vositalari uchun yana bir muhim davrni boshlab berdi.
Respublikada chiqadigan «Taraqqiyot ko‘zgusi», www.amunews.uz Internet veb sayti, Elliqqal’a-TV, «Aqmang‘it tan’I’», «Qaraqalpaq A’debiyati’», «Mening oilam» gazetalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Jamoat fondi tomonidan 2014 yil tashkil etilgan grant tanlovida jami 70500,0 mln. so‘mlik loyihalarni yutib oldilar.
Lekin shu bilan birga ushbu sohada ham mavjud muammolar ko‘zga tashlanadi. Hududdagi ommaviy axborot vositalari son ko‘rsatkichlari yetarlidir, ammo sifat to‘g‘risida bunaqa deb bo‘lmaydi. Sababi gazetalar sahifalarida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi muammolar tahliliga bag‘ishlangan tanqidiy materiallar kam berilmoqda.
Respublikadagi 54 ta ommaviy axborot vositalaridan faqat to‘rttasi o‘z binosiga, beshtasi o‘z transportiga ega. Qolgan aksariyat ommaviy axborot vositalari zarur sharoitlarga ega bo‘lmagan ijaradagi binolarda faoliyat ko‘rsatmoqda.
Mavjud muammolarni hal qilish uchun OAV xodimlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning yaxshi shart-sharoitida mehnat qilish uchun imorat, bino masalasini hal qilish zarur. Shuningdek, gazetalarning barchasiga internetga ulanish va o‘z veb-saytini ochishga amaliy yordam ko‘rsatish zarur deb hisoblaymiz.
Fuqarolik jamiyatini shakllantirish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini kuchaytirishga oid islohotlarni amalga oshirishda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining roli alohida ahamiyatga ega.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida bugungi kunda 401 ta o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, shundan 141 tasi ovul, 15 tasi shaharcha va 245 tasi mahalla fuqarolar yig‘ini hisoblanadi. 2013 yil noyabr-dekabr oyida bo‘lib o‘tgan Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovida ishchi guruhlar tomonidan 1 ming 208 nafar nomzod tavsiya etilib, muqobillik asosida bo‘lib o‘tgan saylovlarda 401 ta fuqarolar yig‘inlari raisi va ularning 3600 dan ortiq maslahatchilari saylandi. Saylangan raislarning 324 nafari oliy ma’lumotli, 73 nafari o‘rta maxsus va 4 nafari o‘rta ma’lumotlidir.
Yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularning fuqarolik jamiyati shakllanishidagi rolini kuchaytirish bo‘yicha ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan yoshlar, ayollar, tadbirkorlarning siyosiy-huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish yo‘nalishida amalga oshirilgan tadbirlar, fuqarolarning huquqiy savodxonligini o‘rganish borasida sotsiologik tadqiqotlar, monitoring ishlari olib borilmoqda.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisining umumiy soni 1763200 nafarni, shundan 30 yoshgachalari soni 1075500 ta umumiy aholining 61 foizini tashkil qiladi. Aholi, jumladan yoshlarning huquqiy madaniyati va ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasidagi tadbirlarimiz Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi, «Kamolot» YoIH Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi, Siyosiy partiyalar va ularning «Yoshlar qanoti», O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil qilinishi o‘zining ijobiy natijalarini berib kelmoqda.
Hamkor tashkilotlar bilan o‘tkazilayotgan tadbirlarning ijobiy natijalar berayotgani yoshlarimizning tanlovlarda erishayotgan yutuqlarida ham namoyon bo‘lmoqda. Jumladan, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchi yoshlari orasida har yili o‘tkazilib kelinayotgan «Siz qonunni bilasizmi?» tanlovining yakuniy O‘zbekiston Respublikasi bosqichida 2012 yil Nukus davlat pedagogika instituti qoshidagi 1-sonli akademik litseyning o‘quvchi yoshlari, 2013 yil Nukus ijtimoiy-iqtisodiyot kolleji o‘quvchi yoshlari va 2014 yilda QDU qoshidagi 3-sonli akademik litsey o‘quvchi yoshlari I o‘rinni egalladi.
Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti bilan O‘zbekiston Respublikasi «Kamolot» YoIH Markaziy Kengashi, Ma’naviyat targ‘ibot markazi, IIV, Bosh prokuratura, siyosiy partiyalarning Markaziy Kengashlari, O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan tuzilgan Memorandumlar albatta o‘z samarasini berib kelmoqda.
Hududiy bo‘linmamiz yoshlarning siyosiy-huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish yo‘nalishida ham samarali faoliyat olib bormoqda. Bu boradagi ishlarimiz tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, hozirda ta’lim muassassalarida tahsil olayotgan yoshlarning huquqiy madaniyati, fuqarolik pozitsiyasi, dunyoqarashi kengayib, mamlakatimizning ichki va tashqi siyosati, uning rivojlanish istiqbollari, bu boradagi oldimizda turgan strategik vazifalarga oid masalalarni tobora chuqurroq tushinib bormoqda.
Xulosa qilib aytganda joylarda fuqarolik jamiyati institutlarining rivoji, jamiyat hayotidagi muhim masalalarni hal etishda nodavlat tashkilotlarining faolligi ortib bormoqda. Bu boradi Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘linmasi alohida faollik ko‘rsatmoqda. Joriy 2015 yilda ham hamkor tashkilotlar va faol ekspertlar ishtirokida bu yo‘nalishdagi amaliy ishlarni davom ettirish rejalashtirilgan.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, o’z oldiga erkin, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishni maqsad qilib qo’ydi. Mazkur maqsadga erishish jarayonida bosqichma-bosqich fuqarolik jamiyatining tarkibiy institutlarini, xususan, uning muhim bo’g’ini hisoblangan jamoat tashkilotlarini jamiyat hayotidagi o’rni va rolini mustahkamlash va oshirish borasida tub islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Zero, islohotlar ko’p qirrali va uzoq davom etadigan jarayon bo’lib, unda ijtimoiy-siyosiy barqarorlik hamda olib borilayotgan islohotlarning sifati va samarasi ko’p jihatdan jamoatchilikning ishtirokiga bog’liq, shu jihatdan, uni shakllantirishda muayyan ijtimoiy institutlarga, xususan, jamoat tashkilotlariga muhim o’rin beriladi. Binobarin, samarali faoliyat yuritadigan jamoat tashkilotlarini shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini barpo etish yo’lidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
O’z navbatida, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan fuqarolik jamiyati institutlarini quyidagi mezonlar bo’yicha tasniflash mumkin: Iqtisodiy sohadagi manfaatlarni qanoatlantiruvchi tuzilmalar: xususiy mulk asosida vujudga keladigan va faoliyat yuritadigan nodavlat tashkilotlari; ijara asosida ishlovchi jamoalar; hissadorlik jamiyatlari; moliyaviy jamg’arma hamda uyushmalar; ishlab chiqarish korporasiya, konsernlari va birlashmalari; tadbirkorlar uyushmalari (palatasi) va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |